Burgutlar — O‘zbek xalq ertagi

Til haqida yangi she'rlar, eng chiroyli she’rlar to'plami

Bir tog‘ etagidagi g‘orda bir shahzoda, bir ayiq, bir tulki va bir burgut yashar ekanlar. Burgut butun dunyodagi burgutlarning podshohi ekan. Ayiq ham butun dunyodagi ayiqlarning podshohi ekan.

Tulki ham dunyodagi barcha tulkilarning podshohi ekan. Kunlardan bir kuni tulki va burgut bir shaharga kelibdilar. U shahar podshohining bir go‘zal qizi bor ekan. Tulki aylanib yurib, shu qizni ko‘rib qolibdi va g‘orga kelib shahzodaga qizni juda yaxshilab ta’riflab beribdi. Shahzoda shohning qiziga g‘oyibona oshiq bo‘libdi. Qizning vasliga yetolmay, ko‘p vaqt xafa bo‘lib yuribdi. Shu vaqtda burgut, ayiq va tulkilar undan nima uchun xafa ekanligini so‘rabdilar. Shahzoda: «Menga o‘sha shohning qizini olib bersalaringiz shunda mening vaqtim chog‘ bo‘ladi», debdi. Burgut o‘rnidan turib: «E shahzodam, aslo tashvish qilmang, bu ishni tulki bilan ikkimiz bajaramiz», debdi.

Shahzoda juda xursand bo‘libdi. Tulki va burgut shaharga kelibdilar. Tulki shohning saroyiga kirib, qizning oldida dumini qilpillatib yuribdi. Burgut esa, qizning ravog‘i ustida poylab turibdi. Shohning qizi tulkini ko‘rib quvlabdi, tulki sekin-sekin qizni aldab ko‘chaga olib chiqibdi. Shunda burgut osmondan kelib qizni ko‘tarib uchibdi va shahzodaning oldiga olib kelibdi. Tulki ham sekin kirib kelibdi. Oxiri qizni yigitga nikoh qilibdilar. Shahzoda va qiz baxtli hayot kechira boshlabdilar. Ular har kuni qizni g‘orga qo‘yib, ayiqni unga poyloqchi qilib, o‘zlari o‘rmonga ov qilgani ketishar ekan. Oradan oz vaqt o‘tgach, qizning otasi shaharga jar chaqirtiribdi.

Biroq, u qizidan darak topa olmabdi. Shunda bir jodugar kampir shohning oldiga kelib: «Shohim, qizingizni men topib beraman, sevinchisiga nima berasiz?» debdi. Shoh: «Nima maqsading bo‘lsa, shunga yetkazaman», debdi. Kampir shohdan bir uchar ot olib, yo‘lga ravona bo‘libdi. Kampir borib-borib, haligi qiz turadigan g‘orning ro‘parasidagi o‘rmonga yetibdi. Jodugar otini o‘rmonga yashirib, o‘zi bir musofir odam bo‘lib, qizning oldiga kelibdi. Shu vaqtda shahzoda, burgut va tulkilar kelib qolibdilar. Kampir ularga hiyla qilib: «Men musofirman, pulim, molim yo‘q, meni sizlar shu yerda olib qolinglar, men sizlarning ovqatlaringizni pishirib berib yuray», deb yig‘labdi.

Shahzodaning kampirga rahmi kelib, g‘orga olib kirib ketibdi. G‘orda har kuni kampir bilan qiz qolib, ular esa ovga boribdilar. Kunlardan bir kuni kampir, qizni o‘rmonga tomosha qilish uchun olib chiqibdi. Sungra jodugar qizga uchar otni ko‘rsatib: «Qani, shu otga bir minib ko‘raylik-chi», deb qizni mindiribdi va o‘zi ham minib, qizni otasi — shoh oldiga olib kelibdi. Qiz shahzodadan ayrilganiga juda xafa bo‘lib yuribdi. Kechqurun shahzoda, ayiq, tulki va burgutlar ovdan qaytishib qarasalarki, qiz va kampir yo‘q. Shahzoda yana xafa bo‘lib tursa burgut va tulkilar avvalgidek qilib, yana qizni olib kelibdilar. Bular yana farovon turmush kschira boshlabdilar.

Shoh ko‘rsaki, qizi yana yo‘q. U darhol butun askarlarini to‘plabdi. Jodugar kampir yo‘l ko‘rsatibdi, so‘ngra shoh barcha askarlari bilan g‘or oldiga kelibdi va: «Hoy, shahzoda! Nima uchun sen mening qizimni olib qochding, kel, urush qilamiz, qani, askarlaringni chaqir!» deb dahshat solibdi. Shahzoda boshini quyi solib turarkan, ayiq bir uvillabdi, butun dunyodagi ayiqlar to‘planishib, bir tomonga saf tortib turibdilar.

Tulki ham bir uvillagan ekan, hamma tulkilar kelib bir tomonda turibdilar. Burgut esa, bir qichqirgan ekan, butun dunyodagi burgutlar tog‘lardan toshlarni ko‘tarib kelib tepada turibdilar. Shu vaqt shoh vaziriga ayiq va tulkilarni ko‘rsatib: «Askari oz ekan urushni boshlaymiz», debdi. Vazir dono ekan, yuqoriga qarab, burgutlarni ko‘rib, yuragi yorilguday bo‘libdi. Vazir shohga qarab:— Shohim, tepangizga qarang! Uni ko‘ryapsizmi? Urush qilmaymiz, shahzoda bilan yarash qilamiz, — debdi. Shoh bu holni ko‘rib, darrov shahzoda bilan yarashibdi va u shahzodani o‘z yurtiga kuyov qilib olib ketibdi. So‘ngra hammalari murod maqsadlariga yetibdilar.


В пещере у подножия горы жили принц, медведь, лиса и орел. Орел — король орлов в мире. Медведь — король медведей во всем мире.

Лиса — король всех лис в мире. Однажды в город пришли лиса и орел. У короля этого города есть прекрасная дочь. Ходила лиса и увидела эту девушку, подошла к пещере и очень хорошо описала девушку принцу. Принц заочно влюбился в дочь короля. Он давно расстроен, не имея возможности дозвониться до девушки. В это время орел, медведь и лиса спросили его, почему он грустит. Принц сказал: «Если ты приведешь мне дочь того царя, то мое время закончится». Орел встал и сказал: «Мой принц, не волнуйся, мы с лисой сделаем эту работу».

Принц был очень счастлив. Лиса и орел пришли в город. Лиса вошла в царский дворец и завиляла хвостом перед девушкой. И орел притаился на лбу девушки. Королевская дочь увидела лису и погналась за ней, а лиса медленно вывела девушку на улицу. Тогда с неба слетел орел, подобрал девушку, прилетел и принес ее царевичу. Лиса тоже медленно входила. В итоге девушку выдали замуж за мальчика. Принц и девушка зажили счастливой жизнью. Каждый день девочку сажали в пещеру, пускали за ней медведя и ходили в лес на охоту. Через некоторое время в город позвонил отец девушки.

Однако он не смог найти след дочери. Тогда к королю пришла старая ведьма и сказала: «Царь, я найду твою дочь, что ты ей дашь?» сказал. Царь сказал: «Что бы вы ни захотели, я сделаю это». Старуха взяла у короля летучую лошадь и плавно поехала. Старуха ходила взад и вперед, пока не достигла леса напротив пещеры, где все еще стояла девушка. Ведьма спрятала свою лошадь в лесу и пришла к девушке как чужая. В это время пришли принц, орел и лисы. Старуха их обманула и закричала: «Я иностранка, у меня нет денег, у меня нет имущества, вы меня сюда ведите, я вам приготовлю и подам».

Князь сжалился над старухой и отвел ее в пещеру. Каждый день старуха и девушка оставались в пещере и ходили на охоту. Однажды старуха повела девушку в лес повидать ее. Ведьма Сунгра показала девушке летающую лошадь и сказала: «Давай попробуем прокатиться на этой лошади.» Он оседлал девушку и привел девушку к ее отцу, королю. Девушка очень грустит из-за потери принца. Вечером, когда принц, медведь, лиса и орлы вернулись с охоты, они увидели, что девушки и старухи нет. Когда принц снова расстроился, орлы и лисы сделали то же, что и прежде, и снова привели девушку. Они снова начали счастливый брак.

Царь увидел, что его дочь ушла. Он немедленно собрал всех своих солдат. Старая ведьма дорогу указала,тогда царь пришел к пещере со всеми своими воинами и сказал: «Эй, князь! Зачем ты взял мою дочь и убежал?.. Ну, пошли воевать, зовите своих солдат! он был в ужасе. Пока принц держал голову опущенной, медведь завыл, и медведи всего мира собрались и выстроились в одном направлении.

Как завыла и лиса, подошли все лисы и встали с одной стороны. Когда орел закричал, орлы со всего мира стоят на вершине, таща камни с гор. В это время царь показал медведей и лисиц своему визирю и сказал: «Мы начнем войну, потому что воинов мало». Министр, будучи мудрым, посмотрел вверх и увидел орлов, и его сердце чуть не разорвалось. Министр посмотрел на короля и сказал: — Мой король, посмотри на свою голову! Вы видите его? «Мы не будем воевать, мы помиримся с князем», — сказал он. Увидев это, царь немедленно примирился с князем и взял князя в свою страну как своего зятя. Затем все они шли к желаемым целям.

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: