Suriya ulamolaridan Abdulfattoh Abug‘uddaning “Ulamolar sabridan lavhalar” kitobi avvalida Amr ibn A’lodan ushbu voqea hikoya qilinadi:
“Yoshi yuzdan o‘tgan, dunyo lazzatlaridan maza qilmaydigan darajada zaif bir insonni ziyorat qilib, undan so‘radik:
— O‘lishni xohlaysizmi?
— Yo‘q, — dedi u kishi.
— Dunyodagi lazzatlarning bari bitib, tugagan bo‘lsa, sizga o‘lim afzalroqmasmi? Yana qanday lazzat qoldi?
— Yaxshilarning so‘zlarini eshitib maza qilaveraman.”
Yorqinjon qori ma’ruzalari asosida tayyorlandi.