Professorning sabogʻi (ibratli hikoya)

Professorning sabogʻi (ibratli hikoya)

Professor suv toʻldirilgan stakanni oldi va qoʻllarini oldinga uzatib, talabalardan soʻradi:

– Stakanning vazni qancha deb oʻylaysizlar?

Sinfga jon kirdi, har kim oʻzicha taxminladi.

– Ikki yuz gramm chiqar-ov. Balki uch yuz grammdir. Bor-e, ana besh yuz gramm boʻlsin.

– Tortib koʻrmaguncha, aniq vaznini baribir bilib boʻlmaydi. Lekin hozir bu muhim emas. Mening soʻramoqchi boʻlgan savolim aslida boshqa: agar idishni shu holda birnecha daqiqa ushlab tursam nima boʻladi?

– Hech narsa.

– Toʻgʻri, hech narsa boʻlmaydi, – dedi professor. – Deylik, ikki soat ushlab tursam-chi, unda nima oʻzgaradi?

– Qoʻllaringiz ogʻrib ketadi.

– Bir kun tutib tursam-chi?

– Qoʻllaringiz uyushib, tamom boʻladi, mushaklaringiz shikastlanishi ham mumkin. Balki davolanishingizga toʻgʻri kelar.

– Kun boʻyi ushlab tursam, stakanning vazni oʻzgaradimi?

– Aslo yoʻq!

– Xoʻsh, bu ahvoldan qutulish uchun nima qilishim kerak?

– Idishni qaytarib stol ustiga qoʻying!

– Yashanglar! – yuzlariga kulgu yugurib javob berdi professor. – Hayotda uchraydigan qiyinchiliklar ham shunga oʻxshaydi. Agar muammolar haqida birnecha daqiqa oʻylasangiz, ular sizga yaqinlashadi. Fikringizni bir necha soat ular bilan band qiladigan boʻlsangiz, tinkangizni qurita boshlaydi. Kun boʻyi shu muammolarning dardi bilan yuradigan boʻlsangiz bormi, miyangiz falajlanib qolishi, yaʼni toʻgʻri qaror qabul qilolmaydigan holga kelishi aniq. Muammolar haqida oʻylayverish biror-bir yaxshi natijaga olib kelmaydi. Bu bilan muammolarning “vazn”i ham oʻzgarib qolmaydi. Ular bilan kurashishning yagona yoʻli – harakat qilish. Muammoni hal qiling yoki bir chetga surib qoʻying. Yuragingizga yuk boʻlib tushadigan ogʻir toshlarni – qaygʻuli oʻy-xayollarni koʻtarib yurish yaramaydi.


Профессор взял стакан с водой, протянул руки и спросил студентов:

— Как вы думаете, сколько весит стакан?

В класс вошла душа, каждый угадал по-своему.

— Достаньте двести граммов. Может триста грамм. Пусть будет пятьсот граммов.

— Вы не можете знать точный вес, пока не взвесите его. Но сейчас это не имеет значения. Вопрос, который я хочу задать, на самом деле другой: что произойдет, если я подержу контейнер вот так несколько минут?

«Ничего такого.»

«Правильно, ничего не будет», — сказал профессор. — Скажем, если я подержу два часа, что изменится?

— У тебя будут болеть руки.

— Что, если я подержу его в течение дня?

— Ваши руки онемеют, а мышцы могут быть повреждены. Вам может понадобиться лечение.

— Изменится ли вес стакана, если я буду держать его весь день?

— Точно нет!

— Итак, что мне делать, чтобы выйти из этой ситуации?

«Поставь миску обратно на стол!»

— Жить! — ответил профессор с улыбкой на лице. — Трудности в жизни похожи. Если вы подумаете о проблемах несколько минут, они приблизятся к вам. Если вы займёте ими свой ум на несколько часов, он начнёт высушивать вашу кожу. Если вы целый день будете ходить с этими проблемами, ваш мозг будет парализован, то есть вы не сможете принимать правильные решения. Размышление о проблемах не приведет ни к каким хорошим результатам. Это не меняет «веса» проблем. Единственный способ справиться с ними — принять меры. Решите или игнорируйте проблему. Нехорошо носить тяжелые камни — печальные мысли — отягощающие сердце.

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz