Dehqon va ilon — Krilov masali

Dehqonning oldiga keldi-da Ilon,
Der: «Inoq yashaylik edi, qo‘shnijon!
Bundan buyon mendan ch o‘chimagin sen,
Qaragin, butunlay boshqachaman men:
Bahor terimni ham o‘zgartdim hatto».
Ilonning so‘ziga ishonmay Dehqon
Qo’liga boltani oldi-da shu on
Dediki: «O‘zgargan bo‘lsa-da tering,
Baribir eskicha — yovuzdir diling» —
Va Ilon boshini yanchdi u shartta.
Mabodo ishonchni yo‘qotsang agar,
Ming niqob zgartir, bari bir bekor.
Aldashning foydasi bo‘lmas mutlaqo,
Xuddi Ilon kabi olasan jazo.

Krilov I.A

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: