Yoshlikning siri (ibratli hikoya)

Til haqida yangi she'rlar, eng chiroyli she’rlar to'plami

Uzoq yillar oldin bir qishloqda toʻqson yoshli chol yashardi. Yoʻq, uni chol deb boʻlmasdi. Yigitlarday bardam va oʻktam edi. Uni koʻrganlar, tanigan-tanimaganlar yosh koʻrinishining siri nimada ekanini soʻrardi. Bunday paytlarda boboy mayin jilmayib qoʻyar, bir soʻz demasdi. Lekin soʻrovchilar koʻpayib borar, javob bermaslikning iloji tobora kamayardi. Axiyri, otaxon bu jumboqning yechimini aytishga qaror qildi.

Bir kuni bu sirga qiziquvchilarni mehmonga chaqirdi. Bundan xabar topganlar navqiron cholning uyiga daryoday oqib keldi. Katta ziyofat tashkil etildi. Taomlar yeyildi, sharbatlar ichildi, shirin suhbatlar qurildi. Biroq yoshlik siri haqida bir ogʻiz ham soʻz aytilmadi. Oʻtirganlar osh-nonga emas, boboyning ogʻziga mahtal boʻlib turgan bir paytda nuroniy otaxon kuymalanib yurgan kampirini chaqirib qoldi:

– Onasi, malol kelmasa, omborga kirib tarvuz olib chiqqin.

Choli kabi ochiq yuzli, farishtali bu kampir qilayotgan ishini shu zahoti tashladi, omborga yoʻl oldi. Zum oʻtmay bitta tarvuz koʻtarib chiqdi. Boboy tarvuzni chertib koʻrdi-da:

– Yoʻq, bu tarvuzing boʻlmaydi, boshqasini opchiq. Seniyam ovora qildim-da, – dedi.

Onaxon bir ogʻiz soʻz aytmay, yana ortiga qaytdi. Keyingi tarvuz ham boboyga yoqmadi:

– Yana ovora boʻlasan-da endi, onasi. Bu tarvuz ham yaramaydi. Mehmonlarga eng yaxshisini soʻyib beraylik, tanlab olib chiq, – dedi u.

Bu holat yana davom etdi. Beshinchi qatnovda olib chiqilgan tarvuzgina boboyga maʼqul tushdi. Tarvuz soʻyilib, dasturxonga qoʻyildi. Yigʻilganlar miriqib tarvuzxoʻrlik qilayotgan paytda otaxon soʻradi:

– Mening yoshligim siri mana shunda, bildilaringmi, qadrdonlar?

Hamma bir-biriga hayron boʻlib qaradi. Hech kim hech narsa eshitmadi-ku.

– Yoʻq, otaxon, hech narsa anglamadik. Tushuntiribroq gapiring, – deyishdi mehmonlar.

Boboy kuldi:

– Obbo, azamatlar-yey, – dedi u, – sezmadilaringmi, ayolim har gal bir xil tarvuzni olib chiqdi. Omborda bittagina tarvuz bor edi, xolos. Men unga: “Bor, boshqasini olib chiq”, deganim zahoti omborga yugurdi. Oʻsha tarvuzni qayta-qayta olib kelaverdi. Biror marta: “Ey inson, aqlingizni yeb qoʻyganmisiz?! Oʻzi bittagina tarvuz boʻlsa, nimaga meni yugurtiraverasiz”, deb norozilanmadi. Meni sizning oldingizda oʻngʻaysiz holatga tushirmadi. Shu paytgacha sogʻ, bardam va keng koʻngilli boʻlib yurganim uchun xotinimdan qarzdorman. Biz bir-birimizni boshqalarning oldida hech qachon qiyin vaziyatga tushirmaymiz. Oila ichidagi hech bir gapni tashqariga chiqarmaymiz. Doim bir-birimizni qoʻllab-quvvatlab, dardimizni boʻlishib, bir-birimizga koʻmaklashib kelganmiz. Oʻzaro muammolarimizni bir-birimizga aytamiz, birga hal qilamiz. Yaxshi-yomon har qanday holatda birga boʻlamiz.

Orif Tolib

“Ma’rifat” gazetasining 2015 yil 18 iyul sonida eʼlon qilingan.


Давным-давно в деревне жил девяностолетний старик. Нет, его нельзя было назвать стариком. Я был смелым и сильным, как мальчишки. Те, кто его видел, и те, кто его не знал, спрашивали, в чем секрет его моложавой внешности. В такие моменты дедушка мягко улыбался и не говорил ни слова. Но количество людей, задающих вопросы, росло, а возможность не ответить становилась все меньше и меньше. Наконец отец решил рассказать разгадку этой загадки.

Однажды он пригласил к себе в гости тех, кто интересовался этой тайной. Узнавшие об этом хлынули рекой в ​​дом старика. Была организована большая вечеринка. Еда была съедена, соки выпиты, милые беседы велись. Но ни слова не было сказано о секрете молодости. В то время, когда сидящие опьянели не от еды и хлеба, а от дедовских уст, просвещённый отец позвал свою горящую старуху:

— Матушка, если тебе не лень, сходи в сарай и возьми арбуз.

Эта старушка, с открытым лицом, как у чоли, с ангельским лицом, тут же бросила то, что делала, и пошла на склад. Вскоре вышел единственный арбуз. Дедушка постучал по арбузу и сказал:

— Нет, этого арбуза не будет, открой другой. «Я был занят с вами,» сказал он.

Она Хан повернулась, не сказав ни слова. Следующий арбуз тоже не понравился дедушке:

— Ты снова будешь занята, мама. Этот арбуз тоже не годится. «Давайте зарежем лучших для гостей и вывезем», — сказал он.

Эта ситуация снова продолжилась. Дедушке понравился только арбуз, вывезенный в пятую поездку. Арбуз разрезали и поставили на стол. Пока собравшиеся ели арбуз, отец спросил:

— Это секрет моей молодости, знаете ли, мои дорогие?

Все посмотрели друг на друга с удивлением. Никто ничего не слышал.

— Нет, отец, мы ничего не поняли. Объясните подробнее, сказали гости.

Дедушка засмеялся:

— Обба, дорогая, — сказал он, — разве ты не заметил, что моя жена каждый раз приносила один и тот же арбуз? На складе был только один арбуз. Как только я ему сказал: «Иди возьми еще один», он побежал в сарай. Он снова и снова приносил этот арбуз. Однажды: «О человек, ты с ума сошел?! «Если есть только один арбуз, почему ты все время заставляешь меня бегать?» он не возражал. Не опозорил меня перед тобой. Я обязан моей жене сохранить меня здоровым, сильным и волевым. Мы никогда не унижаем друг друга перед другими. Мы ничего не раскрываем внутри семьи. Мы всегда поддерживали друг друга, разделяли нашу боль и помогали друг другу. Мы рассказываем друг другу о своих проблемах и решаем их вместе. Мы будем вместе в любой ситуации, хорошей или плохой.

Ариф Талиб

Он был опубликован в номере газеты «Марифат» от 18 июля 2015 года.

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz