Magistraturaga kirish uchun sertifikat talab qilinadimi?

Magistraturaga kirish uchun sertifikat talab qilinadimi?

2022-2023 yilda magistratura bosqichiga hujjat topshirish uchun chet tilini bilish bo‘yicha sertifikat talab qilinadi.

Bu haqda 7 iyun kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi nutqida ma’lum qildi.
Vazir Toshqulov magistraturaga kirish nega til sertifikati asosida amalga oshirilishiga tushuntirish berdi.
Qayd etilishicha,  bunga quyidagilar sabab bo`lgan:

  • – Jahon tajribasini tatbiq etish;
  • – magistratura tizimini soddalashtirish;
  • – kirish imtihonlaridagi inson omiliga chek qo`yish;
  • – yilda ikki marotaba qabul jarayonini tashkil qilish.

«Bu allaqachon o`rnatilgan tartib.  Biz soddalashtiryapmiz. Aytyapmizki, magistraturaga kirishda mutaxassislikdan imtixon bo`lmasligi kerak. OTMning o`zi imtixon oldimi, inson omili aralashadi. Endi ta`kidlayapmizki, hujjat topshirdimi, sertifikati bormi, diplomini bali bor. U 8 semestr o`qigan, kreditlarini to`plagan, mutaxassislik fanini ham o`qigan, shuni o`rtachasidan kelib chiqib konkurs qilaylik»

,-deydi Toshqulov.
Vazir so`zida davom etarkan, talabalar tilni o`rganishga majbur ekanliklarini ta`kidlaydi.
«Bizni yoshimizdagi avlod o`z ona tilidan boshqa rus tilini nisbatan bilar edi. Lekin hozirgi yoshlar orasiida rus tilini bilish darajasi yaxshi emas. Agar ular ingliz tilini ham bilmasa, qanday qilib biz ertaga raqobatga kirishamiz? Shuning uchun ham til masalasida til masalasida gap bo`lishi mumkin emas»,-deydi u.
Ma`lum qilinishicha,  imtixon bo`lmagan taqdirda ham kvotalar to`lib qolmaydi.
«O`tgan 4 kursni tamomlaganlarning taxminan 700 nafarida sertifikat bor edi. Bu yil 7000 nafarga chiqdi. Ammo kvotamiz 12 000 nafar talabani qamrab ola oladi»-deydi Toshqulov.
Oliy ta`lim vaziri o`sha to`lmagan kvota hisobidan yanvar oyida qayta qabul jarayonlarini tashkil etish taklifi bildirilayotganini qayd etgan.

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: