Bolalarda angina sabablari va davolash sirlari

Bolalarda angina sabablari va davolash sirlari
Til haqida yangi she'rlar, eng chiroyli she’rlar to'plami

Bolalarda angina – halqumda joylashgan (koʻpincha tanglaydagi) limfa bezlarining oʻtkir infeksion-allergik yalligʻlanish kasalligi. Bolalarda anginada yuqori tana harorati, aniq namoyon boʻlgan intoksikatsiya belgilari, yutinganda ogʻriq his etish, jagʻ osti va boʻyin limfa tugunlarining kattalashishi va bodomchasimon bezda yiringli qoplama hosil boʻlishi bilan kechadi. Kasallik diagnostikasi bolalar LORi tomonidan fizikal koʻruv, faringoskopiya, yutqindan olingan surtma tekshiruvi, qon IFA analizi yordamida qoʻyiladi. Bolalarda angina davosida patogenetik davo (antibiotiklar, virusga qarshi preparatlar), simptomatik davo (tana haroratini tushiruvchi vositalar) va mahalliy davo (aerozol, tomoqni chayish va dorivor oʻsimliklar bilan davolash) yordamida olib boriladi.

Foto: Shutterstock.com

Angina (oʻtkir tonzillit) – infeksion-allergik kasallik boʻlib, halqumda joylashgan bodomchasimon bezlarning yalligʻlanishi bilan xarakterlanadi. Bolalar orasida ushbu kasallik OʻRVI kasalliklaridan keyingi oʻrinda turadi. Shu sababli kasallik bolalar otolaringologiyasi va pediatriya sohasida koʻp tarqalganligi va yuqumliligi bilan ajralib turadi. Bolalarda anginaning xavfliligi, erta (otit, paratonzillit, yutqin yon va orqa absesslari) va kechki (revmatizm, revmatoid artrit, glomerulonefrit va boshqalar) asoratlar kelib chiqishi bilan tushuntiriladi.

Bolalarda angina kelib chiqish sabablari va kasallik patogenezi

Koʻp hollarda angina kelib chiqishiga sabab bakteriya yoki virusli infeksiya boʻladi. 80-85 % holatlarda qoʻzgʻatuvchi sifatida β-gemolitik stafilokkok A guruhidagi bakteriya, 10 % holatlarda tillarang stafilokokk, kam holatlarda – pnevmokokk, gemofil tayoqcha, viruslar (enterovirus, adenovirus, gerpes-virus va boshqalar), mikoplazma, xlamidiya, zamburugʻlar va aralash infeksiya sabab boʻladi. Odatda 3 yoshgacha boʻlgan bolalarda angina kelib chiqishiga viruslar sabab boʻlsa, 5 yosh va undan katta bolalarda angina qoʻzgʻatuvchisi bakteriya hisoblanadi. Streptokokklar chaqiruvchi angina bilan koʻpincha 5-10 yosh oraligʻidagi bolalar kasallanadi. Baʼzi hollarda angina kelib chiqishida shartli patogen qoʻzgʻatuvchilar ham muhim rol oʻynaydi (ogʻiz boʻshligʻida yashovchi bakteriyalar).

Bodomchasimon bezga infeksiya koʻpincha bir yoʻl bilan tushadi – ekzogen yaʼni havo-tomchi, maishiy-kontakt, enteral yoʻllar orqali. Travmatik angina burun-halqum yoʻlida oʻtkazilgan jarrohlik amaliyotidan keyin kelib chiqadi (masalan, bolalarda adenotomiya amaliyotidan keyin). Endogen autoinfeksiya surunkali tonzillit xuruj qilishi, tish kariyesi, sinusit, gastroenterit natijasida yuzaga chiqadi.

Bolalarda angina kelib chiqishida xavf omillariga bolalarda uchraydigan diatez (limfatik-giperplastik), sovuq qotish natijasida mahalliy va umumiy immunitetning susayishi, avitaminoz va boshqalar kiradi.

Bolalarda angina rivojlanishi asosida allergikgiperergik reaksiya yotadi. Bodomchasimon bezda nopatogen flora, patogen mikroflora va oqsil almashinuvi mahsulotlari toʻplanadi, bu omillar organizmda sensibilizatsiyaga sabab boʻladi. Ushbu jarayonga endogen yoki ekzogen infeksiya aralashishi bolalarda angina kelib chiqishiga olib keladi. Qoʻzgʻatuvchilar bodomchasimon bezga mahalliy taʼsir koʻrsatadi, yaʼni bezda limfa toʻqimalar toʻplanib qoladi, yiringli jarayon boshlanadi, lakunalarda yiring yigʻiladi, epiteliy nekrozi va ayrim hollarda bez toʻqimalari nekrozi ham roʻy beradi.

