Qozonning tagini yalama! — Islomiy hikoya

Qozonning tagini yalama! - Islomiy hikoya

Yangi uylangan bir yigit kelinning har gal ovqatni olib kelgach,   hammani muntazir qilib o‘choq boshida qozonni yalab qolib ketishidan norozi bo‘ladi. Har kuni takror bo‘ladigan bu odat qayna-qaynotani ham ranjitadi. Axir, shu ishni keyinroq ham qilish mumkin-ku!

Bir kuni taom payti yigit ota-onasining kayfiyatini ko‘rib, ayolini bu ishdan qaytarish maqsadida: “Agar yana bir marta qozonni yalasang, taloqsan!” deb yuboradi. Shundan keyin taloq bo‘lishidan qo‘rqqan ayol o‘zini ehtiyotlab yuradi. Oradan bir qancha vaqt o‘tgach, bir kuni unutib yana qozonni tagini yalab qo‘yadi. Erining gapi yodiga tushib qo‘rqib ketadi va bu haqda unga aytadi. Yigit ham qattiq afsuslanadi va nima qilishini bilmay Xojajon qozi (Xo‘jajon Rojiy 1834-1918) huzurlariga keladi va voqeani bayon qiladi.

Uning so‘zlarini tinglagan qozi domla: «Shundaymi, bo‘lmasa bizni uyingga olib bor, kelin osh qilsin va qozonni yalasin, ko‘raylik, shunga qarab hukm chiqaramiz”, – deydilar.

Yigit xursand bo‘lib kelishilgan fursatda qozi domlani uyiga olib boradi. Taomdan keyin qozi domla kelinga: «Qizim, odatingiz bo‘yicha qozonni yalangchi?» deydilar. Kelin qozonni yalay boshlaydi. Uni ko‘rib turgan qozi domla:

– Shumi? – deydilar.

– Ha, shu!

– Bu kishi qozonni yalagani yo‘qku!

– Yo‘g‘-e?!

– Qozonni emas, qo‘lini yalayaptiku! Hech qanday taloq tushgani yo‘q, bemalol yashayveringlar.

Bu gapdan ular o‘zlarida yo‘q xursand bo‘lib ketadilar.

Rahmatulloh Fayzullayev

Marg‘ilon shahridagi «Robiya hoji ona» masjidi imom-xatibi

Manba: islom.ziyouz.com


Молодожены жалуются, что каждый раз, когда его невеста приносит еду, она всех ждет и облизывает кастрюлю на плите. Эта привычка, которая повторяется каждый день, тоже раздражает свекровь. Ведь эту работу можно сделать и позже!

Однажды во время трапезы юноша увидел настроение своих родителей и, чтобы отговорить жену от этого, сказал: «Еще раз оближешь горшок — получишь развод!» он посылает. После этого женщина, боящаяся развода, становится осторожной. Через какое-то время однажды он забывает и снова облизывает дно горшка. Она помнит, что сказал муж, пугается и рассказывает ему об этом. Молодой человек тоже очень сожалеет и, не зная, что делать, приходит к Ходжаджону Кази (Ходжаджон Рожий 1834-1918) и рассказывает историю.

Выслушав ее слова, судья сказал: «Ну, а если нет, то отведи нас к себе в дом, пусть невеста сварит суп и вылижет горшок, посмотрим, соответственно и рассудим».

Молодой человек с радостью забирает учительницу домой в оговоренное время. После трапезы судья сказал невесте: «Дочь, ты как обычно чистишь горшок?» они говорят. Невеста начинает лизать горшок. Увидевший его судья сказал:

«Вот и все?» — они говорят.

— Да это оно!

— Этот человек не облизывал горшок!

— Нет?!

«Он лижет свою руку, а не котел!» Развода нет, живите комфортно.

Они в восторге от этого.

Рахматулла Файзуллаев

Имам-хатыб мечети «Рабия Хаджи Она» в городе Маргилан

Источник: islam.ziyouz.com

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: