Xulosa chiqarishga shoshilmang — Islomiy hikoya

Xulosa chiqarishga shoshilmang - Islomiy hikoya

Qadim zamonda olis qishloqlarning birida kambag‘al chol yashar ekan. Biroq unga podshohlar ham havas qilarkan. Chunki cholning nomi tillarda doston chiroyli oq oti bor ekan. Podshoh o‘sha ot uchun xazinasidagi bor boyligini taklif qilsa ham, sotishga rozi bo‘lmabdi.

— Bu oddiy ot emas, u mening do‘stim, odam o‘z do‘stini ham sotadimi? — der ekan nuqul.

Bir kuni ertalab turib qarasa, oti yo‘q emish. Hamqishloqlari atrofiga to‘planib: «Ey ahmoq chol, seni tinch qo‘yishmasligini bilarding, otingni baribir o‘g‘irlab ketishlari tayin edi. Agar podshohga sotganingda, umring oxirigacha muhtojlik ko‘rmay yasharding. Mana endi na puling bor, na oting», deyishdi. Qariya esa: «Xulosa chiqarishga shoshilmang, faqatgina ot yo‘qoldi, deng. Chunki ana shuning o‘zi haqiqat, qolgani sizning taxminingiz, xolos. Otimning yo‘qolishi baxtsizlikmi, omadmi, buni hozircha bilolmaymiz. Bu hodisa debocha xolos, qolgani yolg‘iz Yaratganga ayon».

Hamqishloqlari cholning bu holiga kulib qo‘ya qolishibdi. Oradan o‘n besh kun o‘tib, yo‘qolgan ot to‘satdan qaytib kelibdi. Kelganda ham yolg‘iz emas, o‘n ikkita yovvoyi otlarni boshlab qaytibdi. Qishloqdagilar cholning oldiga kelib, uzr so‘rashibdi:

— Siz haq ekansiz, otaxon. Otingizning yo‘qolishi baxtsizlik emas, siz uchun koni foyda ekan. Endi bitta emas, bir uyur otingiz bor.

— Xulosa chiqarishga yana shoshqaloqlik qilyapsiz, — debdi chol. — Ma’lum haqiqat faqat otimning qaytib kelgani, u yog‘iga nima bo‘lishini hech kim bilmaydi.

Odamlar bu gal qariyani ochiqchasiga masxara qilishmabdi, lekin o‘zaro «bu cholning miyasi aynigani rost, shekilli», deb qo‘yishibdi. Oradan bir hafta o‘tar-o‘tmas yovvoyi otlarni qo‘lga o‘rgatishga urinib yurgan cholning yolg‘iz o‘g‘li yiqilib, oyog‘i sinibdi. Oila ta’minotini yuritib turadigan yigit endi uzoq vaqt oyoqqa turolmaydigan bo‘lib yotib qolibdi. Qo‘ni-qo‘shnilar qariyaga: «Yana siz haq bo‘lib chiqdingiz, ana shu otlar tufayli o‘g‘lingizga qattiq shikast yetdi. Holbuki, sizlarni boqadigan boshqa hech kim yo‘q. Afsus, endi oldingidan ham battar ahvolga tushib qolasizlar», deyishibdi.

Qariya: «Sizlar o‘zi shoshib xulosa chiqarish kasaliga chalinganmisiz deyman, buncha oshiqasiz?! O‘g‘limning oyog‘i sindi, shunisi haqiqat. Qolgani sizlarning vahimangiz. Ammo u qanchalik to‘g‘ri-noto‘g‘ri, buni vaqt ko‘rsatadi», deb javob beribdi.

Oradan bir muddat o‘tib, kutilmaganda mamlakatga qo‘shni qirollik ko‘psonli qo‘shin bilan hujum qilibdi. Podshoh darhol yurtdagi qo‘li qurol tuta oladigan barcha yoshlarni vatan himoyasiga otlanishga farmon beribdi. Qishloqqa kelgan podshoh odamlari cholning oyog‘i singan o‘g‘lidan boshqa barcha yoshlarni askar qilib olib ketishibdi. Qishloqni motam kayfiyati chulg‘abdi. Chunki urushda g‘alaba qozonishga umid yo‘q ekan. Ketgan yoshlar yo o‘lib ketishlari yoki asir tushib, qul bo‘lishlari mumkin edi. Qishloq ahli yana cholning oldiga kelishibdi.

— Sizning haqli ekaningizga shubha qolmadi, — deya so‘z boshlashibdi. — O‘g‘lingiz oyog‘i singan bo‘lsa ham oldingizda. Bizning farzandlarimiz bo‘lsa, bag‘rimizga qaytib kelmasliklari ham mumkin. O‘g‘lingizning oyog‘i sinishi baxtsizligidan emas, balki omadi borligidan ekan.

Chol ularning bu mulohazalariga har galgidek xotirjamligi bilan javob qilibdi:

— Sizlar doimgidek xulosa chiqarishda shoshqaloqlik qilavering. Ko‘rinib turgan haqiqat esa oldinda bo‘ladigan ishlar hech kimga ayon emasligi. Hozirgi ma’lum holat mening o‘g‘lim yonimda, sizlarniki askarda ekanligi, xolos. Ammo bularning qay biri omad, qay biri baxtsizlik ekanini faqat Alloh biladi.

Mohidil Faxriddin hoji qizi tayyorladi

“Irfon” taqvimining 2012 yil 1-sonidan olindi.

Manba: islom.ziyouz.com


Давным-давно в одной из дальних деревень жил бедный старик. Однако им восхищались и короли. Поскольку имя старика эпично на языках, у него красивая белая лошадь. Несмотря на то, что король предложил все свои сокровища за этого коня, он не согласился его продать.

— Это не обычная лошадь, это мой друг, разве человек продает своего друга? — Да, — сказал он.

Однажды утром он встал и увидел, что его лошадь исчезла. Его односельчане собрались вокруг него и сказали: «О глупый старик, ты знал, что они не оставят тебя в покое, они все равно должны были украсть твою лошадь. Если бы ты продал ее королю, ты жил бы без нужды». до конца жизни. Теперь у тебя нет ни денег, ни лошади», — говорили они. А старик сказал: «Не торопитесь с выводами, просто скажите, что лошадь пропала. Потому что это правда, остальное только ваши догадки. Была ли потеря моей лошади несчастьем или везением, мы не знаем. пока не знаю, это происшествие всего лишь предчувствие, остальное только ясно Творцу.

Односельчане смеялись над стариком. Пятнадцать дней спустя потерянная лошадь внезапно вернулась. Когда он пришел, он был не один, он вернулся с двенадцатью дикими лошадьми. Сельчане подходили к старику и извинялись:

— Ты прав, отец. Потеря лошади — это не беда, это благо для вас. Теперь у тебя не одна, а одна лошадь.

— Вы опять торопитесь с выводами, — сказал старик. — Единственный известный факт, что мой конь вернулся, никто не знает, что будет с его жиром.

На этот раз люди не издевались над стариком открыто, а говорили друг другу, что «похоже, у этого старика мозг сошел с ума». Через неделю единственный сын старика, пытавшийся дрессировать диких лошадей, упал и сломал ногу. Молодой человек, который был кормильцем семьи, долго не мог стоять. Соседи сказали старику: «Ты снова был прав, из-за этих лошадей твой сын серьезно пострадал. Однако больше некому о тебе позаботиться. К сожалению, сейчас ты в худшем положении, чем раньше. ты останешься», — сказали они.

Старик: «Тебе надоело делать поспешные выводы, ты так влюблена?! У моего сына сломана нога, это правда. Остальное твоя паника. А насколько он прав и не прав, покажет время», — он ответил.

Через некоторое время соседнее королевство неожиданно напало на страну с большой армией. Царь немедленно приказал всей молодежи страны, умеющей обращаться с оружием, идти на защиту страны. Королевские люди, пришедшие в деревню, взяли всех молодых людей в солдаты, кроме сына старика, у которого была сломана нога. В деревне было траурное настроение. Потому что нет никакой надежды на победу в войне. Уехавшие молодые люди могли либо погибнуть, либо попасть в плен и порабощены. Селяне снова подошли к старику.

«Нет сомнения, что вы правы,» начал он.- Даже если у вашего сына сломана нога, он с вами. Если у нас будут дети, они могут не вернуться в наши объятия. Ваш сын сломал ногу не из-за несчастья, а из-за удачи.

Старик ответил на их комментарии со своим обычным спокойствием:

— Вы как всегда поторопились с выводами. Очевидная истина в том, что никто не знает, что будет дальше. Текущая известная ситуация такова, что мой сын со мной, а ваш в армии. Но только Бог знает, что из этого удача, а что несчастье.

Мохидил Фахриддин Хаджи подготовил дочь

Взято из номера 1 календаря «Ирфон» за 2012 год.

Источник: islam.ziyouz.com

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: