📌 20-iyundan akademik litseylarga ham qabul boshlandi.
▶️ Bugun, 20-iyundan e’tiboran 2022/2023 o‘quv yili uchun akademik litseylarga umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni litsey.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish jarayonlari boshlandi.
Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tizimga shaxsiy ma’lumotlarni kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:
➖joriy yilda 9-sinfni bitirganlik to‘g‘risidagi shahodatnoma;
➖3,5×4,5 sm o‘lchamdagi 1 ta rangli fotosurat;
➖o‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi, tanlovlar, musobaqa g‘olibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, sertifikat, guvohnoma, shuningdek, chet tili va umumta’lim fanlarni bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud bo‘lsa).
☝️Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda:
➡️ o‘zlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yo‘nalishini tanlashi (bunda ta’lim tili bir xil bo‘lishi kerak);
➡️ va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini ham belgilaydi.
✔️ Shuningdek, abituriyent o‘zi tanlagan hududda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazi yoki Toshkent shahrida) tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.
➡️ Ma’lumot uchun, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litsey uchun hujjatlar litsey.dtm.uz sayti orqali qabul qilinadi.