Halollik — O‘zbek xalq ertagi

Til haqida yangi she'rlar, eng chiroyli she’rlar to'plami

O‘tgan zamonda bir dehqon bo‘lgan ekan. Uning kambag‘al oshnasi bor ekan. Kunlardan bir kuni u dehqondan bir tanob yerini sotishni iltimos qilibdi. Dehqon yerning bir chekkasini kambag‘al oshnasiga sotibdi.
Yerni olgan odam bir qalin og‘aynisidan qo‘sh ho‘kiz olib kelib, yer haydayotganida, omochning tishi bir nimaga tegibdi. Dehqon parvo qilmay hayday beribdi. Qaytib o‘sha yerga kelganida omochning tishi yana haligi narsaga urilibdi. Kambag‘al dehqon: «Ilgari bu yerda daraxt bo‘lgan, uning to‘nkasi qolib ketgan shekilli», — deb o‘ylabdi.
U ketmon olib kelib, omoch tishiga qadalgan narsani kovlay boshlabdi. Nihoyat, u yerdan xumcha chiqibdi. Uni ochib qarasa, ichi to‘la tilla emish. Deh¬qon yerning qolgan qismini ham haydab, urug‘ sepibdi. So‘ng ho‘kizlarni egasiga topshiribdi. Xumchadagi tillani ko‘tarib, to‘g‘ri yer sotgan dehqon oshnasining uyiga boribdi. U oshnasiga:
— Sizdan olgan yerimni haydayotgan edim, mana shu xumchani topib oldim, ichidan tilla chiqdi. Uni o‘zingizga olib keldim, debdi.
Dehqon kambag‘alga:
— Men sizga yerni sotganman. Demak, u yerda nimaiki bo‘lsa, sizniki bo‘ladi. Men yer tagida nima borligini bilmaganman. Sizga xudo beribdi. Bola- chaqangiz bilan maza qilib yashang, — deb xumchani olmabdi.
Kambag‘al dehqon esa: «Bu boshqa kishining noni. Uni olsam, o‘g‘ri, jinoyatchi bo‘lib qolaman», deb o‘ylab, xumchani yana boy dehqonga uzatibdi. Ikka- lasi hech kelisha olmabdi.
Nihoyat, namozi asr o‘qilayotganda masjidga boradigan, u yerdagi odamlardan so‘rab, bu ishni hal qiladigan bo‘lishibdi…
Masjiddagilar: «Qishloqdagi yetim-yesir va bevabechoralarga bo‘lib beringlar», — deb maslahat berishibdi.
Bunga dehqon ham, kambag‘al ham rozi bo‘libdi.
Shunday qilib, ular tillani qishloqdagi beva-bechoralarga, kambag‘al, yetim-yesirlarga tarqatishibdi.
Kambag‘al dehqon esa o‘z mehnati bilan halol kun ko‘rib, murod-u maqsadiga yetibdi.


Жил-был один фермер. У него есть бедный друг. Однажды он попросил фермера продать поле. Фермер продал часть земли бедному другу.
Человек, купивший землю, привел двух быков от своего толстого брата и пахал землю, когда зуб плуга задел что-то. Крестьянин пахал, не заботясь. Когда он вернулся на то место, зуб плуга снова во что-то врезался. Бедный крестьянин подумал: «Кажется, здесь когда-то было дерево, а его ствол остался».
Он принес мотыгу и стал выкапывать то, что прилипло к лемеху. Наконец он выбрался оттуда. Когда он открыл его, он был полон золота. Фермер вспахал остальную землю и посеял семена. Затем он передал быков хозяину. Он взял золото у Хумчи и пошел к своему другу, крестьянину, который продал землю. Он сказал:
— Я пахал землю, которую купил у тебя, и нашел этот клочок земли, и из него вышло золото. Он сказал, что я привел его к вам.
Бедному фермеру:
— Я продал тебе землю. Так что все, что есть, твое. Я не знал, что было под землей. Бог дал тебе. «Повеселитесь со своим ребенком», — сказал он.
А бедный крестьянин сказал: «Это чужой хлеб. Если возьму, то стану вором и преступником», — подумал он и снова протянул хумчу богатому крестьянину. Эти двое не могли договориться.
В конце концов, он ходил в мечеть во время молитвы аср, расспрашивал там людей и решал проблему…
В мечети посоветовали: «Отдайте сиротам и вдовам в деревне».
На это соглашались и крестьяне, и бедняки.
Таким образом, они раздавали золото вдовам, беднякам и сиротам в деревне.
И бедный фермер честно зарабатывал своим трудом и достиг своей цели.

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: