Bolalarda skolioz – umurtqa pogʻonasi deformatsiyasi boʻlib, uning bir tarafga qiyshayishi bilan namoyon boʻladigan holat. Bolalarda skolioz yelka kamari, kurak suyaklari assimetrikligi, koʻkrak qafasi deformatsiyasi va ichki aʼzolar funksiyasining buzilishi bilan kechadi. Skolioz diagnostikasida umurtqa pogʻonasining polipozitsion rentgenografiyasi oʻtkaziladi. Skoliozning konservativ davosi ortopedik rejim, massaj, maxsus gimnastika, fizioterapiya, ortopedik korset taqib yurish va koʻrsatma boʻyicha xirurgik muolaja yordamida olib boriladi.
Umurtqa pogʻonasi va paravertebral toʻqimalarning patologik qiyshayishi boʻlib, bunda umurtqa pogʻonasi oʻz oʻqi atrofida aylanishi, statik-dinamik oʻzgarishlar, ichki aʼzolarda buzilishlar yuzaga chiqadi. Bolalar ortopediyasida skolioz – tayanch harakat aʼzolari bilan bogʻliq patologiyalar ichida eng koʻp uchraydigan holat hisoblanadi. Umumiy bolalar va oʻsmirlarning 5-10 % ida uchraydi. Skolioz qiz bolalarda koʻproq kuzatiladi, qiz bolalar va oʻgʻil bolalarda uchrash nisbati 9:1 ni tashkil qiladi. Skoliozning xavflilik darajasi faqatgina kosmetik deffektdan iborat boʻlib qolmay, ogʻir koʻrinishlarida ichki aʼzolar va qon tomirlarning ezilishi, siqilishi va funksiyasining buzilishi ham kelib chiqishi mumkin.
Bolalarda skolioz klassifikatsiyasi
Skolizoning yuzaga chiqish davriga koʻra: chaqaloqlar skoliozi – 3 yoshgacha boʻlgan bolalarda uchraydi, bolalar skoliozi 10 yoshgacha boʻlgan bolalarda, oʻsmirlar skoliozi 18-20 yoshli bolalarda kuzatiladigan turlari farqlanadi.
Umurtqa pogʻonasining qiyshiqligi boʻyicha: C-simon skolioz, bir taraflama qiyshayish; S-simon skolioz, ikki taraflama qiyshayish; Z-simon skolioz, uch traflama qiyshayish shakllari bor.
Rentgenologik tasvirga asoslangan holda umurtqa pogʻonasining qiyshiqlik darajasi va qiyshayish graduslariga qarab bolalarda skoliozning IV darajasi tafovut etiladi:
I darajali skolioz – yon tomonga qiyshayish 10°ni tashkil etadi va rentgenogrammada kuchli boʻlmagan torsiya (ogʻish) kuzatiladi;
II darajali skolioz – qiyshiqlik 10 dan 25°gacha boʻladi va sezilarli torsiya (ogʻish), umurtqa pogʻonasining yuqori qismlari deformatsiyasi kuzatiladi;
III darajali skolioz – qiyshiqlik 25 dan 50°gacha boʻladi va kuchli torsiya holati (qovurgʻalar bukirligi), umurtqa pogʻonasida kuchli oʻzgarishlar kuzatiladi;
IV darajali skolioz – 50°dan katta boʻlgan qiyshiqlik, umurtqa pogʻonasining sezilarli deformatsiyasi, koʻkrak qafasining oʻzgarishi va ichki aʼzolar ezilishi, siqilishi va ularning funksiyasining buzilishi kuzatiladi.
Bolalarda skolioz umurtqa pogʻonasi qiyshiqlik joylashgan oʻrniga koʻra quyidagilarga boʻlinadi: yuqori-koʻkrak qism (Th3-Th4), koʻkrak (Th8-Th9), koʻkrak-bel (Th11-Th12), bel (L1-L2), bel-dumgʻaza (L5-S1), kombinatsiyalangan (bir necha qismlarida bir xil darajadagi torsiya holatlari).
Etiologiyasi boʻyicha skolioz: tugʻma va orttirilgan boʻlishi mumkin.
Bolalarda skoliozning kelib chiqish sabablari
Bolalarda tugʻma skoliozga olib keluvchi sabablar – umurtqa pogʻonasi rivojlanishidagi anomaliyalar (umurtqa suyaklari oʻsigʻi sinostozi, xanjarsimon umurtqa pogʻonasi), qovurgʻalar shakllanishidagi buzilishlar (qoʻshimcha qovurgʻalar, qovurgʻalar sinostozi va boshqalar), bel-dumgʻaza umurtqalari displaziyasi (spondilioz, lyubalizatsiya, sakralizatsiya va boshqalar) boʻlishi mumkin.
Orttirilgan skolioz bolalarda nerv-mushak, metabolik, oʻsma kasalliklari va travmalar natijasida kelib chiqadi. Statik skoliozni esa tugʻruqdagi jarohatlar, tugʻma son chiqishi, tananing pastki qismi kaltaligi, tizza va chanoq-son boʻgʻimi kontrakturasi oqibatida yuzaga chiqadi. Nevrogen skolioz bolalar serebral paralichi, polimiyelit, siringomiyeliya, Fridreyx ataksiyasi, orqa miya jarohatlari asorati sifatida kuzatiladi. Genez skoliozga olib keluvchi omillar esa – tugʻma mushaklar gipotoniyasi, mushaklar distrofiyasi va tugʻma boʻyin umurtqasi qiyshiqligi boʻlishi mumkin.
Bolalarda skolioz asosida travmatik deformatsiyalar umurtqada (umurtqa pogʻonasi suyaklari sinishi, torakoplastika, laminektomiya va boshqalar) yoki umurtqadan tashqari (tananing katta hajmli kuyishi, plevra empiyemasi va boshqalar) yotadi.
Koʻp hollarda bolalarda skoliozning metobolik buzilishlar oqibatida ham kelib chiqadi (raxit, sistinoz, osteogenezning oxirigacha yakunlanmasligi, Xanter sindromi), biriktiruvchi toʻqimaning nasliy kasalliklari (Marfan sindromi, Elers–Danlos sindromi), revmatik patologiyalar (yuvenil revmatoid artrit), umurtqa pogʻonasi va orqa miya oʻsma kasalliklari, oʻsmirlar osteoxondrozi, neyrofibromatoz kabi kasalliklar.
Skoliozga olib keluvchi omillar koʻp boʻlishiga qaramay, bolalarda umurtqa pogʻonasi qiyshiqligi sababi idopatik boʻlishi ham mumkin, yaʼni sababi nomaʼlum.
Skoliozga olib keluvchi xavf omillariga umumiy asteniya, gipodinamiya, umurtqa pogʻonasiga ogʻirlik tushishi kiradi.
Bolalarda skolioz belgilari
Idiopatik skolioz 6-7 yosh bolalarda boʻy oʻsishi tezlashgan vaqtda, profilaktik tekshiruvlar olib borilganda aniqlanadi. Skoliozning klinik belgilari umurtqa pogʻonasining qiyshayish darajasiga qarab turli xil koʻrinishda boʻlishi mumkin.
I darajali skolioz quyidagi klinik belgilar yuzaga chiqqanda aniqlanishi mumkin: bosh holatining pastga biroz tushishi, yelkalarning egilishi, chanoqning oʻzgarishi, yelka kamarining assimetriyasi, umurtqa pogʻonasining oʻz oʻqi atrofida aylanishi. Umurtqa egriligi bolani egilgan holatga keltirganda bilinadi, uni tik holatga keltirganda esa qiyshiqlik sezilmaydi.
II darajali skoliozda yuqorida sanab oʻtilgan belgilardan tashqari umurtqa pogʻonasining patologik rotatsiyasi, koʻkrak va umurtqa sohasidagi mushaklarning qiyshaygan tarafga tortilishi. Umurtqa pogʻonasi qiyshiqligi bola tana holatining har qanday oʻzgarishida ham sezilib turadi.
III darajali skoliozda umurtqa pogʻonasining oʻz oʻqi atrofida sezilarli darajada aylanishi, “qovurgʻa bukirligi” kelib chiqishi, mushaklar kontrakturasi, qorin mushaklarining boʻshashi kabi belgilar kuzatiladi.
IV darajali skoliozda umurtqa pogʻonasi sezilarli darajada defomatsiyalanadi, paravertebral mushaklar tortiladi, “qovurgʻa bukirligi” yaqqol namoyon boʻlgan, qovurgʻa mushaklari esa boʻshashib qolgan holatda boʻladi.
Skolioz patologiyasining davom etishi jiddiy oʻzgarishlarga sabab boʻladi, masalan koʻkrak qafasi deformatsiyasi, yurak joylashuvining oʻzgarishi va siqilishi, oʻpka va qon tomir chigallarining ezilishi kabi. Bu kabi holatlar – bolalar skoliotik kasalligi atamasi bilan yuritiladi.
