Tuproq xudo bo‘la oladimi? – Islomiy hikoya

Tuproq xudo bo‘la oladimi? - Islomiy hikoya

Avvaldan aytib qo‘yish lozim — bunda o‘zimni zarracha maqtash niyatim yo‘q. O‘shanda nimaiki bo‘lgan bo‘lsa, Allohning izni bilandir.

Bu hikoya bundan 11 yil muqaddam, xorijiy davlatlardan biriga qilingan safar chog‘ida bo‘lgan edi. Dunyoning 18 ta davlatidan til o‘rganish kursi amaliyotini o‘tash uchun kelgan 120 chog‘li talaba ichida estoniyalik ikki qiz ham bor edi. Ularning kitobxonligi, ayniqsa, ko‘ngilochar dasturlar chog‘ida o‘zlarini chetga olib turishi, har bir narsa-hodisaga ajib hayrat bilan boqishlari e’tiborimni tortdi. Bir oqshom diskoteka va cho‘milishdan bosh tortgan uch-to‘rt kishi bir stol atrofida o‘tirib qoldik va yaqindan tanishdik. Biri Alisa, ikkinchisi Kadri ekan. Sharqshunoslik fakultetida o‘qisharkan. Suhbatimiz sharq allomalari asarlariga taqalganda Alisa so‘rab qoldi:

— Nega “Layli va Majnun”, “Farhod va Shirin” kabi asarlarda oshiq-ma’shuqlar visolga yetmaydi? Barchasida bir xillik… Axir hayotda hadeb bunday bo‘lavermaydi-ku…

Men ularga majoziy ishq, tasavvuf haqida bilganlarimni aytdim. Bunda biru bor bo‘lgan Allohga intilish borligini anglatdim. Qizig‘i, ular hali Islom haqida tasavvurga egamas ekan. Gap aylanib dinlarga taqaldi. Shunda ulardan so‘radim:

—   Sizlarning diningiz nima?

Ular yelka qisishdi.

—   Ibodat qilasizlarmi?

—   Ha, tuproqqa sig‘inamiz, — deyishdi.

—   Nega? — dedim beixtiyor.

—   Chunki u bizga rizq beradi. Undan turli noz-ne’mat unib chiqadi.

—   Lekin sizu-biz uning yuziga oyoq qo‘yamiz-ku?

—   Ahlatu chiqindilar ham uning bag‘riga to‘kiladi… — Yonimdagi qrimlik do‘stim ham muloyim tabassum ila qo‘shimcha qildi.

Ularning yuzi qizardi. Biri bahsga kirishdi. Lekin men yotig‘i bilan yerni xohlagancha “tahqirlasa” bo‘lishini, qo‘l bilan ushlash, oyoq bilan tepish, qo‘polroq aytganda ustiga bavl qilish ham mumkin bo‘lgan narsa hech qachon Xudo bo‘lolmasligini aytdim. Ular xayrlashmay turib ketishdi.

Oradan uch kun o‘tgach, Alisa bir ahvolda yonimga keldi. Ko‘zlari kirtaygan, rangi so‘niqqan. Parishon bir vaziyatda salomni ham unutib savol berdi:

— Bordi-yu, yer Xudomas ekan, unda kim?

—   Alloh!

—   U qaerda?

—   Hamma joyda.

—   Nega endi Quyosh, Oy yoki ko‘rinib turgan boshqa bir jism emas, ko‘rinmas bir narsani aytayapsan?

—   Uni ko‘rish, ushlash mumkin bo‘lganida Iloh bo‘lolmasdi…

—   Ko‘rmay turib ishonib bo‘lmaydi-ku, axir…

Uning iztirobini his qilardim. Sal narida sherigi ham mo‘ltirab turgan ekan. Ikkisini o‘rindiqqa taklif etdim va savollar berdim.

— Xo‘sh, jismingiz ko‘rinadi-yu, ruhingiz-chi? Daraxtni tebratayotgan shamolni aynan ko‘rib turibsizmi? Kislorodni-chi?… Ko‘rmay turib ham borligiga barchamiz shohidlik beradigan qancha yaratiq bor axir…

Har ikkisi ham o‘yga toldi. Yana xayrni nasiya qilib, o‘z tilida o‘zaro gaplashib ketib qolishdi. Safarimiz yakuniga yetay deganda ular yana yo‘limni kesib chiqishdi. Birinchi bo‘lib Alisa gap boshladi:

— Musulmon bo‘lmoqchiman! Dugonam yana bir karra o‘ylab ko‘radi. Xo‘sh, diningning shartlari qanday? Qiyin emasmi? Uni qaysi kitobdan o‘rgansam bo‘ladi?…

Ko‘zlarimdan yosh chiqib ketdi.

—   Subhonalloh! — dedim.

—   Bu nima deganing? — tushunolmay so‘radi Alisa.

O‘zimni qo‘lga olib, Yaratganga shukr aytib, do‘stimning savollariga javob berdim. U esa qolgan vaqtda faqat kitob do‘konlariga kirib, turli tillardagi Qur’oni karimni yig‘ishga tutindi….

Uchoqqa chiqish oldidan har ikkisi o‘z sovg‘asini berdi. Men ham ularga sharq allomalarining sara asarlaridan hadya qildim…

Oradan ancha vaqt o‘tib, Alisadan maktub oldim. U bir musulmon yigitga turmushga chiqibdi. Farzandlariga ham Allohni tanitayotgan ekan…

Abdulatif Abdullayev

Manba: islom.ziyouz.com


Следует сказать с самого начала – я не собираюсь ни в малейшей степени хвалить себя. Что бы ни случилось в то время, это было попущением Бога.

Эта история произошла 11 лет назад, во время поездки в одну из зарубежных стран. Две девушки из Эстонии были среди 120 юных студенток, приехавших из 18 стран мира на языковые курсы. Мое внимание привлекало их чтение, особенно их отстраненность во время развлекательных программ, их любопытное восхищение каждым событием. Как-то вечером трое-четверо человек, отказавшихся идти на дискотеку и в баню, сели за стол и познакомились. Одна Алиса, а другая Кадри. Во время учебы на факультете востоковедения. Когда наш разговор зашел о трудах востоковедов, Алиса спросила:

– Почему влюбленные в таких произведениях, как “Лейли и Меджнун” и “Фархад и Ширин” не доживают до конца жизни? Они все одинаковые… Ведь в жизни так не бывает…

Я рассказал им все, что знал о фигуративной любви, мистицизме. Я имел в виду, что есть тоска по Богу, у которого есть все. Интересно, что они до сих пор не имеют ни малейшего представления об исламе. Разговор зашел о религии. Тогда я спросил их:

– Какая у тебя религия?

Они пожали плечами.

– Ты молишься?

«Да, мы поклоняемся земле», — сказали они.

– Почему? — сказал я невольно.

—   Потому что это обеспечивает нас пропитанием. Из него вырастают разные вкусности.

—   Но мы с тобой наступим ему на лицо, верно?

– Мусор ему тоже сыплют в колени… – тоже добавил с нежной улыбкой мой сидевший рядом со мной крымский друг.

Их лица были красными. Один затеял спор. Но я сказал, что он может сколько угодно «осквернять» землю своим ложем, что то, что можно хватать руками, пинать ногами или, грубо говоря, пинать, никогда не может быть Богом. Они ушли, не попрощавшись.

Через три дня Алиса пришла ко мне в состоянии. Его глаза запавшие и бледные. Однажды Паришон забыл приветствие и задал вопрос:

– Ну, а если земля не Бог, то кто?

– Бог!

– Где он?

– Всюду.

—   Почему вы сейчас говорите о чем-то невидимом, а не о Солнце, Луне или каком-либо другом видимом теле?

— Он не мог бы быть Богом, если бы его можно было увидеть и потрогать…

— Ведь нельзя поверить, не увидев…

Я чувствовал его боль. Его напарник стоял чуть поодаль. Я пригласил их сесть и задал вопросы.

«Ну, тело видно, а душа?» Видишь, как ветер качает дерево? А как насчет кислорода?… Есть так много существ, о существовании которых мы все можем свидетельствовать, даже не видя…

Оба задумались. Они попрощались и ушли, разговаривая друг с другом на своем языке. Когда мы собирались закончить наше путешествие, они снова пересекли мне дорогу. Алиса заговорила первой:

– Я хочу стать мусульманином! Мой друг снова подумает. Так что же такое термины религии?Разве это не сложно? Из какой книги я могу узнать это?

Слезы выступили из моих глаз.

— Субханаллах! Я сказал.

– Что ты имеешь в виду? – спросила Алиса, не в силах понять.

Я спохватился, поблагодарил Творца и ответил на вопросы друга. А в остальное время он только ходил по книжным магазинам и собирал Коран на разных языках…

Перед посадкой в ​​самолет они оба вручили свои подарки. Я также дал им некоторые работы восточных ученых…

Спустя долгое время я получил письмо от Алисы. Вышла замуж за мусульманина. Он также представляет Бога своим детям…

Абдулатиф Абдуллаев

Источник: islam.ziyouz.com

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: