Oydin kechalarda (realistik hikoya)

Oydin kechalarda (realistik hikoya)
Til haqida yangi she'rlar, eng chiroyli she’rlar to'plami

 (Hikoya)

Zaynab kampir bir narsadan cho‘chub uyg‘ondi. Oppoq oydin, oy kampir yotqon so‘richaning qoq o‘rtasidan unda-munda bitta-yarimta uchragan oq bulutlarni yorub shoshub o‘tub borar edi.

Kampir u yoq-bu yog‘ig‘a yaxshilab qarab, oydinda hech bir qora-mora uchratmagandan keyin yana bolishg‘a boshini qo‘ydi.

Uyqusi o‘chub ketganlikdan endi ko‘ziga uyqu kelmay o‘z yoshig‘a, o‘z davrig‘a munosib bo‘lg‘on xayollar ichiga ko‘muldi. Ul pilta savat, ko‘rpa qavuq ipdan tortub bu yil pilladan chiqaturg‘on ipakkacha»dunyoning barcha g‘amini» o‘ylab oldi.

Endi biroz uyqusi ham kela boshlab, ko‘zlari sekin-sekin suzula, qo‘llar bo‘shashub cho‘zula ketdilar. Tuni bo‘yi chopishub, hurushub, yugurishub chiqg‘on itlar tovushi sekin-sekin yo‘qola boshladi. Eshonchaning hovuz bo‘yidag‘i tollaridan turub hasrat va qayg‘ularini har kecha o‘qiyturg‘on bulbul bugun juda erta to‘xtadi.

Go‘riston va mozorlardagina bo‘laturg‘on chuqur bir jimlik…

Kampir yumulub borg‘on ko‘zlarini birdan ochdi: yaqin bir yerdan hasratlik, ko‘ngul buzoturg‘on bir yig‘i tovushi eshitilar edi.

Bu kim? Kechalari uxlamasdan yig‘lab chiqg‘uchi kim? Hamma tinch va rohat uyqug‘a tolg‘on bir zamonda qalbini yaralab yig‘lag‘uchi qanday baxtsizdir?

Kampir yig‘lag‘uchining kim ekanini bilmas edi.

Qo‘shnilardan qaysi birisining kelini yo qizi ekan?

Xadicha otinning kelini desa, bugun uning o‘rtoqlari kelub ikki xuftongacha o‘yun-kulgu qilishdilar. Salomatxonning qizi desa, qishloqg‘a chiqub ketgan edi, hali kelguncha yo‘q. O‘z kelinining bo‘lsa yig‘layturg‘on joyi yo‘q…

Kim ekan bu?

Yo havli tomonga parilar kelishdimikin?

Parilar o‘z qizlarining sochlarini bog‘-rog‘larda oydin kechalarda tarar emishlar va qizlari: «Ko‘b silliq qilsangiz kuyov olib ketib qoladir» deb yig‘lar emishlar.

Yo‘q… Ajina qizi, pari qizi mundog‘ yig‘lamas emish. Yig‘lasa juda g‘alati bo‘lur emish…

Yana diqqat bilanrak quloq soldi. Tovushi tanish bir xotunning tovushi kabi edi…

Qo‘shnining kelinidir, deb o‘ylaydi.

Oh, bechora, qandog‘ g‘amlari bordir?

Mana, kampirning o‘z kelini, uy-joyi, kiyim-kechagi — hamma narsalari tayyor… Novdadek kuyov yonida… Yana hech uy-ro‘zg‘or ishini qilmaydi. Mundog‘ yomon qiz bo‘ladimi?

Olmay Qodirjon o‘lsun. Bermay otasi, O‘sdirmay onasi!.. Shuning uchun bu kun xo‘b adabini berdi, xo‘b yig‘latdi… Yig‘i to‘xtalmag‘ondan so‘ng sekingina o‘rnidan turdi, uvalashib ketib ko‘rpalar orasida ko‘mulub yotqon lokisini olib to‘g‘rig‘ina boshig‘a soldi-da, so‘ridan tushdi… Yig‘i kelgan tomong‘a biroz quloq bergandan so‘ng sharpasizgina yalangoyoq yurdi. So‘rining chab biqinidag‘i kichkina darichaning teshigidan qarag‘on edi, kelinning uyida chirog‘ o‘chmagan…

Hayron bo‘ldi:

Voy, bu nimasi? Kelinchak shu choqg‘acha yotmag‘on ekanmi?

Yig‘i biroz yana qizg‘onchlanib, biroz yana o‘ksiklanib davom etar, xotunning tovushi kesilib-kesilib, hiqqi tutqon kabi chiqar edi. Yana diqqat bilanrak tingladi: bu yig‘i kelinchakning uyidan eshitilgan kabi bo‘lar edi…

Yuragi o‘ynadi.

Darrov darchani ochib u havliga kirdi, oyog‘ining uchi bilan bosib kelib, sekingina kelinining uyiga yaqinlashdi.

Yig‘i uydan eshitilar edi.

Yana quloq berdi.

Tovush kelinining tovushi edi.

Shundan keyin kampir hech o‘ylab turmasdan to‘g‘ri eshikni itardi, eshik ochuq edi, kirdi.

Ichkaridan:

—  Voy! Kim! Kim u? — deb bir horig‘on tovush chiqdi-da, tindi…

Yarim ovrupovori yig‘ishtirilg‘on bir uyda ikki kishilik katta sim karavotga yaxshi, qalin joy soling‘on. Pastgina bir javon ustida 20 nchi chirog‘ yonib turar edi.

Qizil shohi ko‘lmak (aslida shunday — D.Q) kiygan, qop-qora sochlari yerlarda sudralgan yosh kelin karavot yonida yig‘lab-yig‘lab qabarg‘on ko‘zlarini yengi bilan artib turar edi.

—  Kelin, kim u yig‘lag‘on?

— Kelin, siz yig‘ladingizmi?

— Nimaga indamaysiz? Qodirjon qani?

Kelin javob bermasdan, indamay o‘rnidan turdi.

—  Aylanay, kelin, nimaga yig‘ladingiz? Ayting, jon bolam!

Kelin to‘lg‘on-toshqon holda, kuchlik va qo‘rqinch bir tovush bilan «Onajon!» deb baqirdi va qayin onasi — kampirning quchog‘ig‘a otildi. Kampirning quchog‘ig‘a boshini tiqib olib, yana xo‘rsinib, yana to‘lib-toshib xiyla yig‘ladi.

—  Onajon, men kechalari uy poylash uchun kelin bo‘lub

keldimmi?

— Yo‘q, aylanay bolam, Qodirjon qani?.

Qodirjonni so‘ramang, onajon. Mana, kelin bo‘lib kelganimga bir yarim oydan oshqon bo‘lsa, shu bir yarim oyning ichida ikki kechagina birga bo‘ldik… Boshqa kunlarda har kecha kuta-kuta tong otdirib yuboraman. Shuncha kun chidab kelib-kelib mana bugun o‘z qadrimga o‘zim yig‘lab yubordim. Qandoq qilay? Men odam emasmi?.

Kampirning qarig‘on, qurug‘on ko‘zlariga yiroq-yiroq yerlardan ikki tomchi yosh keldi. Butun tanini, butun a’zolarini bosib, ezib, sidirib kelgan shu ikki tomchi yoshini yengi bilan artkandan keyin:

—  Otasi ham shundoq, qizim… — dedi.

Shu so‘zdan so‘ng ikkalasi ham uzoq vaqt jimjit bo‘lub qoldilar.

Kampirning ko‘z yoshi kabi zaharlik yuzlari uzulub tashlang‘on guldek so‘lg‘on. Toshdek qattig‘ bag‘ri ortiq darajada yumshag‘on, ko‘nglida kuchli marhamat hissi uyg‘ong‘on edi.

Kelinning qizarg‘on, charchag‘on, og‘ir qayg‘ig‘a tilmoch bo‘lub turg‘on ko‘zlariga tikilib qarab turg‘ondan so‘ng onalar muhabbati bilan ko‘zidan o‘pdi:

—  Endi sen menim o‘z qizim bo‘lding, endi senga sira ozor

bermayman. Endi sen ham kunduzgi ishlarni esingdan chiqarib

yubor! — dedi.

Kelin ko‘zlarida bir oydinlik, bir sevinch ko‘lankalari o‘ynag‘oni holda boshini ko‘tardi, ikki qo‘lini kampirning yelkasiga tashlab turub:

—  Onajon, men unga xafa bo‘lmayman. Menim yosh umrim,

guldek yoshligim kechalari sarg‘ayib o‘tmasa edi!.. — dedi.

Xuddi shu choqda ochiq turg‘on eshikdan o‘lgudek mast, tentiraklanib Qodirjon kelib kirdi. Uni ko‘rishlari bilan ikki alamzada birdan:

—  Ana, keldi! — deb yuboridilar.

Ularning bu jonli qarshi olishlariga javob o‘rnida Qodirjon:

—  Gde, gde moya Anna, gde moya Annushka? (Qani Anna,

qani meni Annaxonim, a?) — dedi va «gup» etib obrezga yiqildi…

1922

 


Muallif: Abdulhamid Cho’lpon


(История)

Старушка Зайнаб проснулась, испугавшись чего-то. Белая луна, луна спешила посреди старого спального места, пробиваясь сквозь белые облака, которые то тут, то там появлялись.

Старуха внимательно посмотрела на масло и, не найдя на луне черных следов, откинула голову на подушку.

С тех пор как сон его исчез, у него уже не было сна в глазах, и он погрузился в мысли, достойные его возраста и его времени. Он сделал кокон, корзину, одеяло и думал о «всех печалях мира» до того шелка, который выйдет из кокона в этом году.

Теперь его начало немного клонить в сон, его глаза начали медленно опускаться, а руки вытягивались. Звук собак, бегающих, лающих и бегающих всю ночь, начал стихать. Соловей, который каждую ночь читал с ив у пруда печали и печали Эшончи, сегодня остановился очень рано.

Глубокая тишина, которая бывает только на кладбищах и могилах…

Старушка вдруг открыла закрытые глаза: откуда-то поблизости доносился звук грустного, грустного плача.

Это кто? Кто плачет по ночам без сна? Как несчастлив тот, кто плачет со своим разбитым сердцем в то время, когда все мирно и мирно спят?

Старуха не знала, кто этот плакальщик.

У кого из соседей есть невестка или дочь?

Хадижа — невеста коня, сегодня пришли ее друзья и повеселились две ночи. Дочь Саломат-хана сказала, что ушла в деревню и до сих пор не вернулась. Негде плакать о своей невесте…

Это кто?

Феи пришли во двор?

Феи расчесывают волосы своих дочерей в садах лунными ночами, а их дочери кричат: «Если ты слишком пригладишь их, жених тебя увезет».

Нет… Девушка Аджины, фея не плачет. Будет очень странно, если он заплачет…

Он снова внимательно слушал. Голос был похож на голос знакомой женщины…

Он думает, что она невестка его соседа.

О, бедняжка, какие у тебя печали?

Вот у старухи невеста, дом, одежда — все готово… Она как ветка рядом с женихом… Никакой работы по дому она больше делать не будет. Будет ли она плохой девочкой?

Пусть Олмай Кадиржон умрет. Отец его не дал,мама его не воспитала!Поэтому он так хорошо себя вел в тот день,так много плакал.Он вынул закопанного среди деревьев спящего локи и положил прямо себе на голову и выбрался его рта… Немного прислушавшись, откуда он пришел, он пошел босиком без призрака. Было темно из-за дырки в маленьком окошке в левом углу дома невесты, свет не выключали…

Он был удивлен:

Вау, что это? Невеста еще не легла?

Крик стал более интенсивным, и он продолжал быть приглушенным. Он опять внимательно прислушался: как будто его крик доносился из дома невесты…Его сердце играло.

Он тотчас отворил окно и вышел во двор, на цыпочках тихо подошел к дому своей невесты.

Его крики были слышны из дома.

Он снова прислушался.

Звук был голосом его невесты.

После этого, не думая, старуха толкнула правую дверь, дверь была открыта, и вошла.

Изнутри:

— Ух ты! Кто! Кто он? — раздался ужасный звук, и он замолчал…

В доме в полуевропейском стиле есть хорошее толстое место для большой проволочной кровати на двоих. На низкой полке горела 20-дюймовая лампа.

Молодая невеста в красном платье (на самом деле D.Q.), с черными волосами, ниспадающими на пол, плакала и вытирала опухшие глаза рукавом.

— Невеста, кого он плачет?

— Невеста, ты плакала?

«Почему ты молчишь?» Где Кадиржан?

Невеста встала, не отвечая.

— Повернись, невеста, почему ты плакала? Скажи мне, моя дорогая!

Невеста, полная радости, кричала «Мама!» сильным и испуганным голосом. — закричал он и бросился в объятия своей свекрови, старухе. Он уткнулся головой в колени старухи, снова вздохнул и горько заплакал.

— Мать, я буду невестой за уборку дома ночью

я пришел

— Нет, дитя мое, где Кадиржан?

Не спрашивай Кадиржан, мама. Прошло уже полтора месяца, как я стала невестой, но за эти полтора месяца мы провели вместе всего две ночи… В остальные дни я просыпаюсь каждую ночь. Пережив столько дней, сегодня я оплакивал свою собственную ценность. Как это сделать? Я не человек?

Две капли слез упали издалека на старые, сухие глаза старухи. Утерев рукавом эти две капли слез, сдавивших, раздавивших и пропитавших все его тело, все его органы:

— Его отец такой, моя дочь… — сказал он.

После этого оба долго молчали.

Слезы старухи, как яд, лицо ее увяло, как сорванный цветок. Грудь ее, твердая, как камень, была чрезвычайно мягкой, и в ее сердце пробудилось сильное чувство доброты.

Взглянув в покрасневшие, усталые, тяжелые скорбные глаза невесты, она с материнской любовью поцеловала ее глаза:

— Теперь ты моя родная дочь, теперь мне тебя жаль

я не даю Теперь вы забываете о дневной работе

Отправь это! он сказал.

Невеста подняла голову со светом и радостью в глазах и положила обе руки на плечи старухи:

— Мама, я не буду на него обижаться. моя молодая жизнь

Если бы только ночи моей юности, как цветок, не пожелтели!.. — сказал он.

В то же время в открытую дверь вошел Кадирджон, пошатываясь и пьяный, как насмерть. Как только они увидели его, оба вдруг сказали:

— Вот! — Они отправляют.

Кадирджон ответил на их оживленный прием:

— Где, где моя Анна, где моя Аннушка? (Давай Анна

где я Аннахани, а?) — сказал он и «гуп» и упал на кровать…1922 г.

Автор: Абдулхамид Чолпан

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: