Boyning o‘g‘li — O‘zbek xalq ertagi

Til haqida yangi she'rlar, eng chiroyli she’rlar to'plami

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda bir boy o‘tgan ekan. U boyning kayf-safoga berilgan, erka bir o‘g‘li bor ekan. Otasi qarib, o‘ladigan vaqtida o‘g‘lini yoniga chaqiribdi-da:
— Yolg‘iz bola — «yalmog‘iz bola» degan ekanlar. Sen hyech o‘nglanmading. Tirikligimda seni ko‘p ardoqladim, lekin o‘zimga ham, senga ham ziyon qilgan ekanman. Endi bo‘lgan ish bo‘ldi, o‘lar oldida senga aytadigan so‘zim shu, qachon vaqting yetib, o‘lar bo‘lsang, mana shunga osilib o‘lasan, — debdi-da, uyning yuqori burchagidagi rapchani ko‘rsatibdi. Yigit bunga hyech parvo qilmay, kayf-safoda yuraveribdi.
Kunlardan bir kuni otasining qazosi yetib, o‘libdi. Haligi yigit otasi o‘lgandan keyin ham aqli hushini yig‘ib olmay, besh-oltita o‘rtoqlari bilan har kuni ziyofat, soz-suhbat qurar ekan. U ziyofatda o‘tirib, nima noma’qulchiliklar qilsa ham, o‘rtoqlari indashmas ekan, qanday bema’ni gaplar aytsa, uni qo‘llab-quvvatlashar ekan.
Bir kuni ziyofatda o‘tirib:
— Men kechasi yotganimda osmonga qarasam, osmonning tepasidan ikkita it pastga qarab hurib turgan ekan, — debdi u jo‘ralariga. O‘rtoqlari ham:
— Ha, shunday, osmonda it hurib turganini biz ham ko‘rdik, — deyishibdi.
Shunday qilib, yigitning og‘aynilari uning bor-yo‘g‘ini yeb yuraveribdilar. Boshqa bir kuni boy yigit yana:
— Bugun kechasi otamning xazinasiga kirib qarasam, sichqonlar cho‘yan sandiqlarni kemirib, oltinlarni yeb yotishgan ekan, shunda qo‘limga qilich olib, hamma sichqonlarning boshini kesdim, lekin sichqonlarning podshosi qochib qutuldi, ana, ana qaranglar, yana qaytib kelibdi, — deb shipni ko‘rsatibdi. Og‘aynilari ham shipga qarab:
— Ha, ko‘rib turibmiz, uni ham tutib o‘ldirish kerak, — deyishibdi.
Kunlar, oylar o‘tib, bu yigitning otasidan qolgan mol-dunyo sovurilib bitibdi. Og‘aynilari ham yigitdan yuz o‘girib, uni ko‘rganda qochadigan bo‘lib qolishibdi.
Borib-borib yigitning hyech narsasi qolmabdi. Yigitning boshiga og‘ir kunlar tushibdi. Odamlarning xizmatini qilibdi, tilanchilik ham qilishga majbur bo‘libdi. Bir kuni uyidagi qaqir-ququrlarini sotib, puliga bitta molning kallasini olibdi-da, og‘ayni-jo‘ralarini mehmonga chaqiribdi. Bir o‘rtog‘ining uyiga kirib ketayotib, kallani eshik oldida qoldiribdi. O‘rtog‘ini mehmonga aytib chiqib, qarasa, kallani ko‘chadagi itlar tortqilab yurgan emish. Yigit ovqat qilmay o‘tiraveribdi.
Kechqurun o‘rtoqlari kelib qarashsa, hyech narsadan darak yo‘q. Jo‘ralari:
Ha, sho‘r peshona, ziyofating qani? — deb so‘rabdilar. Shunda yigit:
— Men Avazmat shovzinning uyiga kirganimda, kallani eshikka qo‘yib kirgan edim, chiqib qarasam, itlar tortqilab ketibdi, — deb javob beribdi. Keyin jo‘ralari yigitni tutib olib uribdilar. «Kallani ham it yeydimi?» — deb uni toza xo‘rlashibdi. Shunda yigit:
— Osmonda it hurishiga ishondinglar, cho‘yanni, oltinni sichqon yeyishiga ishondinglar, endi «kallani it yedi» desam nega ishonmaysizlar? — debdi. Jo‘ralari yigitning gapiga quloq solmay, uni urib sulaytirib ketibdilar.
Yigit alamiga chiday olmay: «Bunday qilib yurganimdan ko‘ra o‘lganim yaxshiroq», — debdi-da, otasi yasab bergan rapchaga o‘zini osibdi, shunda u o‘pirilib ketibdi, yigit yerga yumalabdi. Ustidan oltin-kumush sochilib ketibdi. Kallasini ishlatib qarasa, otasi bu rapchaning ichiga oltin-kumush to‘ldirib qo‘ygan ekan. Shundan keyin uning turmushi yaxshilanib ketibdi. Jo‘ralari yana shiraga qo‘ngan pashshaday to‘planib kelaverishibdi. Yigit ularning barini haydab solibdi. Keyin hunar o‘rganibdi, bola-chaqa qilib, murod-maqsadiga yetibdi. Shuning uchun ham donolar:
Qo‘lda moling borida, begonalardin yor ko‘p,
Davlating ketsa agar dildor yo‘q, ozor ko‘p, — deyishgan ekan.


Давным-давно, в давние времена ушел из жизни богатый человек. Он богатый человек, который любит удовольствия и имеет сына. Когда отец его состарился и умер, он подозвал к себе сына и сказал:
— Говорят, что одинокий ребенок — это «одинокий ребенок». Ты так и не выздоровел. Когда я был жив, я много чтил тебя, но я причинил вред и себе, и тебе. Что случилось теперь, то сделано, вот что я скажу тебе при мертвых, когда твое время истечет и ты умрешь, ты повесишься здесь, — сказал он, указывая на виселицу в верхнем углу дом. . Молодой человек не заботился об этом и развлекался.
Однажды умер его отец. В молодости, даже после смерти отца, он не мог прийти в себя и каждый день устраивал вечеринки и беседы с пятью или шестью друзьями. Он сидел на вечеринке и что бы он ни делал, его друзья молчали и поддерживали его, какую бы ерунду он ни говорил.
Однажды, сидя на вечеринке:
«Когда я лег ночью, когда я посмотрел на небо, я увидел двух собак, лающих с высоты неба», — сказал он своим друзьям. Его товарищи также:
«Да, верно, мы тоже видели собаку, которая лаяла в небе», — сказали они.
Таким образом, братья молодого человека ели все, что у него было. На другой день богач снова сказал:
«Сегодня ночью, когда я вошел в сокровищницу моего отца, мыши грызли железные сундуки и ели золото, поэтому я взял меч и отсек головы всем мышам, но король мышей убежал, смотрите, он вернулся, — прошептал он. Его братья тоже посмотрели в потолок:
«Да, мы видим, его надо поймать и убить», — говорили они.
Спустя дни и месяцы богатство, оставленное отцом этого молодого человека, было потрачено впустую. Его братья тоже отвернулись от юноши и убежали, увидев его.
Вскоре у молодого человека ничего не осталось. Тяжелые времена выпали на долю молодого человека. Он служил людям и должен был просить милостыню. Однажды он продал свое имущество в своем доме, взял с деньгами голову быка и пригласил своих братьев в гости. Войдя в дом друга, он оставил голову перед дверью. Когда он упомянул своего друга в гостях, то увидел, что его голову тянут на улице собаки. Молодой человек сидит без еды.
Вечером, когда его друзья приходят посмотреть, ничего не видно. Компаньоны:
Да, соленый лоб, где твоя вечеринка? они спросили. Потом парень:
«Когда я вошел в дом Авазмата Шовзина, я просунул голову в дверь, а когда выглянул, меня тащили собаки», — ответил он. Тогда его товарищи поймали молодого человека и избили его. «Собака тоже ест голову?» — сказал он, унижая его. Потом парень:
— Вы верили, что собаки лают в небе, вы верили, что мыши едят железо и золото, почему же вы не верите мне, когда я говорю: «собака съела мою голову»? он сказал. Товарищи не послушались слов молодого человека и избили его.
Не выдержав боли юноши:«Лучше я умру, чем сделаю это», — сказал он и повесился на петле, которую сделал его отец, и она сорвалась, и молодой человек упал на землю. Золото и серебро разбросаны по нему. Он использовал свою голову, чтобы увидеть, что его отец наполнил этот мешок золотом и серебром. После этого его жизнь наладилась. Они снова собираются, как муха на соке. Парень прогнал их всех. Потом он выучился ремеслу, родил детей и достиг своей цели. Вот почему мудрый:
Когда у тебя есть добро в руках, много незнакомцев,
Если ваша страна уйдет, если у вас нет фаллоимитатора, это будет большой проблемой, говорили они.

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: