Jaloliddin Rumiy hikmatlari, eng sara hikmatlar to’plami

Jaloliddin Rumiy (1207-1272) — atoqli tasavvuf shoiri va mutafakkiri, «Masnaviy» nomli shoh asar muallifi.


Ne’matga shukr etish o‘sha ne’matning o‘zidan ham yaxshiroqdir.
   
Agar sening ko‘ngling bo‘lsa, ko‘ngil Ka’basini tavof ayla.
   
Ruh va nafs Majnun va uning tuyasi kabi bo‘lib, biri olg‘a, ikkinchisi orqaga ketishni istaydi.
   
Qanday bo‘lsang, shunday ko‘rin, qanday ko‘rinsang, shunday bo‘l.
   
O’lim yo‘lda turib, bizni kutmoqda. Inson esa sayr qilish va umrni behuda sarflash bilan ovora.
   
Sharq Haqni topdi, dunyodan kechib,
G’arb dunyo topdi, Allohdan kechib.
   
Dunyo havasi Allohdan g‘ofil qolishdir.
   
Haddidan oshmasin orzuning ko‘pi,
Tog‘ni ko‘tarolmas bir somon cho‘pi.
   
Ey inson, qo‘llaringdagi zanjirlarni yech, hur bo‘l! Tokay oltinning, zeru zabarning asiri bo‘lasan?!
   
Ey inson, bu olamdagi junbush va dabdabaga aldanma! Uyquda ko‘rgan tushingda vujuding qiyma-qiyma bo‘lsa ham, qo‘rqma! Zero, bu dunyo bir uyqudan ibodatdir.
   
Har sabrning oxiri zafar,
Har achchiqning ketidan shakar.
   
Go‘zallarning yuzi ko‘zguda go‘zal ko‘rinadi, in’om va ehsonning go‘zalligi esa faqir va g‘ariblar ila bilinadi.
    
Ey, birov qasdiga choh qazgan inson,
Oqibat o‘zingga qo‘yasan qopqon.
    
Umr ertangi kun orzusi bilan yashash, g‘ofillik bilan janjal-suron qilish, joningni ayamay mehnat qilish bilan tugab boradi.
   
Ajal bilan yuzlashmasdan oldin beriladigan har narsangni berib qolishing lozim.
   
Kumushning tashqi ko‘rinishi oppoq bo‘lsa ham, qo‘lda va cho‘ntakda ko‘p ushlansa, qora yuqtiradi. Shunga o‘xshash ba’zi odamlarning so‘zlari zohirida kumush kabi porloq va toza ko‘rinsa ham, lekin qayg‘u va zarar keltiradi.
   
Kimsaki tark ayladi o‘z aslini,
Qayta izlar ro‘zg‘orin vaslini.
   
Agar bizni va roziligimizni istasang, buning ko‘ngillarni ishg‘ol qilish bilan amalga oshishini unutma!
   
Payg‘ambarlar va ularning vorislari — avliyolar, ya’ni komil inson bo‘lganlar bashariyat niqobi bilan o‘ralgan quyoshlardir. Ularning himoyasida bo‘lki, senga doim yomonlik qiladigan nafsingning qo‘lidan qutulasan.
   
Sizga uzatilgan hamma qo‘lni tutavermang, chunki inson niqobidagi necha shaytonlar bordir.
   
Agar baxt-saodat istasang, g‘urur, manmanlikdan yiroq bo‘l, hikmatli so‘zlarni sokinlik bilan tingla, takabburlik, adovat, ginachilikdan hazar qil. Qayg‘u-alamlar ustingga hujum etsalar, bu hujumlarga o‘z adabsizliging sababchidir.
   
Manmanlik va g‘urur botqoqligining quritilishi uchun bir murshidi komilning himmat va fayzi zarur.
   
Agar sening ko‘ngling bo‘lsa, ko‘ngil Ka’basini tavof ayla.
   
Ey salomatlikni, tinch va rohatda umr kechirishni istagan odam, odobga xilof so‘zlashdan, mag‘rurlik, takabburlikdan hazar qil. Hasad, ig‘vodan qalbing pok bo‘lsin.
   
Kimki do‘stlikni xor aylabdi, uni qismat jazolagay — chiqib tutuni.
   
Donoga yondoshgil, qoch nodondan san,
Hatto u xavflidir dono dushmandan.
   
Ablah do‘st dushmandan yomondir, yomon ne hiylani bilsa, ishlatar oson.
   
Oqil do‘sti bor kishining oynaga ehtiyoji yo‘qdir.
   
Ona haqqiga diqqatli bo‘l, uni boshingga ko‘tar. Zero, onalar to‘lg‘oq mashaqqatini chekishni bo‘yinlariga olmaganlarida chaqaloqlar dunyoga kelish uchun yo‘l topolmas edilar.
   
Ming xil odobni ishqdan o‘qir jon,
Ularni maktabdan topolmas inson.

Manba: islom.ziyouz.com

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz