XV asrning birinchi yarmida Movarounnahrda yashagan naqshbandiya taʼlimotining yirik vakillaridan Xoja Ahrori Valiyning ustozi boʻlmish mavlono Yaʼqub Charxiy Gʻazna (Afgʻoniston) shahriga tobe Charx qishlogʻida tugʻilganligi uchun Charxiy taxallusini olgandir. Manbalarning guvohlik berishicha, u oʻz davridagi ilmlarni egallagach, koʻnglida tasavvufga nisbatan xohish paydo boʻlib, Buxoroga keladi va Xoja Bahovuddin Naqshband bilan uchrashadi. Bu voqealarning tafsiloti uning “Risolai unsiya” (“Doʻstlik haqida risola”) nomli kitobida bayon qilingan.
Bir necha sinovlardan soʻng, Xoja Bahovuddin Naqshband Charxiyni shogirdlikka qabul qilib, soʻfiylik taʼlimoti bilan tanishtiradi va uni oʻzining shogirdi va kuyovi Xoja Alouddin Attorning tarbiyasiga topshiradi. Buxoroda Yaʼqub Charxiy tasavvuf sohasida tez orada maʼnaviy kamolot topadi va Chagʻoniyonda faoliyat koʻrsata boshlaydi.
Yaʼqub Charxiy Naqshband koʻrsatmasiga muvofiq xalqni haq yoʻliga daʼvat qila boshlaydi. Oʻz asarlari va yetishtirgan shogirdlari bilan shuhrati har tomonga tarqaladi. U asosan Movarounnahrda Ulugʻbek va Xurosonda Shohrux davrlarida faoliyat koʻrsatdi. Keyinchalik Naqshbandiya taʼlimotining XV asrdagi eng yirik namoyandasi boʻlib tanilgan Nasiriddin Ubaydulloh (Xoja Ahrori Valiy) Charxiyning shon-shuhratini eshitib, u bilan uchrashishga oshiqadi va oqibat-natijada uni pir tutib, unga shogird tushadi. Bu voqeaning tafsiloti “Rashahot”da bayon qilingan.
Charxiy XV asrda Temuriylar davridagi tasavvuf, xususan Naqshbandiya taʼlimotining yirik vakillaridan biri sifatida nom qozonadi. Bu haqda turli manbalarda maʼlumotlar keltiriladi. Mashhur Abdurahmon Jomiy oʻzining “Nafohot ul-uns” kitobida Yaʼqub Charxiy faoliyatini va tasavvufni targʻib qilish sohasidagi xizmatlarini alohida taʼkidlab oʻtadi va Xoja Ahrori Valiy bilan ustoz-tolib munosabatlarini tilga oladi.
Mavlono Yaʼqub Charxiy oʻz ustozi Xoja Bahovuddin Naqshbandning “mendan nimaiki senga yetgan boʻlsa boshqalarga yetkaz”, degan amrlariga farmonbardor boʻlib, hozir boʻlganlarga xitob (soʻzlash) orqali, gʻoyibdagilarga kitob orqali yetkazishga harakat qildi.
Mavlono Yaʼqub Charxiy Naqshbandiya taʼlimoti, turli diniy ilmga oid bir qancha asarlar yozadiki, bu yerda ularning roʻyxatini keltirib oʻtish maqsadga muvofiqdir:
1. “Tafsiri Charxiy” (“Charxiyning Qurʼonga qilgan tafsiri”).
2. “Risolai unsiya” (“Doʻstlik haqida risola”).
3. “Ar-risolat ul-abdoliya” (“Abdollar haqida risola”).
4. “Risola dar siyrati Mustafaviya va tariqai mustaqimiya” (“Mustafoning siyratlari va toʻgʻri yoʻllar haqida risola”).
5. “Risola dar ilmi faroyiz” (“Farz narsalar haqida risola”).
6. “Risola dar aqoid” (“Aqoid ilmi haqida risola”).
7. “Risola fi-l-hisob va-l-faroyiz” (“Hisob va meros taqsimi haqida risola”).
8. “Muxtasar dar bayoni silsilai Nahshbandiya” (“Naqshbandiya suluki haqida qisqacha risola”).
9. “Sharhi asmoulloh” (“Alloh ismlarining sharhi haqida risola”).
10. “Sharhi nuvadu nuh nom” (“Allohning toʻqson toʻqqiz ismining sharhi”).
11. “Faroyizi manzuma” (“Nazmiy farz narsalar haqida”). Charxiyni koʻpchilik faqat Qurʼoni karimga tafsir yozgan olim sifatidagina taniydi. Haqiqatan uning maqbarasi peshtoqiga “tafsirchi olim” deb yozib qoʻyilgan. Asarlari roʻyxatidan koʻrinib turganidek, Charxiy Naqshbandiya silsilasini bayon qiluvchi alohida risola ham yozgan. Bundan tashqari u “Risolai unsiya” (“Doʻstlik haqida risola”)ni yozdiki, unda Xoja Bahovuddin bilan uchrashgani, uning taʼlim-tarbiyasi va tariqat yoʻlida buyurgan ishlarini mukammal bayon qilib, oʻz ustozlarining nomi va shuhratlarini yoyishga xizmat qildi. Shuningdek, uning qalamiga meros haqidagi risola ham mansubdir. Charxiy hijriy 851, milodiy 1447 yili vafot etgan. U Movarounnahr va Xurosonda tasavvufning hayotiy yoʻnalishlaridan boʻlmish Naqshbandiya taʼlimotining keng yoyilishi va bu bilan umumiy madaniy yuksalish ishi yoʻlida xizmat qildi va bu yoʻlda oʻz hissasini qoʻshdi.
“Maʼnaviyat yulduzlari” (Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, Toshkent, 1999) kitobidan olindi.
Ma’lumotlarni rus tilida o‘qing👇
Маулана Якуб Чархи, один из великих представителей накшбандийского учения, живший в Мовароуннахре в первой половине XV века, учитель Ходжи Ахрори Вали, получил прозвище Чархи потому, что родился в селении Чарх, что в подчиняется городу Газна (Афганистан). Источники свидетельствуют, что, приобретя знания своего времени, у него появилось стремление к мистицизму, он приехал в Бухару и встретил Ходжи Бахауддина Накшбанда. Подробности этих событий описаны в его книге Risolai unsia (Трактат о дружбе).
После нескольких испытаний Ходжа Бахауддин Накшбанд принял Чархи в ученики, познакомил его с суфийскими учениями и доверил своему ученику и зятю Ходже Алауддину Аттару. В Бухаре Якуб Чархи вскоре достиг духовной зрелости в области суфизма и начал работать в Чаганьяне.
По указанию Якуба Чархи Накшбанда он начинает призывать людей на правильный путь. Его слава распространилась повсюду благодаря его работам и ученикам, которых он обучал. Он действовал в основном в Мовароуннахре во времена правления Улугбека и Шахруха в Хорасане. Насириддин Убайдуллах (Ходжа Ахрори Вали), впоследствии известный как крупнейший представитель учения Накшбандийа в 15 веке, услышал о славе Чархи и бросился к нему навстречу, в результате чего зацепился за него и стал его учеником. Подробности этого события описаны в «Рашахот».
В 15 веке Чархи получил известность как один из крупных представителей суфизма, особенно накшбандийского, в период Тимуридов. Информация об этом содержится в различных источниках. Знаменитый Абдурахман Джами в своей книге «Нафахот ул-унс» подчеркивает деятельность и заслуги Якуба Чархи в области пропаганды суфизма, упоминает о связи наставника-талиба с Ходжой Ахрори Вали.
Маулана Якуб Чархи подчинялся приказам своего учителя Ходжи Бахоуддина Накшбанда: «Все, что ты получил от меня, передай другим», он пытался передать это присутствующим в обращении (речи) и книгами к тем, которые отсутствовали.
Маулана Якуб Чархи написал ряд работ, связанных с учением Накшбандийа и различными религиозными науками, и уместно перечислить их здесь:
1. «Тафсири Чархи» («Толкование Корана Чархи»).
2. «Risolai unsia» («Трактат о дружбе»).
3. «Ар-рисолат ул-абдолия» («Трактат об Абдоле»).
4. «Рисола дар сырати Мустафавия ва тарикаи мустакимийях» («Трактат о сыратах Мустафы и праведных путях»).
5. «Risola dar ilmi faroiz» («Трактат об обязательных вещах»).
6. «Рисола дар акыд» («Трактат о науке акыда»).
7. «Рисола фи-л-хисоб ва-л-фароиз» («Трактат о счетах и распределении наследства»).
8. «Мухтасар дар баяни силсилаи Нахшбандия» («Краткий трактат о пиявке Накшбандия»).
9. «Шархи асмуллах» («Трактат о толковании имён Аллаха»).
10.«Шархи Нуваду Нух Ном» («Комментарий к девяносто девяти именам Аллаха»).
11. «Фароизи манзума» («Поэма об обязательных вещах»). Большинство людей знают Чархи только как ученого, написавшего комментарий к Священному Корану. Фактически, на его надгробии написано имя «ученый-эксперт». Как видно из списка его произведений, Чархи также написал отдельный трактат, описывающий серию Накшбандийа. Кроме того, он написал «Рисалаи Унсия» («Трактат о дружбе»), в котором описал свою встречу с Ходжей Бахауддином, свое образование и работы, которые он заказал на пути Тариката, и послужил распространению имени и славы его учитель. Он также написал трактат о наследовании. Чархи умер в 851 г. по хиджре, 1447 г. н.э. Он способствовал распространению учения Накшбандийа, являющегося одним из важнейших направлений суфизма, в Мовароуннахре и Хорасане и, таким образом, делу общего культурного прогресса.
Взято из книги «Духовные звезды» (Издательство «Общественное наследие» имени Абдуллы Кадири, Ташкент, 1999 г.).
[/spoiler]
This domain is for use in illustrative examples in documents. You may use this domain in literature without prior coordination or asking for permission.
More information...