Bolalarda gripp – oʻtkir infeksiya, A, B, C guruh viruslari tomonidan kelib chiqadigan, nafas yoʻllarining zararlanishi bilan kechadigan va albatta ikkilamchi bakterial asorat qoʻshilish darajasi yuqori boʻlgan kasallik.
Gripp bolalarda yuqori tana harorati (39-40 oC) koʻtarilishi, umumiy holsizlik va kataral belgilar (tomoq qizarishi, burun bitishi, quruq yoʻtal, bodomchasimon bez kattalashishi) bilan kechadi.
Gripp diagnostikasi klinik-epidemiologik tekshiruvlar, virusni laborator aniqlash (RIF, PZR, IFA, RSK, RTGA) usuli bilan qoʻyiladi. Bolalarda grippning simptomatik davosida tana haroratini tushiruvchi, desensibilizatsiyalovchi, balgʻam koʻchiruvchi preparatlar bilan olib borilsa, etiotrop davo maqsadida virusga qarshi vositalardan foydalaniladi.
Gripp oʻtkir respirator virusli infeksiya guruhiga kiradi (OʻRVI). Bu guruhga oddiy grippdan tashqari paragripp, adenovirusli infeksiya, respirator-sisitial infeksiya, rinovirusli infeksiya ham kiradi. Gripp yil davomida mavsumiylik xususiyatiga ega, aholining 30% iga yaqin qismi kasallanadi, shularning yarmini bolalar tashkil etadi. Ayniqsa, xavf guruhiga 3 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar kiradi.
Bolalarning gripp bilan kasallanishga moyilligi kattalarga nisbatan 4-5 barobar yuqori. Koʻp hollarda gripp asoratlar bilan kechadi (bronxit, pnevmoniya, sinusit va boshqalar qoʻshiladi), surunkali kasalliklarni qoʻzgʻatib yuboradi. Shu sababli pediatrlar uchun gripp epidemiyasi profilaktika masalalari jiddiy muammo tugʻdirmoqda.
Bolalarda gripp kelib chiqishi sabablari
Gripp tez tarqaluvchi infeksiya boʻlib, odamdan odamga oson yuqadi. Mavsumiy gripp epidemiyasini RNK saqlovchi virusning 3 ta tipi qoʻzgʻatadi – A, B va C. virusning tashqi antigeni gemaggyutinin (H) va neyraminidaza (N) boʻlib hisoblanadi.
Eng koʻp oʻzgaruvchan antigen tuzilishga ega boʻlgan gripp virusi – A tipidagi virusdir, asosan shu tipdagi virus epidemiya va pandemiya holatlariga sabab boʻladi. Uning gemagglyutinini 15 ta tip ostiga (H1-H15), neyraminidazasi esa 10 ta tip ostiga (N1-N10) boʻlinadi. Odatda mavsumiy epidemiya vaqtida H1N1 va H3N2 shtammlari aylanib yuradi.
A virus shtammlari odamlar, qushlar va uy hayvonlarida kasallik keltirib chiqaradi.
B guruhli virus antigen tuzilishi kam oʻzgaruvchan, odatda bu virus mahalliy yoki maʼlum bir hududda epidemiya holatiga sabab boʻladi. B guruhli virus bilan faqat odamlar kasallanadilar, ayniqsa yosh bolalar.
C guruhli virus antigen tuzilishi stabil boʻladi. Odamlar va choʻchqalarda kasallik keltirib chiqaradi. Sporodik holatlarda kasallik chaqiradi.
Yuqoridagi maʼlumotlarni inobatga olib grippga qarshi vaksinalarning koʻpchiligi A va B guruhidagi virus antigeniga taʼsir koʻrsatadi.
Bolalar orasida gripp virusi havo-tomchi yoʻli orqali tarqaladi, muloqot qurganda, aksa urganda va yoʻtalganda. Bundan tashqari maishiy-kontakt usuli bilan ham gripp virusi yuqishi mumkin, oʻyinchoqlar orqali, shaxsiy gigiyena vositalaridan foydalanganda.
Gripp virusining tarqalishida ob-havo sharoitining oʻzgaruvchanligi (havo harorati va namligi), bolaning immun tizimi pasayishi, gipovitaminoz, yetarlicha quyosh nuriga toʻyinmaslik va bolalar jamoaviy boʻlgan joylar muhim rol oʻynaydi.
Gripp virusi organizmga burun yoki ogʻiz orqali kirib, nafas yoʻllari silindrik epiteliylarida joylashib oladi. Gemagglyutinin antigeni yordamida virus hujayralarga yopishib oladi, neyraminidaza antigeni yordamida hujayra membranasini buzadi va hujayra ichiga kiradi.
Hujayraga kirgan virus oʻzining xususiy oqsillarini sintezlay boshlaydi va koʻplab RNK larini replikatsiyalaydi. Soʻngra yangi viruslar xoʻjayin hujayradan tashqariga chiqib boshqa sogʻlom hujayralarni ham zararlaydi. Bu jarayon klinikada kataral yalligʻlanish koʻrinishida kechadi. Zararlangan hujayradan virus qonga oʻtadi va butun organizmga tarqaladi, bu esa spetsifik gripp intoksikatsiyasi bilan kechadi.
Bolalarda gripp belgilari
Virusning yashirin davri bir necha soatlardan 2-4 sutkagacha boʻlgan vaqtni oʻz ichiga oladi. Bolalarda gripp boshlanishi oʻtkir boʻlib, odatda intoksikatsiya belgilari kataral belgilardan ustun boʻladi. Koʻkrak yoshidagi bolalarda gripp boshlanish belgilari yuqori harorat boʻlishi mumkin. 5 yoshgacha boʻlgan bolalarda esa yuqori harorat (39-40 oC), rinit va yoʻtal, 5 yoshdan katta bolalarda yuqori harorat, koʻp terlash, quruq yoʻtal, tomoq va burunda qizarish, ogʻriq bilan namoyon boʻladi.
Umumiy intoksikatsiya belgilariga ishtahaning pasayishi, holsizlik, adinamiya, bosh ogʻrishi, mialgiya va artralgiya, qayt qilish kabi belgilar kiradi.
Kappilyarotoksikoz natijasida qon tomirlar devori oʻtkazuvchanligi ortadi va gemorragik sindrom belgilari kelib chiqadi – burun qonaydi. Bolalarda gripp virusi markaziy nerv tizimini ham toksik zararlashi mumkin: ensefalopa.tiya, neyrotoksikoz, sudorgilar, gallyutsinatsiya va boshqalar. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan taxikardiya, yurak tonlarining boʻgʻiqlashuvi kuzatiladi. Siydik ayirish tizimida esa mikroalbuminuriya, mikrogematuriya, diurezning kamayishi kabi belgilar namoyon boʻladi.Tipik koʻrinishda kechuvchi yengil va oʻrta ogʻir darajadagi gripp bolalarda 3-4 kun ichida oʻtib ketadi, ammo kataral belgilar 1,5-2 haftagacha saqlanib qolishi mumkin. Tuzalish davrida uzoq muddatgacha asteniya belgilari (tez charchash, holsizlik, koʻp terlash) saqlanib qolishi mumkin. Bolalarda grippning gipertoksik shakli koʻp hollarda oʻlim bilan tugaydi. Bunga sabab oʻpka shishi, pnevmoniya, DVS-sindromi, oʻtkir nafas, yurak-qon tomir va buyrak yetishmovchiligidir.
Gripp asoratlari
Bolalarda grippning asoratlari respirator va norespirator koʻrinishida boʻladi.
Respirator asoratlar koʻpincha 5 yoshdan kichik boʻlgan bolalarda uchraydi va ular quyidagilar boʻlishi mumkin: ikkilamchi bakterial infeksiya aralashuvi, pnevmoniya, bronxiolit, oʻrta otit, sinusit.
Norespirator asoaratlarga esa miokardit, miozit, ensefalit, Reya sindromi vva boshqalar boʻlishi mumkin
Ogʻir asoratlarga olib keluvchi xavf guruhidagi bolalarga 2 yoshdan kichik boʻlganlar, yondosh kasalliklari bor boʻlgan bolalar (bronxial astma, tugʻma yurak nuqsoni, immun tanqisligi boʻlgan, qandli diabet bilan kasallangan va buyrak kasalliklari boʻlgan bolalar) kiradi.
Bolalarda gripp diagnostikasi
Diagnostika qoʻyishda pediatr epidemiologik maʼlumotlar va kasallikning klinik koʻrinishiga eʼtiborini qaratadi (tana harorati, intoksikatiya, kataral belgilar, fizikal oʻzgarishlar). Laboratoriya tekshiruvida maxsus virusni aniqlovchi usullardan (PZR va RIF) foydalaniladi. Bunda virusni aniqlash uchun burun-yutqin shilliq qavatidan surtma olinadi.
Asoratlarni oldini olish uchun tor doiradagi mutaxassislar koʻrigi ham talab etiladi – bolalar otolaringologi, nevropatologi, pulmanolog va nefrolog. Albatta har bir bemorda umumiy siydik va qon analizi, koʻkrak qafasi aʼzolari rentgenografiyasi, balgʻam bakteriologik tekshiruvi, qonni steril muhitga ekish kabi usullar oʻtkaziladi.
Grippni differensial tashxisida OʻRVI ning boshqa infeksiyalari, gemorragik isitma, virusli gepatit A ning prodromal davri va qizamiq, mononukleoz kasalliklari bilan olib boriladi.
Bolalarda grippni davolash
Grippning bolalardagi yengil va oʻrta ogʻir shakldagi holati uy sharoitida davolanadi. Kichik yoshdagi bolalar va ogʻir darajadagi gripp davosi kasalxonada olib boriladi. Yuqori tana harorati vaqtida qatʼiy yotoq rejimi va koʻproq iliq suyuqlik ichish tavsiya etiladi.
Bolalarda grippning etiotrop davosi maksimal darajada erta muddatlarda boshlanishi kerak. Pediatriya sohasida quyidagi virusga qarshi vositalardan foydalaniladi:
Remantadin, umifenovir, seltamivir, alfa interferon, tilorone va boshqalar.
Grippning simptomatik davosida tana haroratini pasaytiruvchi va yalligʻlanishga qarshi preparatlar (parasetamol, ibuprofen), muolitiklar (ambroksol, bromgeksin, fenspirid), yoʻtalga qarshi vositalar, burun tomirlarini toraytiruvchi tomchi vositalaridan foydalaniladi.
Grippning kompleks davosida antigistamin preparatlari va vitamin komplekslari buyuriladi. Laringit va traxeit holatlarida ingalyatsiya usulidan foydalaniladi. Bakterial infeksiya qoʻshilganda antibiotiklar qoʻllaniladi.
Bolalar amaliyotida har qanday dori preparatini qoʻllash shifokor tavsiyasiga koʻra amalga oshirilishi shart! Oʻzboshimchalik bilan kimyoviy preparatni mutaxassis tavsiyasisiz qoʻllash, ogʻir holatlarga sabab boʻlishi mumkin.
Bolalarda gripp oqibati va profilaktikasi
Mavsumiy tipik gripp odatda sogʻayish bilan tugaydi. Bola hayotiga xavf ogʻir gipertoksik koʻrinishlarida va asoratlar bilan kechganda kuzatiladi.
Epidemiya holatlarida mavsumiy gripp oldini olish maqsadida bolalarni vaksinatsiya (emlash) oʻtkaziladi. Agar oilada gripp bilan kasallangan insonlar boʻlsa, bolalarga yuqmasligi uchun interferon bilan profilaktika olib boriladi. Bundan tashqari gripp epidemiyasi profilaktikasiga jamoaviy bolalar yigʻiladigan joylarni tozalash, kasallangan bolalarga taʼtillar eʼlon qilish kabi usullar kiradi.
Ikid.uz
Ma’lumotlarni rus tilida o‘qing👇
Грипп у детей – острая инфекция, вызываемая вирусами группы А, В, С, с поражением дыхательных путей и, конечно, высокой частотой вторичных бактериальных осложнений.
Грипп у детей сопровождается высокой температурой тела (39-40°С), общей слабостью и катаральными явлениями (покраснение зева, насморк, сухой кашель, увеличение миндалин).
Фото: www.rd.com
Диагноз гриппа устанавливают на основании клинико-эпидемиологического обследования, лабораторного выявления вируса (РИФ, ПЦР, ИФА, РСК, РТГА). Симптоматическое лечение гриппа у детей проводят жаропонижающими, десенсибилизирующими, отхаркивающими препаратами, для этиотропного лечения применяют противовирусные средства.
Грипп относится к группе острых респираторных вирусных инфекций (ОРВИ). Помимо обычного гриппа, в эту группу также входят парагрипп, аденовирусная инфекция, респираторно-сицициальная инфекция и риновирусная инфекция. Грипп носит сезонный характер в течение всего года, им инфицировано около 30% населения, половина из них дети. Дети в возрасте от 3 до 14 лет особенно подвержены риску.
Дети в 4-5 раз чаще заболевают гриппом, чем взрослые. В большинстве случаев грипп сопровождается осложнениями (присоединяется бронхит, пневмония, гайморит и др.), провоцирует хронические заболевания. Поэтому профилактика эпидемий гриппа является серьезной проблемой для педиатров.
Причины гриппа у детей
Грипп – это быстро распространяющаяся инфекция, которая легко передается от человека к человеку. Сезонные эпидемии гриппа вызываются 3 типами РНК-вирусов — А, В и С. Внешними антигенами вируса являются гемагглютинин (Н) и нейраминидаза (Н).
Вирус гриппа с наиболее вариабельной антигенной структурой представляет собой вирус типа А, который в основном вызывает эпидемические и пандемические ситуации. Его гемагглютинин делится на 15 подтипов (H1-H15), а ее нейраминидаза — на 10 подтипов (N1-N10). Обычно во время сезонных эпидемий циркулируют штаммы H1N1 и H3N2.
Штаммы вируса вызывают заболевания у людей, птиц и домашних животных.
Антигенная структура вируса группы В менее вариабельна, обычно этот вирус вызывает эпидемическую ситуацию в локальной или определенной местности. Только люди, особенно маленькие дети, инфицированы вирусом В.
Структура антигена вируса группы С стабильна. Вызывает заболевание у людей и свиней. Вызывает заболевание в спорадических случаях.
С учетом вышеизложенной информации большинство противогриппозных вакцин оказывают действие на антиген вируса группы А и В.
Среди детей вирус гриппа распространяется воздушно-капельным, контактным путем, при кашле и чихании. Кроме того, вирус гриппа может передаваться контактно-бытовым путем, через игрушки, при использовании средств личной гигиены.Большую роль в распространении вируса гриппа играют колебания погодных условий (температуры и влажности воздуха), снижение иммунной системы ребенка, гиповитаминоз, недостаточное количество солнечного света и места группового нахождения детей.
Вирус гриппа попадает в организм через нос или рот и оседает в цилиндрическом эпителии дыхательных путей. С помощью антигена гемагглютинина вирус прикрепляется к клеткам, с помощью антигена нейраминидазы разрушает клеточную мембрану и проникает внутрь клетки.
Попадая в клетку, вирус начинает синтезировать собственные белки и реплицировать множество РНК. Затем новые вирусы вырываются из клетки-хозяина и заражают другие здоровые клетки. В клинике этот процесс протекает в виде катарального воспаления. Из поврежденной клетки вирус попадает в кровь и распространяется по всему организму, что приводит к специфической гриппозной интоксикации.
Симптомы гриппа у детей
Латентный период вируса колеблется от нескольких часов до 2-4 дней. Начало гриппа у детей острое, обычно симптомы интоксикации преобладают над катаральными явлениями. Высокая температура может быть первым признаком гриппа у детей грудного возраста. У детей до 5 лет проявляются высокая температура (39-40°С), ринит и кашель, у детей старше 5 лет — высокая температура, обильное потоотделение, сухой кашель, покраснение зева и носа, боль. .
Общие признаки интоксикации включают потерю аппетита, слабость, адинамию, головную боль, миалгию и артралгию, рвоту.
В результате капилляротоксикоза повышается проницаемость стенки кровеносных сосудов и появляются симптомы геморрагического синдрома — носовые кровотечения. У детей вирус гриппа также может вызывать токсическое поражение ЦНС: энцефалопатию, нейротоксикоз, судороги, галлюцинации и др. Со стороны сердечно-сосудистой системы наблюдаются тахикардия, приглушенность тонов сердца. Со стороны мочевыделительной системы появляются такие симптомы, как микроальбуминурия, микрогематурия, снижение диуреза Обычно проходящий легкий и среднетяжелый грипп у детей проходит за 3-4 дня, но катаральные явления могут сохраняться до 1,5-2 недель. Симптомы астении (усталость, слабость, обильное потоотделение) могут сохраняться длительное время в период выздоровления. Гипертоксическая форма гриппа у детей часто заканчивается летальным исходом. Это обусловлено отеком легких, пневмонией, ДВС-синдромом, острой одышкой, сердечно-сосудистой и почечной недостаточностью.
Осложнения гриппа
Осложнения гриппа у детей бывают респираторными и нереспираторными.
Респираторные осложнения чаще возникают у детей до 5 лет и могут включать: вторичную бактериальную инфекцию, пневмонию, бронхиолит, средний отит, синусит.
Нереспираторные осложнения включают миокардит, миозит, энцефалит,Может быть синдром Рея и др.
К группе риска развития тяжелых осложнений относятся дети до 2 лет, дети с сопутствующими заболеваниями (бронхиальная астма, врожденные пороки сердца, иммунодефицит, сахарный диабет, заболевания почек).
Диагностика гриппа у детей
При постановке диагноза педиатр ориентируется на эпидемиологические данные и клиническую картину заболевания (температура тела, интоксикация, катаральные явления, физикальные изменения). При лабораторном обследовании используются специальные методы обнаружения вирусов (ПЦР и РИФ). В этом случае берется мазок со слизистой носоглотки для выявления вируса.
Для предупреждения осложнений также требуется узкий круг специалистов – детский отоларинголог, невропатолог, пульмонолог и нефролог. Безусловно, каждому пациенту проводят общий анализ мочи и крови, рентгенографию органов грудной клетки, бактериологическое исследование мокроты, посев крови в стерильных условиях.
Дифференциальный диагноз гриппа проводят с другими инфекциями ОРИ, геморрагической лихорадкой, продромальным периодом вирусного гепатита А и кори, мононуклеозными заболеваниями.
Лечение гриппа у детей
Легкие и среднетяжелые формы гриппа у детей лечат в домашних условиях. Маленькие дети и тяжелые формы гриппа лечатся в стационаре. При высокой температуре тела рекомендуется строгий постельный режим и питье большего количества теплых жидкостей.
Этиотропное лечение гриппа у детей следует начинать как можно раньше. В педиатрии применяют следующие противовирусные средства:
Римантадин, умифеновир, сельтамивир, альфа-интерферон, тилорон и др.
При симптоматическом лечении гриппа применяют противовоспалительные и противовоспалительные препараты (парацетамол, ибупрофен), муолитики (амброксол, бромгексин, фенспирид), противокашлевые средства, капли, сужающие носовые сосуды.
В комплексном лечении гриппа назначают антигистаминные препараты и витаминные комплексы. При ларингитах и трахеитах применяют ингаляционный метод. Антибиотики используются при наличии бактериальной инфекции.
Применение любого лекарственного средства в детской практике должно осуществляться по рекомендации врача! Самовольное использование химического препарата без рекомендации специалиста может привести к серьезным заболеваниям.
Последствия и профилактика гриппа у детей
Сезонный грипп обычно заканчивается выздоровлением. Опасность для жизни ребенка наблюдается при тяжелых гипертоксических проявлениях и осложнениях.
В случае эпидемий детей вакцинируют для профилактики сезонного гриппа. При наличии в семье больных гриппом проводится профилактика интерфероном, чтобы не заразились дети. Кроме того, для предотвращения эпидемий гриппа проводится уборка мест коллективного скопления детей,такие методы, как объявление отпусков больным детям.
Ikid.uz
[/spoiler]