Yaxshi odamlar mahallasi (ibratli hikoya)

Yaxshi odamlar mahallasi (ibratli hikoya)
Til haqida yangi she'rlar, eng chiroyli she’rlar to'plami

Adhamjon ishdan qaytayotgandi. Koʻp qavatli uylari eshigiga yopishtirilgan eʼlon diqqatini tortdi: “Azizlar, kunduz 10:20 larda shu yerda yuz ming soʻm pulim tushib qolibdi. Yakka-yolgʻizman, faqat nafaqa bilan kun koʻraman. Kim topsa, toʻrtinchi qavat, yigirma toʻrtinchi uydagi Mehri xolaga uchrashsin”. Axir, bu ularning tepasidagi uyda turadigan ayol-ku. Adhamjonning xotini ora-sira kampirning holidan xabar olib turadi, ovqat, non-choy deganday. Birgina ular emas, boshqa qoʻni-qoʻshnilar ham ayolga yolgʻizligini bildirishmaydi.

“Koʻchada yotgan bir dasta pulni birorta oʻtkinchi olib ketgan boʻlishi ham mumkin. Kel, shu kampirga mendan hadya boʻlsin. Pulingizni topib oldim deb oʻsha yuz ming soʻmni ehson qila qolay”, deb oʻyladi Adhamjon. Toʻrtinchi qavatga koʻtarilib, eshik qoʻngʻirogʻini bosdi. Biroz oʻtib, ichkaridan oltmish-olt­mish besh yoshlardagi istarali kampir chiqib keldi. Yigitning qoʻlidagi pulga koʻzi tushib, koʻzlariga yosh oldi. Soʻng qoʻlini ochib uzoq duo qildi. Adhamjonning kasb-koriga baraka tiladi, tutgani oltin boʻlishini, Alloh unga gʻoyibidan yetkazishini soʻradi. Ammo pulni olmadi. Urinishlar besamar ketdi. Ayol qatʼiy rad etdi. Soʻng oʻsha eʼlonni olib tashlash uchun pastga tushib ketdi. Maʼlum boʻlishicha, Adhamjon pulni “topib olgan”larning yettinchisi ekan.

Orif Tolib


Адхамджон возвращался с работы. Привлекло внимание объявление, прикрепленное к двери многоквартирного дома: «Дорогие друзья, я проиграл здесь сто тысяч сумов в 10:20 дня. Я один, живу только на свое содержание. Кто найдет, пусть встретится с тетей Мехри на четвертом этаже двадцать четвертого дома». Ведь это женщина, которая живет в доме над ними. Жена Адхамджона время от времени спрашивает о состоянии старухи, например, о еде, хлебе и чае. Не только они, но и другие соседи не говорят женщине, что она одинока.

«Возможно, прохожий взял лежащую на улице пачку денег. Ну, пусть эта старуха будет подарком от меня. «Я пожертвую эти сто тысяч сумов, потому что нашел ваши деньги», — подумал Адхамжон. Он поднялся на четвертый этаж и позвонил в дверь. Через некоторое время вышла энергичная старуха лет шестидесяти шестидесяти пяти. Слезы выступили на его глазах, когда он увидел деньги в руке молодого человека. Затем он разжал ладонь и долго молился. Он пожелал благословений карьере Адхамджона, попросил его заработать золото в своем владении и попросить Бога дать ему подарок из невидимого. Но он не получил денег. Попытки не увенчались успехом. Женщина наотрез отказалась. Затем прокрутите вниз, чтобы удалить это объявление. Выяснилось, что Адхамжон был седьмым человеком, «нашедшим» деньги.

Ариф Талиб

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz