Muhammad ibn Sirin (vafoti 728) — tobe’inlardan, taniqli muhaddis.
Ilm — dindir. Dinlaringizni kimdan olayotganingizga qaranglar.
Dunyo ishlaridan birortasida o‘zgaga hasad qilmadim. Chunki u zot jannat ahllaridan bo‘lsa, uning jannat ne’matlari oldida juda haqir bo‘lib qoladigan dunyosining nimasiga hasad qilaman? Agar u kimsa do‘zaxiylardan bo‘lsa, uning do‘zaxga kirishiga sabab bo‘ladigan dunyosining nimasiga hasad qilay?