Oq, oydin kechalar (ibratli hikoya)

Oq, oydin kechalar (ibratli hikoya)
Til haqida yangi she'rlar, eng chiroyli she’rlar to'plami

aBolaligimni eslasam, iliq yoz kechalari koʻz oldimga keladi. Hovlimizda bir tup bodom boʻlardi. Erta bahorda qiygʻos gullardi-yu, hech meva tugmasdi. Onam: “Bodom yolgʻiz boʻlgani uchun meva qilmaydi”, deb tushuntirardi. Shu bodom tagida supa bor edi. Kun botishi bilan onam hovliga koʻloblatib suv separ, kunboʻyi oftobda qizigan yer hidi supa oldidagi rayhonlar isiga qoʻshilib ajib bir tarovat taratar, atrof jimjit boʻlib qolar edi.

Keyin yirik-yirik yulduzlar bilan toʻlgan osmonga tillaqoshdek ingichka oy suzib chiqardi. Oyim oyga tikilib turib ohista pichirlar edi:

Oymomaxon xulla,

Qanotlari tilla.

Subhonallo sizga,

Umr bersin bizga…

Shunday deb boshimni silardi. Oymoma esa bu sehrli qoʻshiqni yana bir eshitgisi kelgandek, muallaq toʻxtab qolar, yulduzlar oʻychan koʻzlarini tikib muloyim boqib turishar, onam ertak aytar edi.

Toshlar orasiga kirib gʻoyib boʻlgan baxtsiz qizcha yigʻlab-yigʻlab qoʻshiq aytardi:

Ochil-ochil, oq toshlar-a,

Men onamni koʻrayin-a,

Diydoriga toʻyayin-a.

– Men osmondan yulduzimni tanladim. Qarang, oyi, Yetti ogʻayni orasidagi eng yorugʻ yulduz – meniki…

– Mayli, oʻgʻlim. Oʻsha yulduz seniki. Anovi toʻrtinchisi – meniki.

– Nega, oyi, toʻrtinchisi eng kichkina yulduz-ku!

– Shuning uchun ham meniki… Toʻrtinchi yulduz – yetimcha yulduz. Koʻrdingmi, yaxshi oʻsmay qolgan. Yetimlarga rahm qilish kerak.

Yulduzlar sirli koʻz qisishar, tillaqoshdek ingichka oy sirli moʻralar, shabada sirli shivirlar, sadarayhon bilan tuproq sirli hid taratar, osmon ham, yer ham sirlarga toʻla edi.

Goho-goho osmonda birdan yulduz uchib qolardi. Hozirgina yonib turgan yulduz toʻsatdan lop etardi-yu, ingichka, nurli iz qoldirib gʻoyib boʻlardi. Onam choʻchib tushardi:

– Esiz… Bir bechoraning joni uzildi-ya…

Yuragim shuv etib, onamning pinjiga kirardim. Ishqilib, boshqa yulduz uchmasin!

…Bolaligimni eslasam, iliq yoz kechalari koʻz oldimga keladi. Bilmadim, ehtimol oʻsha oq, oydin kechalarda onam ilk bor qoʻlimga qalam tutqazgan-dir.

Yulduz toʻla osmonga tikilaman. Ehtimol, osmondagi eng yorqin yulduzlar onalarning jonidir. Ehtimol, onalarning soʻngan yulduzlari birlashib quyoshga aylangandir. Oftobni ona deyishlari, ehtimol, shundandir.

Oʻtkir HOSHIMOV

“Dunyoning ishlari”dan


aКогда я вспоминаю свое детство, мне вспоминаются теплые летние ночи. У нас во дворе росла куча миндаля. Ранней весной васильки цвели, но плодов не было. Мама объяснила: «Миндаль не плодоносит, потому что он один». Под этим миндальным деревом была платформа. Как только солнце садилось, мама окропляла двор водой, и запах земли, весь день нагретой на солнце, смешиваясь с базиликом перед крыльцом, придавал странную свежесть, и окрестности притихали. .

Затем тонкая луна поднялась на небо, полное больших звезд. Мама смотрела на луну и тихо шептала:

Оймомахан хулла,

Крылья золотые.

Благословений вам,

Подари нам жизнь…

Вот так он погладил меня по голове. И Аймома, словно желая снова услышать эту волшебную песню, останавливалась, звезды задумчиво смотрели, а мама рассказывала сказку.

Несчастная девушка, скрывшаяся среди камней, плакала и пела:

Открой-открой, белые камни-а,

я увижу свою мать

Удовлетворите себя.

— Я выбрал свою звезду с неба. Смотри, луна, самая яркая звезда среди Семи Братьев моя…

— Хорошо, сынок. Эта звезда твоя. Четвертый мой.

— Почему, луна, четвертая самая маленькая звезда!

— Поэтому моя… Четвертая звезда — звезда-сирота. Видите ли, он плохо рос. Сирот надо жалеть.

Звезды таинственно мерцали, луна, тонкая, как золотой глаз, делала таинственные трещины, ветерок таинственно шептал, земля источала таинственный запах, и небо, и земля были полны тайн.

Время от времени в небе внезапно пролетала звезда. Только что горящая звезда внезапно исчезала, оставляя за собой тонкий светящийся след. Мама вздрогнула:

— Знаешь… Жизнь бедняка была потеряна…

Мое сердце колотилось, и я вошел в спальню моей матери. Не дай еще одной звезде улететь!

…Когда я вспоминаю свое детство, на ум приходят теплые летние ночи. Не знаю, может быть, в те белые лунные ночи мама впервые дала мне в руку карандаш.

Я смотрю на звездное небо. Пожалуй, самые яркие звезды на небе — это души матерей. Возможно, угасающие звезды матерей слились, чтобы стать солнцем. Может быть, поэтому они называют солнце матерью.

Откир ХОШИМОВ

Из «Произведения мира».

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz