Horijiy tillarni o‘rganish insonga ko‘plab imkoniyatlarni taqdim qiladi. Sayohatlar, daromadli ish, yangi tanishuvlar shular jumlasidandir. Ammo, boshlanishiga o‘rganish osonroq bo‘lgan til bilan qiziqqan ma’qulroq, bizningcha. O‘rganish uchun eng qiyin tillar qaysi ekanligini bilasizmi?
Fransuz tili — buyuk olimlar hamda faylasuflar so‘zlashgan til bo’lish bilan birga roman tillari guruhiga tegishli sanaladi. Dunyoning 29 ta mamlakatida yashovchi insonlar mazkur tilda muloqot qiladilar. Fransuz tilidagi eng qiyin narsa — so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishdir. Tilni o‘rganishga endi kirishgan insonlar unli harflar tufayli juda ko‘p adashib qolishadi. Fransuz tili dunyodagi eng ko‘p o‘rganilgan tillar qatorida ingliz tilidan keyingi ikkinchi o‘rinni egallaydi.

Og‘zaki norveg tilida aniq bir tasdiqlangan standart mavjud emas. Shu sababli muloqot vaqtida juda ko‘p qiyinchilik yuzaga keladi. Norvegiyaning bir shahrida tilni o‘rganib olib, mamlakatning ikkinchi burchagiga yo‘l olsangiz, bu yerliklar sizni tushunmasliklari ham mumkin. Norveg tilida shevalar haddan tashqari ko‘p.

Nemis tilida ham shevalar yetarlicha. So‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish uchun 44 ta tovushni o‘rganish kerak. Nemis tili grammatik jihatdan ham biroz qiyin tuyulishi mumkin. Mazkur tildagi so‘zlar haddan tashqari ko‘p turlanishi sababli ham o‘rganish vaqtida qiyinchiliklar yuzaga keladi.

Ivrit — dunyodagi eng qadimiy til sanaladi. Uning yozilishi ham, grammatikasi ham tilni o‘rganish vaqtida katta qiyinchiliklarga sabab bo‘ladi. Harflarning barchasi bir-biriga ikki tomchi suvdek o‘xshaydi, bundan tashqari ivrit tilidagi matnni o‘ngdan chapga qarab o‘qish kerak.

Bu ham dunyodagi eng qadimgi tillardan biri hisoblanadi. Rasman mazkur tilda so‘zlashuvchilar faqat Islandiyada yashashadi. Tilning asos grammatikasi 10 asrdan beri deyarli o‘zgarmagan, leksikasi haddan tashqari qiyin, ushbu tilni mustaqil ravishda o‘rganish imkonsiz.

Rus tili ham o‘rganish uchun qiyin sanaladi. Bu ayniqsa, tilni o‘zlashtirish istagidagi xorijliklarga tegishlidir. Tovushlar va harflarning ko‘pligi, urg‘u tushunchasi, sinonimlar ham o‘quvchilarni juda ko‘p adashtiradi.

Dunyodagi eng murakkab tillardan biri — arab tili hisoblanadi. Arab tilining yozuvi haddan tashqari qiyin. Aslida arab alifbosidagi harflar soni 28 ta, ammo ular so‘z boshida, o‘rtasi va oxirida kelishiga qarab turlicha yoziladi. Fonetikada ham o‘ziga xosliklar yetarlicha.

Xitoy tili dunyodagi eng murakkab til sifatida Ginnes Rekordlari kitobiga kiritilgan. Xitoy lug‘atlarida 85 000 tadan ortiq ierogliflar mavjud, ammo so‘zlashuvda ularning 7000 tasi ishlatiladi. Ularning har birini eslab qolish lozim. Ierogliflarni to‘g‘ri yozish esa butunlay boshqa masala. Fonetikada to‘rt hil ohang mavjud bo‘lib, bitta so‘zni noto‘g‘ri talaffuz qilish orqali uning ma’nosini butunlay o‘zgartirib yuborish mumkin.

Ma’lumotlarni rus tilida o‘qing👇
Изучение иностранных языков предоставляет человеку множество возможностей. Среди них путешествия, прибыльная работа, новые знакомства. Однако начинать лучше с языка, который, на наш взгляд, легче выучить. Знаете ли вы, какие [mask_link]языки[/mask_link] труднее всего выучить?
8 место – французский язык
Французский язык, на котором говорили великие ученые и философы, принадлежит к группе романских языков. На этом языке общаются люди, проживающие в 29 странах мира. Самое сложное во французском — правильно произносить слова. Людей, которые только начинают изучать язык, часто смущают гласные. Французский язык является вторым наиболее изучаемым языком в мире после английского.
7 место – норвежский язык
Определенного стандарта разговорного норвежского языка не существует. Из-за этого возникают большие трудности во время общения. Если вы выучите язык в одном норвежском городе, а уедете в другой уголок страны, местные жители могут вас не понять. В норвежском слишком много диалектов.
6 место — немецкий язык
В немецком достаточно диалектов. Чтобы правильно произносить слова, нужно выучить 44 звука. Немецкий также может показаться немного сложным грамматически. Из-за чрезмерного разнообразия слов в этом языке возникают трудности при обучении.
5 место — иврит
Иврит — самый древний язык в мире. И его правописание, и грамматика вызывают большие трудности при изучении языка. Все буквы похожи друг на друга, как две капли воды, за исключением того, что текст на иврите нужно читать справа налево.
4 место — исландский язык
Это также один из древнейших языков в мире. Официально носители этого языка живут только в Исландии. Базовая грамматика языка практически не изменилась с 10 века, лексика чрезвычайно сложна, и выучить этот язык самостоятельно невозможно.
3 место — русский язык
Русский язык тоже трудно выучить. Особенно это касается иностранцев, которые хотят выучить язык. Количество звуков и букв, понятие ударения, синонимы также сильно смущают учащихся.
2 место — арабский язык
Одним из самых сложных языков в мире является арабский. Арабское письмо очень сложное. На самом деле в арабском алфавите 28 букв, но пишутся они по-разному в зависимости от того, стоят ли они в начале, в середине или в конце слова. В фонетике достаточно особенностей.
1 место — китайский язык
Китайский язык занесен в Книгу рекордов Гиннесса как самый сложный язык в мире. В китайских словарях более 85 000 иероглифов, но в разговоре используется только 7 000. Необходимо помнить о каждом из них. Совсем другое дело писать иероглифы правильно.В фонетике четыре тона, и неправильное произношение слова может полностью изменить его значение.
[/spoiler]
This domain is for use in illustrative examples in documents. You may use this domain in literature without prior coordination or asking for permission.
More information...