Yashma toshi (ibratli hikoya)

Yashma toshi (ibratli hikoya)

Bir yosh yigit qimmatbaho toshlarga juda qiziqardi. Shu sababli zargar boʻlishga qaror qildi. Bu hunar bilan shugʻullanadigan boʻlsam, uning mohir ustasi boʻlishim kerak, deb oʻyladi u va shu oʻlkadagi eng yaxshi zargarni soʻroqlab bordi. Usta uni ozgina kuttirgach, qabul qildi. “Xoʻsh, xizmat?” deb soʻradi. Yigit toshlarga mehr qoʻyganini, zargar boʻlmoqchi ekanini hayajonlanib soʻzladi. Qari zargar uning gaplarini jimgina tingladi, soʻng bir toshni koʻrsatdi. “Bu – yashma toshi, – dedi va uni yigitning kaftiga qoʻyib, hovuchini berkitdi. – Hovuchingni yil boʻyi ochmaysan. Bir yildan keyin kelasan. Mayli, salomat boʻl”. Usta bu gapdan soʻng xonadan tez chiqib ketdi.

Yigit uyiga qaytib, uning kelishini in­tiqlik bilan kutib oʻtirgan ota-onasiga boʻlgan voqeani aytib berdi. Soʻzi orasida bu ishda maʼno koʻrmaganini va ustaning sovuq muomalasidan xafa boʻlganini ham qistirib oʻtdi. Kunlar oʻta boshladi. Boʻlajak zargar tinimsiz nolir, lekin hovuchini ochmasdi. “Nega bunaqa ahmoqona ish buyurdi? Mamlakatdagi eng kuchli zargar shu boʻlsa… Bu bemaza topshiriqqa yil boʻyi qanday chidayman, aziyatlariga qanday dosh beraman? Shuyam usta boʻldimi? Ustozman deb boshidanoq qiynashni boshlar ekan-da” deganga oʻxshash gaplarni aytib yurardi-yu, hovuchini mahkam tutardi. Uxlaganimda kaftim ochilib, tosh tushib ketmasin deb yarim uygʻoq holda mizgʻirdi. Ishlarini ham bir qoʻlida bajarardi, tosh bor qoʻli hamisha musht holatida turardi. Bunga koʻnikkach, bitta qoʻlda ham yaxshi ishlay oladigan boʻldi.

Nihoyat, bir yil oʻtdi. Yigit zargar huzuriga bordi. Usta doimgiday biroz kuttirgach, shogirdining yoniga keldi. Yosh zargar, qanchalik bemaʼni boʻlsa-boʻlsin, bu ishni oxiriga yetkazdim, deganday gʻururli bir qiyofada hovuchini ochdi. “Bir yil kaftimda olib yurdim, bu yogʻiga nima ish qilaman?” deb soʻradi. Usta sokin bir tovushda javob berdi: “Endi senga boshqa bir tosh beraman, uni ham xuddi shunday bir yil hovuchingda olib yurasan”. Bu gap oʻlganning ustiga tepgan boʻldi. Shogirdning sabr kosasi toʻldi, baqirib-chaqirishga tushdi.  Yigit asabiylashib oʻzini boshqara olmay baqirayotgan paytda usta uning hovuchiga bir toshni tutqazdi. Yigit beixtiyor kaftini siqdi va toshni his etdi. Biroz turib, yana ozroq siqdi va hayajonlanib dedi: “Bu tosh yashma emas-ku, usta!”

Albatta, bu bir hikoya, balki hayotda boʻlmagandir. Ammo unda hayotiy haqiqat bor. Qarang, yigit sabr-matonati tufayli yashma toshini aniq ajratadigan darajaga yetdi. Zargar uchun esa bu juda muhim fazilat. Toshni toshdan ayira olmaydigan zargar zargarmi? Qissadan hissa, chinakam bilim egallash uchun vaqt kerak, chidam kerak, haqiqiy ustoz kerak. Vaqtlar oʻtaveradi, dunyo yangilanib, zamonaviylashib boraveradi. Biroq oʻqish-oʻrganish sharti, yoʻsini oʻzgarmaydi.

“Hidoyat” jurnalining 2014 yil 10-sonida chop etilgan.


Молодой человек очень интересовался драгоценными камнями. Вот почему он решил стать ювелиром. Если я собираюсь заниматься этим ремеслом, я должен быть искусным мастером, подумал он и пошел спросить лучшего ювелира в стране. Мастер принял его после недолгого ожидания. — Итак, служба? он спросил. Молодой человек взволнованно говорил, что любит камни и хочет стать ювелиром. Старый ювелир молча выслушал его, потом показал ему камень. — Это нефритовый камень, — сказал он, вложив его в ладонь молодого человека и сжав кулак. — Ты не разжимаешь кулак весь год. Ты придешь через год. Ну будь здоров». Сказав это, Мастер быстро вышел из комнаты.

Молодой человек вернулся домой и рассказал об этом родителям, которые с нетерпением ждали его приезда. Между своими словами он добавил, что не видит смысла в этой работе и что его огорчает холодное обращение мастера. Дни начали проходить. Будущий ювелир беспрестанно жаловался, но кулака не разжимал. «Почему он заказал такую ​​глупость? Если это самый могущественный ювелир в стране… Как я могу целый год терпеть эту нелепую задачу, как я могу терпеть ее страдания? Стал ли Шуям мастером? Он продолжал говорить что-то вроде «Я учитель» и крепко сжимал кулак. Когда я заснул, моя ладонь была раскрыта, и я был в полусне, чтобы камень не упал. Он также делал свою работу одной рукой, рука с камнем всегда была в кулаке. Как только он привык к этому, он мог хорошо работать одной рукой.

Наконец прошел год. Молодой человек пошел к ювелиру. Подождав некоторое время, как всегда, мастер подошел к своему ученику. Юный ювелир разжал кулак с гордым выражением лица, как бы говоря, что он закончил эту работу, какой бы нелепой она ни была. «Я ношу его на ладони уже год, что я буду делать с этим маслом?» он спросил. Мастер ответил тихим голосом: «Сейчас я дам тебе другой камень, который ты будешь носить в руке на тот же год». Это был удар до костей. Чаша терпения студента была полна, и он начал кричать. Пока юноша безудержно кричал, мастер сунул ему в кулак камень. Юноша невольно сжал ладонь и ощупал камень. Он постоял немного, сжал еще немного и взволнованно сказал: «Этот камень не нефрит, мастер!»

Конечно, это история, может, в жизни такого не было. Но в нем есть жизненная правда. Посмотрите, молодой человек достиг точки, когда он может четко отделить нефритовый камень благодаря своему терпению. А для ювелира это очень важное качество. Ювелир — это ювелир, который не может отделить камень от камня? Требуется время, терпение и настоящий учитель, чтобы получить реальные знания из историй. Время идет, мир продолжает обновляться и модернизироваться. Однако условия учебы и обучения не меняются.

Он был опубликован в 10-м номере журнала Hidayat за 2014 год.

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz