Muvaffaqiyat, hayot falsafasi va pul

Ҳаёт фалсафаси ва пул топиш омиллари

Muvaffaqiyat sari intilar ekansiz, buning uchun fikrlash tarzi, hayot falsafasi va pul haqida ba’zi bilimlarga ega bo’lishingiz lozim.

Muvaffaqiyat nima?

Nega bir insonlar boshqalariga nisbatan ko’proq muvaffaqiyatlarga erishadilar? Nega bir xil odamlar tezlik bilan yuqori mansablarga erishadilar va boshqalarga nisbatan ko’proq pul ishlay oladilar? Nima sababdan bir xil insonlar o’zlarini o’tga va cho’qqa uradilaru, biror bir natijaga erisha olmay, baxsiz, omadsiz va ilojsiz bo’lib yuradilar? Nima uchun ko’pchilik insonlar omadlari yurishmagach, bo’yinlarini ham qilib, chorasiz qoladilar? Boshqacha qilib aytganda – nega bir odamlar boshqalariga nisbatan omadliroqlar? Agar bu turli xil odamlarni bir-biriga solishtirib ko’rilsa, ular tashqi tomondan bir-birlaridan hech qanday jihatlari bilan farqlanmaydilar – barchasining aqli-xushi joyida, ikki qo’li va ikki oyog’i bor, ko’rinishlari ham risoladagiday! Lekin ularning hayoti va turmush tarsi yaxshilab, diqqat bilan o’rganilsa, bir qancha sabab va oqibatlar zanjirini topish mumkinki, xuddi shu sabablar qandaydir qonuniyatlarga ko’ra muvaffaqiyatga eirshishni ta’minlab berar ekan. Muvaffaqiyatga erishishning bu qonuniyatini birinchi bo’lib grek olimi Aristotel aniqlagan va u real hayot qonunlar vositasida boshqarilishini ta’kidlagan. Uning aytishicha, real dunyodagi har bir voqea-xodisalar biror bir sababga ko’ra ro’y beradi va u bizning uni bilish yoki bilmasligimizga umuman bog’liq emas. Agar bu qonunni tadbirkorlikka tadbiq esak, u holda boylik, baxt, rivojlanish va muvaffaqiyatga erishish konkret sabablar va xatti-harakatlarga bog’liqligini ko’ramiz. Ko’chilik xollarda muvaffaqiyat, omad ham, baxtning kulib boqishi ham qandaydir ajoyibot ham emas.

Muvaffaqiyat uchun fikrlash tarzining ahamiyati

Muvaffaqiyatga erishish yaxshi yoki yomon, ijobiy yoki salbiy sabablar oqibatida yuzaga keladi. Mexanikada esa bu qonun N’yutonning uchinshi qonuni orqali ifodalangan: “Har qanday kuch o’ziga teng va qarama- qarshi yo’nalgan kuchga ega bo’ladi”. Biz uchun esa sabab-oqibat universal qonunini quyidagicha ifodalash mumkin: “Fikr – sabab, hayotdagi shart-sharoitlar esa – oqibatdir”. Demak, biz fikrning yaratuvchanligini tan olamiz va uning hayotimizdagi eng asosiy yaratuvchan faktor yoki kuch deb hisoblaymiz. Agar biz o’zimizning fikrlash tarzimiz bilan o’z shaxsiy dunyoimizni yarata olsak, demak, hayotda duch kelinayotgan voqea-xodisalar va insonlarga bo’lgan munosabat ham shunga mos ravishda o’zgaradi. Demak, agar siz o’z fikrlash tarzingizni o’zgartirsangiz, u xolda siz o’z turmush tarzingizni ham keskin o’zgartira olasiz. SHaxsiy hayotda va biznesda muvaffaqiyatga erishish prinsipi quyidagi oddiy jumla orqali aniqlanadi: “Sizning kelajagingiz nima to’grisida ko’proq o’ylashingiz bilan aniqlanadi”. Sizning hayot tarzingizni tashqi muhit emas, balki ichki dunyoingiz aniqlab beradi va yaratadi. Bu qonunni hayotga tadbiq qilish uchun o’z hayotingizning asosiy tashkil etuvchilarini – oilaviy munosabatlaringizni, sog’ligingizni, ishingizni, moliyaviy ahvolingizni yahshilab o’rganing va ular orasidagi sabab-oqibat bog’lanishlarini yahshilab o’rganib chiqing. So’ngra ular bilan sizning fikrlashingiz, so’lashingiz, xis qilishingiz, ishingiz va erishilayotgan natijalar orasidagi sabab-oqibat bog’lanishalarini topishga harakat qilib ko’ring. Undan so’ng tamomila haqqoniy ravishda siz o’zingiz yashayotgan dunyoda qanday ahamiyatga ega ekanligingizni tahlil qilib ko’ring. Hayotingizning biror bir jihatini yaxshi tomonga o’zgartirish uchun o’z fikrlash tarzingizga qanday o’zgartirishlar kiritishingiz mumkinligi haqida o’ylab ko’ring.

Hayot falsafasi va pul

endi hayot falsafasi haqida biroz to’xtalib o’tamiz. Hayot – bamisoli qo’limizdagi besh barmoq kabidir desak, u xolda quyidagi o’xshatushlar o’rinli bo’lishi mumkin:

  • Bosh barmoq – sog’liq.
  • Ko’rsatkich barmoq — ish.
  • O’rta barmoq – atrofdagilar bilan muloqot.
  • Nomsiz barmoq – hayot mazmuni.
  • Jimjiloq – moddiy ahvol

Masalan, jimjilog’ingiz og’rib qolsa: “Mayli, qolgan to’rt barmog’im sog’-ku” deb yuravermaysiz–ku. Butun qo’lingiz, butun tanangiz og’riydi. Xuddi shunday, pulingiz kam bo’lsa, bundan hayotingizning boshqa jabhalariga ham ziyon yetadi. Sifatli tibbiy yordam ololmaysiz, sevimli mashg’ulotingiz bilan shug’ullanolmaysiz, oxir-oqibat, shaxs sifatida rivojlanolmaysiz. Aynan pul yetishmasligi odamlarga o’zlari istagandek yashash imkonini bermaydi. Qashshoqlikdan qanday qutilish mumkin? Boylik jamg’arishni kim o’rgatadi? Albatta maktab yoki universitet emas. Tasavvur qiling-a, biror domla sizdan: “Qanday qilib qisqa vaqt ichida million dollar topish mumkin?” — deb so’rashi mumkin? yoq, bizdan faqat allaqanday kimyoviy formulalar yoki falsafiy postulatlarni so’rashadi. Biz buyuk daholarning ismlari va yashagan davrlarini yoddan bilamiz. Qaysi jang qachon, qaerda bo’lgani va qanday natija bilan tugaganini ko’zimizni yumib aytib beramiz. Ammo hech kim yoshlarga qanday qilib pul topish, moddiy mustaqillikka erishish, kapital jamg’arish haqida saboq bermaydi. Xuddi biz o’sha formulalarsiz yashay olmaymizu, pulsiz yashayveramiz. Xuddi pul topish degan tashvishning o’zi yoq, pul hech kimga kerak emas. Bugun hatto jinsiy tarbiya haqida ham pul topishdan ko’ra ko’proq gapirilayapti. Bu tarbiyaga qarshiligimiz yoq, albatta. Ammo yuqorida keltirilgan besh barmoq falsafasini eslang. Pul topish, topganda ham tovlamachilik qilmay, qonunni buzmay halol topish va boyib ketish haqida yosh avlodga tinmay saboq berish kerak. O’shandagina biz sabrsizlik bilan kutayotgan BUYUK KELAJAK keladi!

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: