Mastning masalasi — Islomiy hikoya

Mastning masalasi - Islomiy hikoya

Bir sarxush Ilyos ibn Muoviya hazratlarining oldiga kelib:
— Ey Ilyos, bir oz uzum yesam, menga biror zararli ta’siri bo‘ladimi? — deb so‘rabdi.
— Yo‘q.
— Uzumdan so‘ng bir oz kulcha o‘ti yesam-chi?
— Hech qanday zarari yo‘q, yeyishing mumkin!..
— Bularning ustidan bir miqdor suv ham ichsam, bo‘ladimi?
— Albatta!
Sarxush bu javoblardan xursand bo‘ldi:
— Bu sanab o‘tganlarim birlashsa, mukammal sharob bo‘ladi. Ularni oshqozonimning ichida birlashtirish harom bo‘lmaydi-yu, oshqozonimga tushmasdan birlashtirish nega harom bo‘lar ekan?
Ilyos ibn Muoviya kulimsiradi, yerdan bir hovuch tuproq olib sarxushga savol berdi:
— Senga bu tuproqni otsam, biror yeringga zarar yetadimi?
— Yo‘q.
— Ketidan bir hovuch suv sepsam, joning og‘riydimi?
— Yo‘q.
— Seni mana shu holda issiqda kutdirsam, iztirob chekasanmi?
— Yo‘q.
Ilyos ibn Muoviya davom etdi:
— Tuproqni,suvni, issiqni birlashtirib boshingga otsam… qanday bo‘larkin?
Sarxush bu so‘zlarni eshitgani zahoti ikki qo‘li bilan boshini ushlab baqira boshladi:
— Voy boshim, voy boshim!
— Boshingga g‘isht otmagan bo‘lsam, nega baqirasan?
— G‘isht otmading, lekin aytganlaring boshimga g‘ishtdan-da og‘ir zarba berdi!

Zebiniso Rahmatova tayyorladi.
«Hidoyat» jurnalining 2002 yil 4-sonidan olindi.

Manba: islom.ziyouz.com

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: