Sahl ibn Abdulloh Tustariy hikmatlari, eng sara hikmatlar to’plami

Sahl ibn Abdulloh Tustariy (vafoti 283/896) — zohid va so‘fiylardan, uning «Tafsirul-Qur’onil Azim» kitobi bizgacha yetib kelgan.


Ilmning hammasi dunyodir. Oxirat esa unga amal qilishdir. Ixlos bilan qilinganidan boshqa hamma amal behudadir.
 
Najot uch narsada — halol yeyish, farzlarni ado etish va Payg‘ambar alayhissalomga ergashishdadir.
 
So‘fiy qalbi Alloh taolo zikri bilan to‘lgan, qadarni safo holiga keltirgan, oltin va tuproqni teng ko‘rgan zotdir.
 
Alloh sevgisining alomati Qur’on sevgisidir. Qur’on sevgisining alomati Payg‘ambar sevgisidir. Payg‘ambar sevgisining alomati uning sunnatiga va go‘zal axloqiga tobe bo‘lmoqdir. Sunnatga tobe bo‘lishlikning alomati oxirat hayotini unutmaslikdir. Oxirat hayotini unutmaslikning alomati dunyoga hirs qo‘yishdan, harom va g‘ayrimashru’ daromad yig‘ishdan qochishlikdir.
 
Ixlosni aqlli kishilar harakat, sukut, botinu zohir faqat Alloh uchun bo‘lib, havoyi nafs ham, dunyo ham aralashmasligi kerak, deb tushunishgan.
 
O’zini yoki birovni aldagan kishi rostgo‘ylikning hidini ham hidlamaydi.

Manba: islom.ziyouz.com

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: