Oilada farzand dunyoga kelgach hayot oʻzgacha koʻrina boshlaydi – barcha oila aʼzolari xursand boʻladilar. Ammo bu koʻpgina oilalarda ayol va erkaklarda jinsiy aloqa bilan bogʻliq boʻlgan muammolar kelib chiqadi. Tugʻruqdan soʻng qancha muddat oʻtgach jinsiy aloqaga kirishish mumkin? Bu haqida quyida batafsil maʼlumot beramiz.
Tugʻruqdan keyin qachon jinsiy aloqa qilish mumkin?
Ilk marotaba farzand dunyoga keltiradigan yosh onalar bilishlari zarur boʻlgan jarayon – bu tugʻruqdan keyingi jinsiy aloqaga kirishish biroz kechikishi mumkin. Chunki faqatgina 10% ayollar tugʻruq vaqtida jinsiy aʼzolar yoʻllarida jarohatlarsiz tugʻruqni boshlaridan oʻtkazadilar. Shu sababli “qachon mumkin?” kabi savollarga shifokorlar koʻpincha “4-6 haftadan soʻng” deya javob beradilar. Bu muddat ichida bachadon boʻyni yopiladi, qon kelishi toʻxtaydi, shilliq qavatlar tiklanadi.
Buyuk Britaniyalik olimlar izlanishlariga koʻra tugʻruqdan soʻng har toʻrt oilaning birida jinsiy aloqa bilan bogʻliq muammolar qayd etilgan. Ayniqsa, birinchi marotaba farzand dunyoga keltirayotgan yosh oilalarda bu koʻrsatkich yuqori. Ular tugʻruqdan avvalgi vaqtda koʻproq jinsiy aloqa kirishgan boʻlsalar, farzand dunyoga kelgach intim hayot biroz susayadi. Bundan tashqari koʻpchilik erkaklarda ayollarini jinsiy aloqaga kirishlarini soʻrashlari qiyin kechgan.
38% ayollarda anonim soʻrov oʻtkazilganda jinsiy aloqa vaqtida ogʻriq hissini sezishlari, ularning koʻpchiligi tugʻruqdan keyingi jinsiy aloqa avvalgi kabi boʻlmasligini taʼkidlaganlar. Ayollar buning sababini charchash, doimo bolakay bilan mashgʻul boʻlish bilan bogʻlaydilar.
Mutaxassislar tavsiyasiga koʻra oilada erkak va ayol bu mavzu haqida kelishib olishlari va jinsiy hayotni qayta tiklashda baravar harakat qilishlari zarur.
Jinsiy aloqa xohishining kamayishining sabablari
Seksopatologlarning taʼkidlashicha, jinsiy aloqaga boʻlgan xohish barcha insonlarda turlicha. Bir necha kun jinsiy aloqaga kirishmaslik koʻpgina insonlar uchun normal hisoblanadi. Hafta davomida jinsiy aloqaga kirishmagan koʻpgina insonlarda oʻzgarishlar kelib chiqadi, agar bu holat oylar davom etsa ularning kayfiyati va ruhiyatida oʻzgarish kuzatiladi.
Ammo, ayrim insonlar intim hayot bilan umuman qiziqmaydilar. Bunday insonlar aseksual deb yuritiladi. Albatta, bu tashxis inson sogʻligʻiga bogʻliq, masalan tugʻruqdan keyingi charchash, ayoldagi stress, erkakdagi ayrim muammolar sababli jinsiy aloqa xohishi biroz pasayishi insonning aseksual ekanligini bildirmaydi. Aseksuallarda jinsiy aloqaga kirishish istagi butkul yoʻqoladi – ularda gormonal fon shunday holatga kelib qoladi. Ammo, ular sevishlari, turmush qurishlari hattoki farzandli boʻlishlari ham mumkin.
Tugʻruqqacha boʻlgan hayotda har ikkala juft aʼzolarida jinsiy faollik boʻlsa, ammo tugʻruqdan soʻng bu holatning susayishi kuzatilayotgan boʻlsa, xavotirga oʻrin yoʻq, bu holat oʻtib ketadi, shunchaki organizmda katta stress va vitaminlar yetishmovchiligi kuzatilayotgan boʻlishi mumkin (B12, D vitamini, magniy va mis).
Tibbiy koʻrsatkichlar
Jinsiy aloqa istagi bir necha omillarga bogʻliq:
- Gormonal fon (homiladorlik gormonlari, sut ajralib chiqishiga javob beruvchi bu gormonlar tugʻruqdan soʻng kamida 1,5 oy oʻtgach normal holatga keladi);
- Organizmning umumiy ahvoli (tugʻruq jarayoni – bu juda ogʻir kechuvchi, organizmga boʻlgan zoʻriqishdir);
- Charchash hissi va stress (yangi tugʻilgan bolakay parvarishi, uning doimo yonida boʻlish ona uchun ancha qiyinchiliklar tugʻdiradi, ayniqsa ularning organizmi tugʻruqdan soʻng ancha zaiflashib qolgan boʻladi).
Nima uchun tugʻruqdan soʻng jinsiy aloqadan lazzatlanish hissi kamayadi?
Tugʻruqdan soʻng jinsiy hayot susayishining bir necha sabablari bor:
Charchash va stress. Koʻpchilik insonlar ish tartibi kun soatlari koʻproq, tungi uyqu vaqti esa kamroq. Ishdan uyga qaytgach faqatgina tushlik qilishga va uxlash uchungina kuch va vaqt qoladi. Ayollarda esa energiyaning koʻp qismi bolakay parvarishi uchun sarflanadi, tunga borib ular oʻzlarini juda charchagan holda his etadilar. Ular dam olishni faqatgina uyqu bilan oʻtkazadilar.
Bolakay. Oilada farzand dunyoga kelishi bilan “yangi boshliq” hukmronligi boshlanadi. Albatta, har qanday oilada farzand sogʻligʻi uning kayfiyati birinchi oʻrinda turadi. Onalar ham oʻz juftlaridan koʻra bolakay bilan koʻproq vaqt birga boʻladilar.
Tashqi koʻrinishdagi “muammolar”. Tugʻruqdan soʻng ayol tashqi koʻrinishida sezilarli oʻzgarishlar kuzatiladi (toʻliq tiklanish uchun kamida 4-6 hafta sarflanadi). Shu sababli ayollar oʻzlarini juftlari oldida biroz uyalganday his etadilar. Bunday holatda erkaklardan talab qilinadigan narsa ayolga boʻlgan xushmuomalalik va xushomatdir.
Tugʻruqadan keyin jinsiy aloqaning oʻziga xosliklari
Uyquga toʻymaslik, doimiy charchash hissi, kayfiyatning oʻzgaruvchanligi va boshqalar oilada intim hayot sifatiga taʼsir etadi. Bundan tashqari ayolda kuzatiladigan ayrim fiziologik holatlar ham jinsiy aloqa sifatini pasaytiradi:
Tugʻruqdan keyin qin oʻlchami va shilliq qavatining quruqlashuvi jinsiy aloqa vaqtida qiyinchilik tugʻdiradi. Gormonal oʻzgarishlar natijasida ayol organizmida, yaʼni qin shilliq qavati quruqligi kelib chiqadi. Odatdagidek yumshoq va nozik boʻlgan qin endi biroz diskomfort tugʻdiradi.
Ayol kishi ham jinsiy aloqa vaqtida ogʻriq hissini sezadi. Shu sababli koʻpincha ayollar jinsiy aloqaga kirishishdan bosh tortadilar. Ammo, bu notoʻgʻri! Endi oilada farzand dunyoga keldi, barcha mamnun, shu qatorda sizning juftingiz ham har tomonlama xursand boʻlishi lozim.
Xoʻsh nima qilish kerak? Turli xil lubrikantlardan foydalanish jinsiy aloqani yengillashtiradi.
Tugʻruqdan soʻng qindagi boʻladigan oʻzgarishlar, yaʼni uning kengayisi koʻpgina ayollarda jinsiy aloqa bilan bogʻliq muammolar kelib chiqishi sababchisi hisoblanadi. 6 hafta ichida ham qinning holati tiklanmasa, bu albatta ayollarning beparvoligidan dalolatdir.
Qin va oraliq sohasini tugʻruqdan soʻng tiklash uchun Kegel mashqlarini bajarishning oʻzi kifoya. Bir kunda kamida 30 tadan 3 marotaba bajarish tavsiya etiladi. Kegel mashqining bir necha koʻrinishda bajarish mumkin. Ularning barchasida intim sohasidagi mushaklar harakatlantiriladi. Bu esa jinsiy aʼzolar oʻz formasini tiklab olishi uchun juda foydali hisoblanadi.
Oʻqing: Kegel mashqlari qanday bajariladi?
Tugʻruqdan soʻng jinsiy hayotni qanday tiklash mumkin?
Bolakay dunyoga kelgach hayotda “romantika”ga boʻlgan eʼtibor kamayadi. Bunga kuch ham vaqt ham yetmaydi. Ammo, bu juda muhim, gullar, sovgʻalar, xushomat qilish va erkalashlar oilada erkak va ayol kishi uchun juda zarur.
Erkak va ayol bir birini hurmat qilishi, muammolarni birgalikda hal etishi, bolakay parvarishida har ikkalasi ham oʻz xissalarini qoʻshmogʻi lozim. Faqatgina jinsiy aloqa haqida emas, balki sevgi, mehr kabi tuygʻular haqida ham oʻylash kerak. 5-10 yildan beri birga yashab kelayotgan juftlar esa bir birlariga ochiq oydin boʻlishlari, tashqi koʻrinish, kamchiliklar haqida gapirmasliklari zarur. Intim aloqalarni kuchaytiruvchi modda – afrodiziaklar mavjud, bu modda apelsin, muskatli yongʻoq, limon va pistada koʻp boʻladi, ulardan foydalanish ham mumkin.
Statistika
Tugʻruqdan oldin:
- 60-70 % juftlar haftada 3-4 marotaba jinsiy aloqa bilan shugʻullanishgan;
- 10-15 % 4 martadan koʻp;
- 15-20 % 1-2 marotaba.
3 yil birgalikda yashagandan soʻng:
- 70 % juft haftada 1-2 marotaba jinsiy aloqaga kirishgan;
- 30 % 2-3 dan ortiq.
Farzand dunyoga kelganidan soʻng:
- 60 % juft haftasiga 1 marotaba jinsiy aloqaga kirishgan;
- 20 % 1-2 marotaba;
- 20 % yosh oilalar bir oyda 1-2 marotaba jinsiy aloqaga kirishgan.
Tugʻruqdan keyin kontrasepsiya
Shifokorlar tugʻruqdan soʻng kontrasepsiya haqida unutmaslikni tavsiya etadilar. Tugʻruqdan soʻng ayol organizmi toʻliq tiklanib olgunga qadar qayta homilador boʻlmaslik, turli xil asoratlar shakllanmasligini taʼminlaydi.
Oʻqing: Kontrasepsiya nima? Uning qanday turlari va usullari mavjud?
Ikid.uz
Когда в семье рождается ребенок, жизнь начинает выглядеть по-другому – все члены семьи счастливы. Но во многих таких семьях и женщины, и мужчины имеют проблемы, связанные с сексом. Через какое время после родов можно заниматься сексом? Подробную информацию об этом мы предоставим ниже.
Когда можно заниматься сексом после родов?
Первородящим матерям необходимо знать о том, что после родов может быть задержка полового акта. Потому что только 10% женщин рожают без травм половых органов во время родов. Поэтому «когда можно?» Врачи часто отвечают на такие вопросы, как «через 4-6 недель». В этот период закрывается шейка матки, останавливается кровотечение, восстанавливаются слизистые оболочки.
Согласно исследованиям британских ученых, проблемы, связанные с сексуальными отношениями, фиксируются в каждой четвертой семье после родов. Этот показатель особенно высок в молодых семьях, впервые рожающих ребенка. Если до родов у них было больше секса, после рождения ребенка интимная жизнь немного уменьшится. Кроме того, многим мужчинам трудно попросить своих женщин о сексе.
В анонимном опросе 38% женщин почувствовали боль во время секса, и многие из них сказали, что после родов секс уже не тот, что раньше. Женщины связывают причину этого с усталостью и постоянной занятостью с ребенком.
По рекомендациям специалистов, мужчине и женщине в семье необходимо договориться на эту тему и приложить равные усилия для восстановления половой жизни.
Причины снижения полового влечения
Сексопатологи утверждают, что стремление к сексуальным отношениям у всех людей разное. Несколько дней без секса – это нормально для большинства людей. У многих людей, у которых не было секса, в течение недели происходят изменения, а если это будет продолжаться месяцами, то произойдет изменение их настроения и настроения.
Однако некоторых людей интимная жизнь вообще не интересует. Такие люди считаются асексуалами. Конечно, этот диагноз зависит от состояния здоровья человека, например, усталость после родов, стресс у женщины, незначительное снижение полового влечения из-за каких-то проблем у мужчины не означает, что человек асексуален. У асексуалов полностью пропадает желание вступать в половой акт – в таком состоянии находится их гормональный фон. Однако они могут влюбляться, жениться и даже иметь детей.
Если во внутриутробной жизни половая жизнь есть у обоих партнеров, но после родов это состояние снижается, повода для беспокойства нет, это состояние пройдет, возможно, в организме большой стресс и нехватка витаминов (В12,витамин D, магний и медь).
Медицинские показания
Половое влечение зависит от нескольких факторов:
Гормональный фон (гормоны беременности, эти гормоны, которые реагируют на секрецию молока, приходят в норму минимум через 1,5 месяца после родов);
Общее состояние организма (роды очень тяжелые, нагрузка на организм);
Чувство усталости и стресса (уход за новорожденным малышом, постоянное нахождение с ним доставляет матери немало трудностей, тем более, что их организм сильно ослаблен после родов).
Почему сексуальное удовольствие уменьшается после родов?
Есть несколько причин, по которым половая жизнь может снизиться после родов:
Усталость и стресс. Большинство людей работают больше часов днем и меньше спят ночью. Когда вы приходите домой с работы, у вас есть силы и время только на то, чтобы пообедать и поспать. А у женщин большая часть энергии уходит на уход за ребенком, и к ночи они чувствуют себя очень уставшими. Свой отдых они проводят только во сне.
Мальчик. Как только в семье рождается ребенок, начинается правление «нового начальника». Конечно, в любой семье здоровье ребенка и его настроение стоят на первом месте. Матери также проводят больше времени со своими детьми, чем их партнеры.
Внешний вид «проблемный». После родов во внешности женщины наблюдаются значительные изменения (для полного выздоровления требуется не менее 4-6 недель). Из-за этого женщины чувствуют себя немного застенчивыми перед своими партнерами. В этом случае от мужчин требуется вежливость и лесть по отношению к женщинам.
Особенности секса после родов
Бессонница, постоянная усталость, перепады настроения и т. д. сказываются на качестве интимной жизни в семье. Кроме того, некоторые физиологические состояния, наблюдаемые у женщин, также снижают качество секса:
Размер влагалища и сухость влагалища после родов могут затруднить половой акт. В результате гормональной перестройки в женском организме возникает сухость слизистой оболочки влагалища. Влагалище, обычно мягкое и нежное, теперь вызывает некоторый дискомфорт.
Женщина также чувствует боль во время секса. Из-за этого женщины часто отказываются от секса. Но это неправильно! Сейчас в семье родился ребенок, все должны быть счастливы, в том числе и ваш партнер.
Так что делать? Использование различных смазок облегчает секс.
Изменения во влагалище после родов, то есть его расширение, являются причиной проблем с сексуальными отношениями у многих женщин. Если состояние влагалища не восстанавливается даже в течение 6 недель, это однозначно признак невнимательности со стороны женщины.
Упражнений Кегеля достаточно для восстановления таза и промежности после родов.Рекомендуется выполнять не менее 30 упражнений 3 раза в день. Упражнения Кегеля можно выполнять несколькими способами. Во всех них двигаются мышцы интимной зоны. Это очень полезно для половых органов, чтобы восстановить свою форму.
Читайте: Как делать упражнения Кегеля?
Как восстановить половую жизнь после родов?
После рождения ребенка снижается внимание к «романтике» в жизни. На это нет ни сил, ни времени. Но это очень важно, цветы, подарки, лесть и баловство необходимы как мужчине, так и женщине в семье.
Мужчина и женщина должны уважать друг друга, решать проблемы вместе, и оба должны способствовать уходу за ребенком. Необходимо думать не только о сексе, но и о таких чувствах, как любовь и привязанность. Пары, живущие вместе 5-10 лет, должны быть открыты друг другу и не говорить о своей внешности и недостатках. Есть афродизиаки, усиливающие близость, этого вещества много в апельсинах, мускатных орехах, лимонах и фисташках, которые тоже можно использовать.
Статистика
Перед родами:
60-70% пар занимались сексом 3-4 раза в неделю;
10-15% более чем в 4 раза;
15-20% 1-2 раза.
Через 3 года совместной жизни:
70% пар занимались сексом 1-2 раза в неделю;
30% больше, чем 2-3.
После рождения ребенка:
60% пар занимались сексом раз в неделю;
20% 1-2 раза;
20% молодых семей занимались сексом 1-2 раза в месяц.
Контрацепция после родов
Врачи рекомендуют не забывать о контрацепции после родов. Отсутствие повторной беременности до полного восстановления организма женщины после родов гарантирует, что не разовьются различные осложнения.
Прочитайте: Что такое контрацепция? Каковы его виды и методы?
Ikid.uz