I va II darajali skolioz odatda subyektiv shikoyatlarsiz kechadi. III va IV darajali skoliozda belda ogʻriq, tez charchash, hansirash, yurak sohasida ogʻriq, taxikardiya, harakatlanishdagi oʻzgarishlar kuzatiladi.
Bolalar va oʻsmirlarda skolioz oqibatlari va asoratlariga vegeto-qon tomir distoniyasi, neyrosirkulyator distoniya, oʻt yoʻllari diskineziyasi, xolesistit va boshqalar boʻlishi mumkin. Skoliozdan aziyat chekadigan qiz bolalarda hayz siklining buzilishi, kelajakda homiladorlikning spontan toʻxtashi, tugʻruq jarayoni bilan bogʻliq muammolar (holsizlik, diskoordinatsiya) kelib chiqishi mumkin.
Koʻp hollarda skolioz yondosh tayanch-harakat aʼzolari kasalliklar bilan birgalikda kechadi, masalan chanoq-son boʻgʻimi displaziyasi, yassi oyoqlik, kifoz (umurtqa pogʻonasining saggital qiyshayishi).
Skolioz kasalligi diagnostikasi
Skoliozni erta muddatlarda aniqlash – maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda muhim hisoblanadi. Skoliozni pediatr, bolalar jarrohi, nevropatologi va ortoped tomonidan aniqlanadi. Toʻgʻri va aniq diagnoz qoʻyish uchun bolani turgan holda (oldindan, yondan, orqa tarafdan), oʻtirgan holatda va yotgan holatda tekshirish kerak. Bunda yelkalarning balandligi, assimetrikligi, kurak suyaklarining holati, “qovurgʻa bukirligi”, chanoq holati va boshqa skolioz belgilariga ahamiyat berilishi kerak. Umurtqa pogʻonasining qiyshiqlik darajasini graduslarda oʻlchash uchun skoliozometrdan foydalaniladi. Umurtqa pogʻonasining 5-7° dan ortqi qiyshayishi, rentgenologik tekshiruvga asos boʻla oladi.
Umurtqa pogʻonasi rentgenografiyasi bola turgan va oʻtirgan holatida, 2 ta proyeksiyada olinadi. Olingan rentgenologik tasvirga qarab umurtqa pogʻonasi qiyshiqlik darajasi Fergyusson yoki Kobb usuli yordamida aniqlanadi. Umurtqa pogʻonasining qiyshaygan va shifokor uchun muhim boʻlgan qismlari qoʻshimcha sifatida kompyuter tomografiyasi, MRT, miyelografiya tekshiruvlari ham oʻtkaziladi. Ichki aʼzolarda funksional oʻzgarishlarni aniqlash uchun bolalar pulmonolog, bolalar kardiologi, bolalar gastroenterologining tavsiyalari kerak. Koʻrsatmaga binoan FVD, EKG, qorin boʻshligʻI aʼzolari UTT (UZI) tekshiruvi ham oʻtkaziladi.
Bolalarda skolioz davosi
Skolioz davosi uning darajasidan kelib chiqib olib boriladi. Skoliozni konservativ davosi fizioterapevt, massajist, vertebrolog, manual terapevt mutaxassislar yordamida oʻtkaziladi. I va II darajali, kuchayib ketmaydigan bolalar skoliozi davosida – skoliozga olib keluvchi sababni aniqlash, umurtqa pogʻonasiga bosimni kamaytirish, aktiv harakatlanishni amalga oshirishga eʼtibor qaratiladi. Qoʻshimcha ravishda davolovchi gimnastika, orqa sohani massaj qilish, suzish mashqlarida qatnashish tavsiya etiladi. Skoliozni davosida eng muhim boʻlgan jihati – ortopedik rejimga rioya etishdir, yaʼni uyqu qattiq va tekis joyda boʻlishi, qad qomatni tik tutgan holda turish va yurish hisoblanadi.
I va II darajali belgilari kuchayib boruvchi skoliozni bartaraf etish uchun yuqoridagi chora tadbirlardan tashqari fizioterapiya (elektrostimulyatsiya, magnitoterapiya, suvda davolanish, loyda davolash), ortopedik massaj, manual terapiya kabi muolajalar oʻtkaziladi. Umurtqa pogʻonasini toʻgʻri holda ushlash uchun ortopedik korset taqib yurish kerak boʻladi.
Skoliozni jarrohlik amaliyoti bilan davolashga koʻrsatma konservativ davo choralarining samarasi boʻlmaganda va skoliozning belgilari tez rivojlanganda, qiyshiqlik 40° dan koʻp boʻlganda va hayot uchun muhim aʼzolar funksiyasi buzilganda buyuriladi. Jarrohlik amaliyotini oʻtkazish uchun optimal yosh 10-14 yoshlar oraligʻidir. Jarrohlik amaliyotida umurtqa pogʻonasini implantatsiya yoʻli bilan fiksatsiya qilish oʻtkaziladi. Barcha jarrohlik amaliyotlaridan avval umurtqa pogʻonasini tortish oʻtkaziladi.
Koʻrsatmaga binoan suyak-plastik jarrohlik amaliyotlari ham oʻtkazilishi mumkin (umurtqa suyagi oʻsmasi rezeksiyasi), diskektomiya, kosmetik aralashuv (“qovurgʻa bukri”ni rezeksiya qilish, ekstraplevral torakoplastika, kurak burchagi rezeksiyasi) va boshqalar. Jarrohlik amaliyotidan keyin uzoq mudddatli reabilitatsion terapiya buyuriladi.
Skolioz kasalligi profilaktikasi va oqibati
Salbiy oqibatga olib keluvchi holat umurtqa pogʻonasining erta yoshlarda deformatsiyaga uchrashidir (6 yoshgacha). 10-12 yoshdagi bolalarda skolioz oqibati nisbatan ijobiy boʻladi. Umuman olganda barcha bolalar skoliozdan aziyat chekkan holda yil davomida kamida 2 marta davo muolajalari olishlari kerak. Jarrohlik amaliyoti esa umurtqa pogʻonasi qiyshiqligini biroz toʻgʻirlaydi va belgilarning rivojlanib ketishini toʻxtatib turishga yordam beradi. Shu sababli ota-onalar bolalariga toʻgʻri ortopedik “gigiyena”ni oʻrgatmoqlari lozim.
Skoliozni oldini olish uchun bolalarni tekis va qattiq yotoq joyida uxlashga oʻrgatish, oʻquv maskanlarida oʻziga mos stol stullardan foydalanish, sport bilan shugʻullanish (ayniqsa suv sport turlari bilan), umurtqa pogʻonasiga ogʻirlik tushirmaslikka harakat qilish va travmalardan qochish kerak.
Ikid.uz
У детей сколиоз представляет собой деформацию позвоночника, которая проявляется его наклоном в одну сторону. У детей сколиоз сопровождается плечевым поясом, асимметрией лопаток, деформацией грудной клетки, дисфункцией внутренних органов. Полипозиционная рентгенография позвоночника используется для диагностики сколиоза. Консервативное лечение сколиоза проводят с помощью ортопедического режима, массажа, специальной гимнастики, лечебной физкультуры, ношения ортопедического корсета и хирургического лечения по инструкции.
Это патологическое искривление позвоночника и паравертебральных тканей, вызывающее ротацию позвоночника вокруг своей оси, статодинамические изменения, нарушения со стороны внутренних органов. В детской ортопедии сколиоз является наиболее распространенной патологией, связанной с опорно-двигательным аппаратом. Встречается у 5-10% детей и подростков. Сколиоз чаще встречается у девочек, соотношение девочек и мальчиков 9:1. Степень опасности сколиоза заключается не только в косметическом дефекте, но и в тяжелых случаях внутренние органы и сосуды могут быть раздавлены, сдавлены и дисфункциональны.
Классификация сколиоза у детей
В зависимости от периода появления сколиоза: инфантильный сколиоз встречается у детей до 3 лет, детский сколиоз возникает у детей до 10 лет, подростковый сколиоз встречается у детей в возрасте 18-20 лет.
По искривлению позвоночника: С-образный сколиоз, одностороннее искривление; S-образный сколиоз, двустороннее искривление; Встречаются формы Z-образного сколиоза, трехстороннего искривления.
В зависимости от степени искривления позвоночника и степеней искривления, на основании рентгенологического снимка дифференцируют IV степень сколиоза у детей:
сколиоз первой степени — наклон в сторону 10° и на рентгенограмме наблюдается слабая торсия (прогиб);
Сколиоз II степени — наблюдается искривление от 10 до 25° и значительная торсия (деформация), деформация верхних отделов позвоночника;
сколиоз III степени — искривление от 25 до 50° и выраженная торсия (искривление ребер), сильные изменения позвоночника;
Сколиоз IV степени — искривление более 50°, значительная деформация позвоночника, изменения грудной клетки и внутренних органов сдавлены, сдавлены и нарушена их функция.
Сколиозы у детей по локализации искривления позвоночника делят на следующие: верхнегрудные (Th3-Th4), грудные (Th8-Th9), грудо-поясничные (Th11-Th12), поясничные (L1-L2), пояснично-поясничный (L5-S1), комбинированный (состояния одного уровня перекрута в нескольких отделах).
Сколиоз по этиологии: может быть врожденным или приобретенным.Причины сколиоза у детей
Причинами врожденного сколиоза у детей являются аномалии развития позвоночника (синостозы роста позвоночных костей, клиновидность позвоночника), нарушения формирования ребер (лишние ребра, синостозы ребер и др.), дисплазия поясничного отдела позвоночника (спондилез, лубализация, сакрализация и др.).
Приобретенный сколиоз у детей обусловлен нервно-мышечными, метаболическими, опухолевыми заболеваниями и травмами. Статический сколиоз возникает в результате родовых травм, врожденного выпячивания бедра, укорочения нижней части туловища, контрактуры коленных и тазобедренных суставов. Нейрогенный сколиоз наблюдается как осложнение детского церебрального паралича, полимиелита, сирингомиелии, атаксии Фридрейха, травм спинного мозга. Факторами, приводящими к возникновению сколиоза, могут быть врожденная мышечная гипотония, мышечная дистрофия, врожденное искривление шейки матки.
У детей травматические деформации на основе сколиоза располагаются в позвоночнике (перелом костей позвоночника, торакопластика, ламинэктомия и др.) или вне позвоночника (массивные ожоги тела, эмпиема плевры и др.).
В большинстве случаев сколиоз у детей обусловлен также нарушением обмена веществ (рахит, цистиноз, неполное завершение остеогенеза, синдром Хантера), наследственными заболеваниями соединительной ткани (синдром Марфана, синдром Элерса-Данлоса), ревматическими патологиями (ювенильный ревматоидный артрит), заболевания позвоночника и спинного мозга, такие как опухолевые заболевания, ювенильный остеохондроз, нейрофиброматоз.
Хотя причин сколиоза множество, причина искривления позвоночника у детей может быть и идиопатической, то есть причина неизвестна.
К факторам риска сколиоза относят общую астению, гиподинамию, снижение массы тела на позвоночнике.
Симптомы сколиоза у детей
Идиопатический сколиоз выявляют у детей 6-7 лет в период ускоренного роста, при профилактических осмотрах. Клинические симптомы сколиоза могут быть различными в зависимости от степени искривления позвоночника.
Сколиоз первой степени можно выявить при появлении следующих клинических признаков: незначительное опускание положения головы, искривление плеч, изменение таза, асимметрия плечевого пояса, ротация позвоночника вокруг своей оси. Искривление позвоночника известно, когда ребенка помещают в согнутое положение, и искривление не ощущается, когда ребенка помещают в вертикальное положение.
При сколиозе II степени, помимо вышеперечисленных признаков, патологическая ротация позвоночника, тяга мышц грудной клетки и позвоночника в косую сторону. Искривление позвоночника заметно при любом изменении положения тела ребенка.
При сколиозе III степени значительная ротация позвоночника вокруг своей оси,наблюдаются такие признаки, как появление «грудной клетки», контрактуры мышц, расслабление мышц живота.
При сколиозе IV степени позвоночник значительно деформирован, паравертебральные мышцы натянуты, реберные мышцы находятся в расслабленном состоянии.
Прогрессирование сколиотической патологии вызывает серьезные изменения, такие как деформация грудной клетки, смещение и компрессия сердца, сдавление легочных и сосудистых клубков. Такие случаи называют детской сколиотической болезнью.
I и II степени сколиоза обычно проходят без субъективных жалоб. Боли в спине, быстрая утомляемость, одышка, боли в сердце, тахикардия, изменение движений наблюдаются при III и IV степени сколиоза.
Последствия и осложнения сколиоза у детей и подростков могут включать вегето-сосудистую дистонию, нейроциркуляторную дистонию, дискинезию желчевыводящих путей, холецистит и др. У девочек, страдающих сколиозом, могут возникать нарушения менструального цикла, самопроизвольное прерывание беременности в будущем, проблемы, связанные с родами (слабость, нарушение координации движений).
В большинстве случаев сколиозу сопутствуют заболевания опорно-двигательного аппарата, такие как дисплазия тазобедренных суставов, плоскостопие, кифоз (сагиттальное искривление позвоночника).
Диагностика сколиоза
Раннее выявление сколиоза важно у детей дошкольного и школьного возраста. Диагноз сколиоза ставит педиатр, детский хирург, невропатолог и ортопед. Для постановки правильного и точного диагноза необходимо обследовать ребенка в положении стоя (спереди, сбоку, сзади), в положении сидя и в положении лежа. При этом следует придавать значение высоте плеч, асимметрии, положению костей лопатки, «реберной кривизне», положению таза и другим признакам сколиоза. Сколиометр используется для измерения искривления позвоночника в градусах. Искривление позвоночника более 5-7° может быть основанием для рентгенологического исследования.
Рентгенограммы позвоночника делают в 2-х проекциях в положении ребенка стоя и сидя. В зависимости от полученного рентгенологического снимка определяют степень искривления позвоночника по методу Фергюсона или Кобба. Кроме того, проводятся компьютерная томография, МРТ и миелография искривленных и важных отделов позвоночника. Для определения функциональных изменений внутренних органов необходимы рекомендации детского пульмонолога, детского кардиолога, детского гастроэнтеролога. По инструкции также проводят ФВД, ЭКГ, УТТ (УЗИ) исследование органов брюшной полости.
Лечение сколиоза у детей
Лечение сколиоза основано на его уровне. Консервативное лечение сколиоза проводят с помощью физиотерапевтов, массажистов, вертебрологов, мануальных терапевтов.При лечении ненарастающего детского сколиоза I и II степени обращают внимание на выявление причины сколиоза, снижение нагрузки на позвоночник, выполнение активных движений. Кроме того, рекомендуется заниматься лечебной гимнастикой, массажем спины, плаванием. Важнейшим аспектом в лечении сколиоза является соблюдение ортопедического режима, то есть спать на твердом и ровном месте, стоять и ходить, сохраняя вертикальное положение тела.
Кроме вышеперечисленных мероприятий проводят лечебную физкультуру (электростимуляцию, магнитотерапию, водолечение, грязелечение), ортопедический массаж, мануальную терапию для устранения сколиоза с ухудшением симптомов I и II степени. Вам нужно будет носить ортопедический корсет, чтобы удерживать позвоночник в правильном положении.
Показания к хирургическому лечению сколиоза назначают при неэффективности консервативных лечебных мероприятий, быстром развитии симптомов сколиоза, искривлении более 40° и нарушении функции жизненно важных органов. Оптимальный возраст для операции 10-14 лет. Фиксация позвоночника с помощью имплантации проводится в хирургической практике. Тракцию позвоночника выполняют перед всеми оперативными вмешательствами.
По инструкции могут быть выполнены костно-пластические операции (резекция опухоли позвоночника), дискэктомия, косметические вмешательства (резекция «реберной складки», экстраплевральная торакопластика, резекция лопаточного угла) и др. После операции назначают длительную реабилитационную терапию.
Профилактика и последствия сколиоза
Состоянием, приводящим к негативным последствиям, является деформация позвоночника в раннем возрасте (до 6 лет). Исход сколиоза у детей 10-12 лет относительно положительный. В целом все дети, страдающие сколиозом, должны проходить лечение не реже двух раз в год. Хирургия может немного исправить искривление позвоночника и помочь замедлить прогрессирование симптомов. По этой причине родители должны приучать своих детей к правильной ортопедической «гигиене».
Для профилактики сколиоза необходимо приучать детей спать на ровной и жесткой кровати, пользоваться соответствующими партами и стульями в учебных заведениях, заниматься спортом (особенно водными), стараться не нагружать позвоночник, избегать травм.
Ikid.uz
SHU MAQOLANI NIMA SABABDAN YUKLAB OLIB BULMAYABDI. AXIR BU MAQOLA BILAN BOSHQALAR TANISHISHI KERAKKU.MISOL UCHUN MAKTABLARDA UQUV QULLANMALARDA KAMCHILIKLAR KOP BULGANI UCHUN SHU MAQOLADAN FOYDALANIB DARS UTISHI KERAK BULADI.LEKN BU AXVOL MAQOLANI KUCHIRISH IMKONSIZ BULIB TURIBDI.