Bolalarda angina turlari

Bolalarda bodomchasimon bez yalligʻlanish sababiga koʻra: birlamchi, ikkilamchi va spetsifik angina turlariga boʻlinadi. Birlamchi angina bodomchasimon bezning oʻzida infeksiya taʼsirida patologiya kelib chiqsa, ikkilamchi yoki simptomatik angina boshqa kasalliklar asorati sifatida yuzaga chiqadi, masalan skarlatina, qizamiq, difteriya, mononukleoz va boshqalar. Bolalarda spetsifik angina kelib chiqishiga sabab – ayrim guruh infeksiyalar, yaʼni gonoreya, mikoplazma, xlamidioz, kandidoz va boshqalar boʻlishi mumkin.

Bolalarda angina kechishiga koʻra:

  • oʻtkir;
  • qaytalanuvchi;
  • surunkali koʻrinishlarga boʻlinadi.

Bodomchasimon bezdagi oʻzgarishlarga qarab bolalarda anginaning quyidagi shakllari farqlanadi:

  • Kataral;
  • Follikulyar;
  • Lakunar;
  • Fibrinoz;
  • Flegmonoz;
  • Gangrenoz.

Katar angina – bolalarda bodomchasimon bezning biroz kattalashgani va giperemiya holati kuzatiladi. Bunda yiringli qoplamalar boʻlmaydi. Bez epiteliysining qadoqlashishi hisobiga yupqa oqish qoplama hosil boʻlishi mumkin. Mikroskopik tekshiruvda epiteliy limfotsitlar va neytrofillarning quyuq infiltratsiyasi aniqlanadi.

Follikulyar angina – bolalarda bodomchasimon bez epiteliy yalligʻlanish jarayoni qavatidan chuqurlashgan, yiringli follikulalar bilan qoplanadi (oʻlchami 3 mm gacha boʻlishi mumkin va “yulduzli osmon tasvirini” eslatadi). Bez parenximasida morfologik oʻzgarishlar (toʻlaqonlik, giperemiya) aniq koʻrinadi. Yiringli follikulalarda leykotsitar infiltratsiyaga kechadi va nekroz boshlanishi belgilari aniqlanadi.

Lakunar anginabodomchasimon bezda chiziqli sargʻish rangdagi yiringli qoplama hosil boʻlishi bilan xarakterlanadi. Bezning yuzasi aniq koʻrinadigan darajada giperemiyalashgan va shishgan boʻladi. Lakunalardagi yiringli qoplamalar birlashishi va katta hajmdagi yiringli oʻchoq hosil qilishi mumkin. Mikroskopik tekshiruvda epiteliyning parchalanishi, shilliq qavatning leykotsitar infiltratsiyasi, kichik qon tomirlar trombozi kuzatiladi.

Fibrinoz anginabodomchasimon bezda oqish rangli, yarim shaffof plyonkasimon qoplama bilan qoplanib qoladi.

Flegmonoz angina – bolalarda kam uchraydi. Bodomchasimon bezda yiring tarqalgan holda boʻlishi va unda absess (koʻpincha bir taraflama) hosil boʻlishi bilan kechadi.

Gangrenoz anginabodomchasimon bez epiteliysi va parenximasida yarali-nekrotik oʻchoq hosil boʻlishi bilan xarakterlanadi. Halqum koʻruvida bodomchasimon bezda oqish-kulrang qoplama (oʻzida koʻplab bakteriyalar, leykotsitlar, nekrozga uchragan toʻqima va fibrin saqlaydi) aniqlanadi. Qoplama koʻchiriladigan boʻlsa, uning oʻrnida chegaralari notekis yara hosil boʻladi. Nekrotik jarayonning tarqalib ketishi bez toʻqimalarining parchalanishi va uning oʻrnida chandiq hosil boʻlishi bilan asoratlanadi. Nekrotik angina koʻpincha oʻtkir leykoz, difteriya (boʻgʻma), skarlatina bilan kasallangan bolalarda kuzatiladi.

Angina belgilari

Angina bolalarda kattalarga nisbatan ogʻirroq koʻrinishda kechadi: tana harorati koʻtariladi, aniq namoyon boʻlgan intoksikatsiya belgilari, tez asoratlanishi bilan oʻziga xosdir. Ayniqsa bolalarda anginaning bir shaklidan keyingi shakliga oʻtib ketishi ham uchrab turadi (kataral follikulyarga, follikulyar lacunar koʻrinishiga oʻtib ketadi). Ammo, koʻp hollarda jarayon avj olmaydi.

Bolalarda kataral angina oʻtkir boshlanishi, tomoq achishishi, quruqlashishi va ogʻriq hissi paydo boʻlishi, yutinganda ogʻriq kuchayishi bilan xarakterlanadi. Tana harorati 38-39 oC gacha koʻtarilishi mumkin, bolalar bosh ogʻrigʻi va holsizlikka shikoyat qiladi. Til quruq, oq karash bilan qoplangan, mahalliy limfa tugunlari aytarli darajada kattalashmagan va biroz ogʻriqli boʻlishi mumkin. Kataral angina odatda 5-7 kun davom etadi.

Bolalarda follikulyar angina aniq namoyon boʻlgan intoksikatsiya belgilari bilan kechadi: holsizlik, apatiya, ishtahaning yoʻqolishi, artralgiya, bosh ogʻrigʻi kabi. Tana harorati yuqori koʻrsatkichlarga koʻtarilishi, qayt qilish, hushning yoʻqolishi va talvasalar ham yuz berishi mumkin. Tomoq soxasida kuchli ogʻriq, quloq soxasiga ham tarqaladi, bola ovqat yeyishdan bosh tortadi. Sollikulyar angina belgilari bolalarda 2 sutka davom etadi, 3-4-kunlarda bola ahvoli yaxshilashadi (bez yuzasi tozalansa), ammo yutingandagi ogʻriq yana 2-3 sutka bezovta qilib turishi mumkin. Bolaning sogʻayib ketishi 7-10 kun ichida roʻy beradi.

Bolalarda lakunlar angina ham intoksikatsiya belgilari bilan kechadi. Bodomchasimon bez infiltratsiyasi va shishi hisobiga bola ogʻzini zoʻrgʻa ochadi, uning ovozi boʻgʻiqlashadi. Bolalar tomoq soxasida kuchli ogʻriq va ogʻizda yoqimsiz taʼm sezishga shikoyat qiladi. Mahalliy limfa tugunlari kattalashgan va bola boshini harakatlantirganda ogʻriqli boʻladi. Lacunar anginaning bolalarda kechish muddati 10-14 kunni tashkil etadi.

Bolalarda virusli angina respirator simptomlar (rinit, yoʻtal), stomatit, konyuktivit va ich ketishi bilan kechadi.

Streptokokklar chaqirgan anginaning eng koʻp uchraydigan asoratlariga – revmatik endokardit, nospetsifik poliartrit, glomerulonefrit, yutqin absesslari kiradi. Gerpetik angina bolalarda seroz meningit bilan asoratlanishi mumkin.

Bolalarda angina diagnostikasi.

Bolalarda tana harorati koʻtarilsa va tomoqda ogʻriq paydo boʻlsa pediatr yoki bolalar otolaringologiga murojaat qilish kerak. Anginaga xos boʻlgan belgilar shifokor tomonidan tomoq shilliq qavatlari va bodomchasimon bez koʻruvi, hamda mahalliy limfa tugunlari palpatsiyasi yordamida aniqlanadi.

Umumiy qon analizida – neytrofil leykotsitoz, tayoqchasimon yadrolilar chapga siljishi, ECHT oshishi aniqlanadi. Yutqindan olingan surtma tekshiruvida angina keltirib chiqargan qoʻzgʻatuvchini aniqlash mumkin. Zaruriyat tugʻilganda serologik tekshiruv (IFA) oʻtkazilishi mumkin: mikoplazma, kandida, xlamidiya, gerpes virusi va boshqalarga qarshi antitelo aniqlanadi.

Faringoskopiya tekshiruvida bodomchasimon bez infiltratsiyasi, giperemiyalashganligi, qoplama hosil boʻlganligiga asoslanib anginaning turi aniqlanadi. Angina holatida yiringli qoplama shpatel yordamida oson koʻchadi, qonli iz qoldirmaydi (difteriya (boʻgʻma) dan farqli jihati shunda).

Bolalarda angina davosi

Yengil va oʻrta ogʻir darajadagi angina holatlari ambulator sharoitda davolanadi. Kasallikning ogʻir koʻrinishlarida bolalar kasalxona infeksion boʻlimlarda davolanishlari mumkin.

Bolalarda angina davosida yotoq tartibiga rioya etish, bemorni alohidalash, buyumlardan individual foydalanish (idishlar, sochiq va boshqalar), ovqatlanish tartibiga rioya etish va koʻp suyuqlik ichishga eʼtibor qaratish kerak.

Bolalarda bakterial anginada qoʻzgʻatuvchi sezgirligiga asoslangan holda – antibiotiklar buyuriladi. Antibiotiklar bilan birgalikda antigistamin preparatlar, B guruh vitaminlari va askorbin kislota, hamda immunomodulyatorlar ham qoʻllaniladi.

Angina davosida eng muhim muolaja: mahalliy qoʻllaniladigan antiseptik vositalar (nitrofural, miramistin, furatsilin) va dorivor oʻsimliklar eritmalari (kalendula, romashka, shalfey), halqumga aerozol vositalar sepishdan foydalanish samarali usullar hisoblanadi.

Virusli anginada bolalarga virusga qarshi preparatlar va mahalliy qoʻllaniladigan interferon vositalari buyuriladi.

Yutqin atrofi absesslari kelib chiqsa – ular jarrohlik yoʻli bilan ochiladi va antiseptik vositalar bilan yuviladi. Agar angina bolalarda qaytalanuvchi xususiyatga ega boʻlsa – tonzillektomiya amaliyoti bajariladi.

Bolalarda anginaning oqibati va profilaktikasi

Bolalarda steptokokkli angina oʻtib ketadigan boʻlsa – EKG, umumiy siydik va qon tahlili, zaruriy holatlarda bolalar revmatologi, nefrologi va immunologi tekshiruvlari talab etiladi. Oʻz vaqtida aniqlangan va davo muolajalari oʻtkazilgan holda kasallik oqibati ijobiydir, aks hollarda kasallik surunkali shakliga oʻtib ketishi, mahalliy va umumiy asoratlar yuzaga chiqish mumkin.

Bolalarda angina profilaktikasi – bemor bolalar bilan kontaktda boʻlmaslik, umumiy organizm qarshiligini oshirish, yiringli oʻchoqlarni sanatsiya qilish (yiringni ochib, ichini tozalash), vitaminlarga boy boʻlgan mahsulotlar isteʼmol qilish kabi chora tadbirlarni oʻz ichiga oladi.

Ikid.uz


Ангина у детей — острое инфекционно-аллергическое воспалительное заболевание лимфатических узлов, расположенных в гортани (чаще на небе). У детей ангина сопровождается высокой температурой тела, ярко выраженными признаками интоксикации, болью при глотании, увеличением подчелюстных и шейных лимфатических узлов, образованием гнойного налета на миндалинах. Диагноз заболевания ставит детский ЛОР с помощью физикального осмотра, фарингоскопии, исследования мазка из зева, ИФА анализа крови. Лечение ангины у детей проводят с помощью патогенетического лечения (антибиотики, противовирусные препараты), симптоматического лечения (антипиретики) и местного лечения (аэрозоль, полоскание горла и лечение лекарственными растениями).

Фото: Shutterstock.com

Ангина (острый тонзиллит) – инфекционно-аллергическое заболевание, характеризующееся воспалением небных миндалин, расположенных в гортани. Среди детей это заболевание уступает только СПИДу. Поэтому заболевание характеризуется своей распространенностью и контагиозностью в области детской отоларингологии и педиатрии. Опасность ангины у детей объясняется возникновением ранних (отиты, паратонзиллиты, абсцессы боковой и задней части глотки) и поздних (ревматизм, ревматоидный артрит, гломерулонефрит и др.) осложнений.

Причины ангины у детей и патогенез заболевания

В большинстве случаев ангина вызывается бактериальной или вирусной инфекцией. В 80-85% случаев возбудителем является бактерия β-гемолитического стафилококка группы А, в 10% случаев — золотистый стафилококк, в редких случаях — пневмококк, гемофильная палочка, вирусы (энтеровирус, аденовирус, вирус герпеса и др.), микоплазмы, хламидии, грибы и микст-инфекция причина. Вирусы обычно вызывают ангину у детей до 3 лет, а бактерии — у детей 5 лет и старше. Дети в возрасте 5-10 лет часто болеют ангиной, вызванной стрептококками. В ряде случаев важную роль в причине ангины играют условно-патогенные микроорганизмы (бактерии, обитающие в полости рта).

Миндалины чаще заражаются одним путем — экзогенным, т. е. воздушно-капельным, бытовым, контактным, энтеральным путями. Травматическая ангина возникает после операций на носоглотке (например, после аденотомии у детей). Эндогенная аутоинфекция возникает в результате хронического тонзиллита, кариеса зубов, синусита, гастроэнтерита.

К факторам риска ангины у детей относят детский диатез (лимфатическо-гиперпластический), ослабление местного и общего иммунитета в результате простудных заболеваний, авитаминозов и др.

В основе развития ангины у детей лежит аллергическо-гиперергическая реакция. Непатогенная флора в миндалинах,накапливаются патогенная микрофлора и продукты белкового обмена, эти факторы вызывают сенсибилизацию в организме. Вмешательство эндогенной или экзогенной инфекции в этот процесс приводит к стенокардии у детей. Триггеры оказывают местное действие на миндалину, то есть в железе накапливается лимфатическая ткань, начинается гнойный процесс, скопление гноя в лакунах, некроз эпителия и, в некоторых случаях, некроз ткани железы.

Виды ангины у детей

По причине воспаления миндалин у детей его делят на первичные, вторичные и специфические виды ангины. Если первичная ангина вызвана инфекцией в самой миндалине, то вторичная или симптоматическая ангина возникает как осложнение других заболеваний, таких как скарлатина, корь, дифтерия, мононуклеоз и др. Специфическая ангина у детей может быть вызвана какой-либо группой инфекций, например гонореей, микоплазмой, хламидиозом, кандидозом и др.

По течению ангины у детей:

острый
повторяющийся;
подразделяются на хронические проявления.

В зависимости от изменений миндалин различают следующие формы ангины у детей:

катаральный;
фолликулярный;
Лакунарный;
фибриноз;
Флегмоноз;
Гангреноз.

Катаральная ангина – миндалины незначительно увеличены и гиперемированы у детей. Не будет гнойных налетов. За счет упаковки железистого эпителия может образовываться тонкий мокнущий налет. При микроскопическом исследовании обнаруживают темную инфильтрацию эпителиальных лимфоцитов и нейтрофилов.

Фолликулярная ангина – у детей миндалины покрыты гнойными фолликулами (размером до 3 мм и напоминающими изображение «звездного неба»), углубленными из слоя эпителиального воспалительного процесса. Морфологические изменения (набухание, гиперемия) хорошо видны в паренхиме железы. Гнойные фолликулы подвергаются лейкоцитарной инфильтрации и выявляются признаки некроза.

Лакунарная ангина характеризуется образованием на миндалинах исчерченного желтоватого гнойного налета. Поверхность железы становится заметно гиперемированной и отечной. Гнойные накладки в лакунах могут сливаться и образовывать крупные гнойные очаги. При микроскопическом исследовании наблюдают распад эпителия, лейкоцитарную инфильтрацию слизистой оболочки, тромбоз мелких сосудов.

Фибринозная ангина – отделяемое в миндалинах покрывается цветным, полупрозрачным пленчатым налетом.

Флегмонозная стенокардия у детей встречается редко. Характеризуется наличием гноя в миндалинах и образованием абсцесса (часто одностороннего).

Гангренозная ангина характеризуется образованием язвенно-некротического очага в эпителии и паренхиме миндалин. Со стороны гортани миндалины имеют серовато-серый налет (в нем много бактерий, лейкоцитов,некротизированной ткани и сохраняет фибрин). Если налет удалить, он заменится раной с неровными краями. Распространение некротического процесса осложняется распадом ткани железы и образованием на ее месте рубца. Некротическая ангина часто наблюдается у детей при остром лейкозе, дифтерии (коклюше), скарлатине.

Симптомы стенокардии

Ангина у детей протекает тяжелее, чем у взрослых: повышается температура тела, отчетливо проявляются признаки интоксикации, для нее характерны быстрые осложнения. Особенно у детей наблюдается переход одной формы ангины в другую (катаральную в фолликулярную, фолликулярную в лакунарную). Однако в большинстве случаев процесс не запускается.

У детей катаральная ангина характеризуется острым началом, першением в горле, сухостью и болью, болью при глотании. Температура тела может повышаться до 38-39°С, дети жалуются на головную боль и слабость. Язык сухой, обложен белым налетом, местные лимфатические узлы значительно не увеличены и могут быть слегка болезненными. Катаральная ангина обычно длится 5-7 дней.

Фолликулярная ангина у детей сопровождается явными признаками интоксикации: слабостью, апатией, снижением аппетита, артралгиями, головной болью. Также могут наблюдаться лихорадка, рвота, обмороки и судороги. Сильная боль в области горла распространяется на область ушей, ребенок отказывается от еды. Симптомы соликулярной ангины у детей сохраняются в течение 2-х дней, состояние ребенка улучшается на 3-4-й день (когда поверхность железы очищается), но боль при глотании может беспокоить еще 2-3 дня. Ребенок выздоровеет через 7-10 дней.

Лакунарная ангина у детей сопровождается явлениями интоксикации. Из-за инфильтрации и отека миндалин ребенок с трудом открывает рот, голос у него хриплый. Дети жалуются на сильную боль в горле и неприятный привкус во рту. Местные лимфатические узлы увеличены и болезненны при движении головы ребенка. Продолжительность лакунарной ангины у детей составляет 10-14 дней.

Вирусная ангина у детей сопровождается респираторными симптомами (ринит, кашель), стоматитом, конъюнктивитом и диареей.

К наиболее частым осложнениям ангины, вызванной стрептококками, относятся ревматический эндокардит, неспецифический полиартрит, гломерулонефрит, глоточные абсцессы. Герпетическая ангина у детей может осложняться серозным менингитом.

Диагностика стенокардии у детей.

При повышении температуры и боли в горле у детей следует обратиться к педиатру или детскому отоларингологу. Типичные для ангины симптомы определяет врач при визуализации слизистых оболочек зева и миндалин, а также при пальпации местных лимфатических узлов.В общем анализе крови выявляют нейтрофильный лейкоцитоз, палочковидное смещение ядер влево, повышение ЭХТ. При исследовании мазка, взятого из зева, можно определить триггер, вызвавший стенокардию. При необходимости может быть проведено серологическое исследование (ИФА): выявляются антитела против микоплазмы, кандиды, хламидий, вируса герпеса и др.

Вид ангины определяют по инфильтрации, гиперемии и налету миндалин при фарингоскопии. При ангине гнойный налет легко снимается с помощью шпателя, не оставляет кровавого следа (в этом отличие от дифтерии).

Лечение ангины у детей

Стенокардия легкой и средней степени тяжести лечится амбулаторно. В тяжелых случаях заболевания дети могут лечиться в инфекционных отделениях больниц.

При лечении ангины у детей следует обращать внимание на постельный режим, изоляцию больного, индивидуальное пользование предметами (посудой, полотенцами и др.), диету и обильное питье.

Антибиотики назначают при бактериальной ангине у детей исходя из чувствительности триггера. Наряду с антибиотиками применяют также антигистаминные препараты, витамины группы В и аскорбиновую кислоту, а также иммуномодуляторы.

Важнейшие лечебные мероприятия при лечении ангины: эффективными методами являются применение местно применяемых антисептических средств (нитрофурал, мирамистин, фурацилин) и растворов лекарственных растений (календула, ромашка, шалфей), распыление аэрозольных средств в гортань.

При вирусной ангине детям назначают противовирусные препараты и местно применяют интерферон.

При появлении абсцессов вокруг глотки их вскрывают хирургическим путем и промывают антисептическими средствами. Если стенокардия у детей рецидивирующая, проводят тонзиллэктомию.

Последствия и профилактика ангины у детей

При прохождении стрептококковой ангины у детей — обязательны ЭКГ, общий анализ мочи и крови, при необходимости — осмотр детского ревматолога, нефролога, иммунолога. Исход заболевания положительный при своевременном его выявлении и лечении, в противном случае заболевание может перейти в хроническую форму, могут возникнуть местные и общие осложнения.

Профилактика ангины у детей включает такие меры, как недопущение контакта с больными детьми, повышение общей сопротивляемости организма, санация гнойных очагов (вскрытие гноя и очищение внутренностей), употребление продуктов, богатых витаминами.

Ikid.uz

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz
Комментарии: 1
  1. Ihlas

    Akala menda bu zot juda osip ketdi :mrgreen:

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: