Podshoxoja haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol

Podshoxoja haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol
Til haqida yangi she'rlar, eng chiroyli she’rlar to'plami

Sayyid Podshoxoja ibn Abdulvahobxoja mutafakkirning toʻliq ismi boʻlib, Xoja uning taxallusidir.

Xoja 1480 yili Niso shahrida dunyoga kelgan. U dastlab otasi qoʻlida, soʻngra Niso va Marv madrasalarida mufassal taʼlim olgan. Ijtimoiy faoliyatini temuriyzodalardan Niso viloyati hukmdori Kepak Mirzo hukumatida 1496 yili yozida sadrlik (er oʻlchovchi) bilan boshlagan. 1508 yili Niso va Obivard viloyatlari Shayboniylar tomonidan zabt etilganda Xoja yetuk shoir va adib sifatida tanilgan edi. Shu yili Shayboniyxon urushdan qaytayotganida Nisoda toʻxtab, Xojani Durun viloyatiga hokim qilib tayinlaydi. Shu orada Nisoga shoir amir Muhammad Solih hokim etib yuborildi. 1510 yili kech kuzida Xoja va Muhammad Solih Marv mudofaasiga keladilar, Shayboniyxon halokatidan keyin esa Xoja mamlakat ichkarisiga – dastlab Samarqand va sal keyin Buxoroga kelib vatan tutadi. 1514 yilgacha Temur Sulton, keyin Kuchkunchixon xizmatida boʻlib, 1515–1516 yillardan eʼtiboran Karmana hokimi Jonibek Sulton hukumatida Jumlatulmulk, sadrlik lavozimlarni boshqaradi.

U 1529 yili Buxoro hokimi Ubaydulloxon zamonida kisqa vaqt shayxulislomlik qilgan. 1534 yili Ubaydulloxon Nishopurga kelganda Balx hokimi Kistan Qaro undan Xojani Balxga yuborishini soʻraydi. Shundan soʻng Xoja Balxda avval sadrlik, koʻp oʻtmay esa shayxulislomlik vazifasini bajaradi. 1543 yili hokim Kistan Qaro ruhiy kasallikka chalingandan keyin Xoja oʻz vazifasidan ketib ijod bilan mashgʻul boʻldi. Xoja 1547 yili Buxoroda vafot etadi va Bahovuddin Naqshband maqbarasi yoniga dafn qiladi.

Xojaning bizgacha Temur Sultonga atalgan “Miftoh ul-adl” (“Adolat kaliti” 1508–1510 yillar), Kistan Karo Odilga bagʻishlangan “Gulzor” (1538 yil) falsafiy-axloqiy asarlari va Jonibek Sultonga atalgan “Maqsad ul-atvor” (1514–1520 yillar) axloqiy didaktik masnaviy dostoni hamda bir necha gʻazallari yetib kelgan. Hasanxoja Nisoriyning “Muzakkir al-ahbob” tazkirasida keltirilipshcha, Xoja “Layli va Majnun” nomli asar ham yozgan, ammo bu asar haligacha topilgani yoʻq.

Xoja buyuk mutafakkir ustoz Alisher Navoiyga ergashib, “Xamsa” yaratish orzusida boʻlgan boʻlishi mumkin. Xojaning “Miftoh ul-adl” va “Gulzor” nomli asarlari aksar qoʻlyozmalarda bitta kitob qilib muqovalangan. Bu ikki asar mazmun jihatidan bir-biriga yaqin turadi. “Miftoh ul-adl” asari oʻn besh bobdan tashkil topgan boʻlib, har bir bobda ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-taʼlimiy masalalarga bagʻishlangan biror nazariya, koʻp hollarda hadis yoki Kurʼon oyatlaridan keltiriladi va ularni izohlash maqsadida shoir “Nazir hikoyatlar” bayon qilib, oʻzining xulosasi bilan yakunlaydi. Masalan: asarda keltirilgan boblar: “Olimlarning bayoni”, “Odil sultonlarning bayoni”, “Zolim sultonlarning va zolimbeklarning bayoni”, “Sultonlarga mute boʻlmoqning bayoni”, “Oʻgʻurlikning bayoni”, “Zino haddining bayoni” kabi masalalar tahliliga bagʻishlangan.

Xoja har bir bobda insoniyat maʼnaviy taraqqiyotida barcha davrlar uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan muammolarni izohlab berishga harakat qilgan. Shoirning “Gulzor” asari ham mazmun va koʻtarilgan muammolarning dolzarbligi bilan “Miftohul-adl”ga oʻxshab ketadi. Xoja “Gulzor” asarini Balx davlatining shayxulislomi lavozimida turib, xonning din borasidagi maslahatchisi boʻlgan paytida yozgan. Din homiylari esa u paytlarda katta nufuzga ega boʻlganlar. Binobarin, Podshoxoja asari ham beklar uchun davlatni boshqarish, xalq bilan qanday munosabatda boʻlish haqida bitilgan oʻgitlar toʻla asar hisoblanadi.

Xojaning “Maqsad ul-atvor” dostoni uning dunyoqarashini oʻrganishda muhim manba boʻlib xizmat qiladi.

Xoja insonni faqat yaxshilik qilish uchun yaratilgan, deb biladi va undagi salbiy illatlarni aql-zakovat va donolik yordamida yoʻqotish mumkinligiga ishonadi. Xoja zeb-ziynat, boylik va martaba insonga maʼnaviy fazilat bermaydi, degan xulosaga keladi. Shuning uchun ham u oʻz qarashlarida xon, bek va katta mol-dunyo egalari boʻlgan kishilarni insofli, diyonatli, saxovatli boʻlishga chaqirib, beva-bechoralar, kambagʻal qashshoqlar haqidan qoʻrqmaydigan sitamgar, zolim, qonxoʻr, xasis kishilarni fosh qiladi.

Xoja oʻz davrining yetuk mutafakkiri, shoiri, din va tasavvuf ilmlarini ham chuqur egallagan, oʻsha davrda Movarounnahrda kuchli oqimga aylangan yassaviya, qalandariya, naqshbandiya tariqatlari mohiyatini toʻla anglab yetgan shayxulislom darajasiga koʻtarilgan siymolardan biri edi.

Xoja oʻz qarashlarida yer yuzidagi barcha insonlar dini, jinsi, irqi, millati, tili qanday boʻlishidan qatiy nazar xudo yaratgan bandalar, deb biladi, odamlarni tutgan oʻrni, mavqei, martabasi qanaqa – shohmi, gadomi – Haq taolo oldida teng va javobgar ekanligini aytadi. Shu bois inson nafsoniy havaslarga berilib, oʻtkinchi dunyo tashvishlariga mukka ketmasligi, botiniy dunyo gʻamini ham yoddan chiqarmasligi kerak degan fikrni olgʻa suradi. Unga ruhiy komillik tufayli erishish mumkin. Buning uchun inson rostgoʻy, halol, diyonatli, insofli, mehr-shafqatli, kamtar boʻlmogʻi, boshqalarga yaxshilik qilib, mehr-oqibat koʻrsatish fikri bilan yashamogʻi, dilozorlik, oʻgʻrilik, munofiqlik kabi yaramas illatlarni akl-farosat va qanoat bilan yengib oʻtmogʻi kerak.

Inson bu dunyoda nimaiki ish qilmasin, qanday sharoitda yashamasin undan faqat yaxshilik qoladi:

Odam uldirkim jahonda yaxshi soʻzdin pand olur,

Qolmas ushbu odam, ammo olam ichra soʻz qolur.

Soʻzki keldi arshdin yer yuzini islom uchun,

Oyati Qurʼondur ulkim, nuridin partav solur.

Qolgan barcha narsalar oʻtkinchi va bu zohiriy dunyo mohiyatinigina aks ettiruvi hodisalardir.

Xoja jamiyatda ijtimoiy adolat barpo etilishi uchun shu jamiyatni boshqarib boradigan sulton, bek va yirik amaldor shaxslar, dini islom homiylarini insof va diyonatta, toʻgʻrilik va halollikka daʼvat etadi, jamiyatning har bir aʼzosi oʻz huquq va burchidan toʻgʻri foydalansin, degan fikrga keladi. Ayniqsa, uning mukammal jamiyatda odam tengxuquqli boʻlishi lozim, degan fikri diqqatga sazovordir.

Shoir inson muayyan ijtimoiy muhitda, taʼlim-tarbiya natijasida yaxshi xulqli boʻlishi mumkin, deb oʻylaydi. Adib oʻzining “Maqsad ul-atvor” degan asarida din va ilm kishini rostgoʻylikka, halollikka, poklikka, yomonni yaxshidan ajratishga olib keladi, degan fikrni ilgari suradi.

XVI asrning yetuk shoirlaridan Bobur Xojaning bir necha gʻazallari bilan tanishib, unga ijodkor sifatida hurmat bilan qaraydi va oʻzining mulohazalari, maslahatlarini berib turadi. Xojagon tariqatining XVI asrdagi buyuk targʻibotchilaridan boʻlgan mutasavvuf olim Mahdumi Aʼzam Kosoniy asarlarida Xojani “yuksak parvozli lochin” deb taʼriflaydi.


“Maʼnaviyat yulduzlari” (Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, Toshkent, 1999) kitobidan olindi.


Сайид Подшаходжа ибн Абдулвахабходжа — полное имя мыслителя, а Ходжа — его прозвище.

Ходжа родился в Нисе в 1480 году. Сначала он получил образование у своего отца, затем в медресе Ниса и Марв. Свою общественную деятельность он начал летом 1496 года садром (землемером) в правительстве Кепака Мирзо, правителя области Ниса из династии Тимуридов. В 1508 году, когда области Нисы и Обиварда были завоеваны Шайбани, Ходжа был известен как опытный поэт и писатель. В том же году Шайбани-хан, возвращаясь с войны, остановился в Нисе и назначил Ходжи наместником провинции Дурун. Тем временем поэт эмир Мухаммад Салих был отправлен в Нису в качестве губернатора. Поздней осенью 1510 года Ходжа и Мухаммад Салих выступили на защиту Марва, а после смерти Шайбани-хана Ходжа ушел вглубь страны — сначала в Самарканд, а несколько позже в Бухару. До 1514 года он состоял на службе у Темура Султана, затем Кучкунчихана, а с 1515-1516 годов заведовал Джумлатулмулькской и Садрской должностями в правительстве карманского воеводы Джонибека Султана.

В 1529 году, во время правления правителя Бухары Убайдулла-хана, недолгое время был шейхом. В 1534 году, когда Убайдулла-хан прибыл в Нишапур, правитель Балха Кистан Каро попросил его послать Ходжи в Балх. После этого Ходжа Балх служил сначала садром, а вскоре после этого шейхуль-исламом. В 1543 году, после того как правитель Кистан Кара заболел душевным недугом, Ходжа оставил свои обязанности и занялся творчеством. Ходжа умер в Бухаре в 1547 году и был похоронен возле мавзолея Бахауддина Накшбанда.

Философско-нравственные произведения Ходжи «Мифтах ул-адл» («Ключ справедливости» 1508-1510 гг.), посвященные Темуру Султану, «Гульзор» (1538 г.) посвященные Кистан Каро Адилу, и «Максад ул-атвор» посвященные Джонибеку Султану ( 1514-1520-е годы) прибыл нравоучительный эпос маснави и несколько газелей. Согласно «Музаккир аль-Ахбаб» Тазкир Хасанходжи Нисари, Ходжа также написал произведение под названием «Лейли ва Меджнун», но это произведение до сих пор не найдено.

Ходжа, возможно, мечтал создать «Хамсу» вслед за великим мыслителем Алишером Навои. Произведения Ходжи «Мифтах ул-адл» и «Гулзор» в большинстве рукописей переплетены в одну книгу. Эти два произведения близки друг другу по содержанию. Труд «Мифтах уль-адл» состоит из пятнадцати глав, и в каждой главе приводится теория, посвященная общественно-политическим, нравственно-воспитательным вопросам, в большинстве случаев из хадисов или аятов Корана, и для того, чтобы объяснить их поэт описывает «Назирские рассказы» и его заключение. Например: главы в сочинении: «Описание ученых», «Описание справедливых султанов», «Описание деспотичных султанов и тиранов», «Описание безмолвия султанов», « Анализу посвящены описание кражи», «Описание пределов прелюбодеяния».В каждой главе Ходжа пытался разъяснить важные для всех времен проблемы в духовном развитии человечества. Произведение поэта «Гульзор» похоже на «Мифтахул-адл» по своему содержанию и актуальности поднятых вопросов. Ходжа написал «Гулзор», будучи шейхульисламом Балхского государства и религиозным советником хана. Большое влияние в то время имели религиозные покровители. Поэтому работа Подшоходжи — это еще и работа, полная уроков для руководителей о том, как управлять государством и как взаимодействовать с людьми.

Эпос Ходжи «Максад уль-Атвор» служит важным источником для изучения его мировоззрения.

Ходжа считает, что человек создан только для того, чтобы творить добро, и считает, что отрицательные пороки в нем можно устранить с помощью ума и мудрости. Ходжа приходит к выводу, что драгоценности, богатство и чин не придают человеку духовной добродетели. Вот почему в своих воззрениях он призывает ханов, беков и людей, владеющих большим богатством, быть честными, благочестивыми и великодушными, а угнетателей, угнетателей, кровожадных и алчных людей, не боящихся вдов и бедные.

Ходжа был зрелым мыслителем и поэтом своего времени, обладавшим глубоким знанием религии и суфизма, одним из деятелей, поднявшихся до уровня шейхульислама, полностью понявшим суть сект Яссавия, Каландария и Накшбанди, ставших сильное течение в Мовароуннахре в то время.

Ходжа считает, что все люди на земле, независимо от их религии, пола, расы, национальности и языка, являются слугами, созданными Богом, Он говорит, что люди равны и ответственны перед Высшей Истиной независимо от их положения, статуса и ранга — будь то короли или дворяне. Вот почему он выдвигает мысль о том, что человек не должен предаваться чувственным желаниям, увлекаться заботами преходящего мира, не должен забывать печали внутреннего мира. Этого можно достичь через духовное совершенство. Для этого человек должен быть правдивым, честным, благочестивым, честным, сострадательным, смиренным, жить с мыслью о том, чтобы делать добро и проявлять доброту к другим, и с мудростью и удовлетворением преодолевать злые пороки, такие как жадность, воровство и лицемерие. .

Что бы человек ни делал в этом мире, в каких бы условиях он ни жил, остается только добро:

Если я убью человека, доброе слово прославится в мире.

Этого человека не останется, а слово останется в мире.

Пришло известие, что трон земли принадлежит исламу.

Стих Корана велик, и твой свет сияет.

Все остальные вещи преходящи и явления, лишь отражающие сущность этого кажущегося мира.

Для установления социальной справедливости в обществе Ходжа призывает султанов, беев и крупных чиновников, возглавляющих это общество, покровителей исламской религии быть справедливыми и религиозными, правильными и честными, и считает, что каждый член общества должны правильно пользоваться своими правами и обязанностями. Особенно,Примечательно его мнение о том, что в совершенном обществе человек должен иметь равные права.

Поэт считает, что человек может вести себя хорошо в определенной социальной среде, в результате воспитания. В своем труде «Максад уль-Атвар» Адиб выдвигает мнение о том, что религия и знания ведут человека к правдивости, честности, чистоте, отделению плохого от хорошего.

Он познакомился с несколькими газелями Бабура Ходжи, одного из зрелых поэтов XVI века, уважал его как творца и давал свои замечания и советы. В своих произведениях мистик Махдуми Азам Косани, один из великих пропагандистов секты Ходжаган в 16 веке, описывает Ходжа как «высоколетящего сокола».

Взято из книги «Духовные звезды» (Издательство «Общественное наследие» имени Абдуллы Кадири, Ташкент, 1999 г.).

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: