Adolat haqida maqollar

Adolat haqida maqollar

Adovat emas, adolat yengar.

Adolat qilichi kesgan qo’l og’rimas.

Adolat qilichi keskir bo’lar.

Arzon bo’lsa, oluvchidan insof ketar,
Qimmat bo’lsa — sotuvchidan.

Bir xotir, ikki xotir,
Uchida urib qotir.

Bir yaxshiga bir yomon har yerda bor.

Birovni qarg’asang, o’zingga urar.

Boyning gapi — o’ng,
Yo’qning gapi — to’ng.

Buzilgan uydan bulovich olma.

Vijdondan kechgan yiqilar.

Da’vogar sust bo’lsa,
Qozi muttaham bo’lar.

Da’vogaring xon bo’lsa,
Arzingni olloga ayt.

Yetim-etim demangiz,
Yetim haqin yemangiz.

Yetimni yig’latma.

Jabiga sabr chidamas.

Jallob — turgan-bitgani qallob.

Jangal o’zini bog’ aylar.

Jon berganga joy ber,
Joy beiganga jon ber.

Zamonaning ozgani —
Otdan eshakning o’zgani.

Zar ham zo’rniki,
Zan ham zo’rniki.

Nohaq qon yerda yotmas.

Odil kishi oyday,
Oqib turgan soyday.

Otang — tarozi, onang — tarozi.

Otgan qolmas baloga,
Aytgan qolar baloga.

Otdan bo’lgan o’t yeydi,
Itdan bo’lgan et yeydi.

Palla-palla — shu palla,
Adolatda — bir kalla.

Suv keltirgan — xor-u zor,
Ko’za sindirgan — aziz.

Tegirmon navbati bilan.

Tomosha — ko’rniki,
Zamona — zo’rniki.

Tosh qo’ygan tosh olar,
G’isht qo’ygan g’isht olar.

Tog’dagi kelib bog’dagini quvibdi.

Turkistonda qo’y bir so’m,
Kela-kela o’n bir so’m.

To’ng’izdan o’q ayama.

To’yar-to’ymas oshi,
Charchaguncha ishi.

Xatoning yo’ldoshi — jazo.

Yuribsan bu so’qmoqqa,
Chidarsan bu to’qmoqqa.

Yursang sayoq,
Yersan tayoq.

O’l, desang kampirga ham yoqmas.

O’lmoqning jazosi — ko’mmoq,
Yomonning jazosi — urmoq.

O’t bergan o’tini olar,
Suv bergan — suvini.

O’tniki — o’tga,
Suvniki — suvga,
Yonga qoldi qatiqning puli.

O’qloq o’qtalganga to’qmoq o’qtal.

O’g’ri bo’l, qaroqchi bo’l, insofli bo’l.

O’g’rining uyi ko’p,
To’g’rining uyi yo’q.

Qarz, qarzni berish farz.

Qashqir tumshug’idan ilinar.

Qovunning sarasini it yer,
Olmaning sarasini — qurt.

Qo’yni ham o’z oyog’idan osarlar, echkini ham.

Har yerda xo’roz bir xil qichqirar.

Har kim fe’liga yarasha olar.

Har kim qazigan chuqurga o’zi yiqilar.

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz