Qaldirg’ochlar bahorda keladi (realistik hikoya)

Qaldirg'ochlar bahorda keladi (realistik hikoya)

(hikoya)

Bu voqea Toshkentda yer qimirlagan o‘sha dahshatli unutilmas yilda bo‘lib o‘tgandi. Biz, yer qimirlashning qoq markazida, mashhur Qashqar mahallasida istiqomat qilardik. Yuz bergan tabiiy ofat tufayli uyimizning hamma yog‘i buzilib-yorilib ketib, bunday qaraganda xonalar but-butun turgan bo‘lsa-da, lekin yashash uchun mutlaqo yaroqsiz holga kelib qolgandi. Yaxshiyam, baxtimizga o‘sha kezlari iliq-issiq kunlar boshlanib ketdi, chodir tikib hovliga chiqa qoldik.

Albatta, odatdan tashqari bunday yashash sharoiti romantikaga ishqiboz bolalarga juda qo‘l keldi. Ayniqsa, ko‘ch-ko‘ronlarimizni yig‘ib hovliga chiqib olganimiz qizimiz Nodirada alohida qiziqish uyg‘otdi. Lekin qizig‘i shundaki, endigina oltinchi sinfga o‘tgan, har turli sarguzasht hikoyalarga qiziquvchi, biror gap bo‘lsa tagiga yetmasdan tinchimaydigan bu sersavol qiz avvaliga hazil-huzul qilib yurdi-yu, keyin el boshiga chinakamiga katta tashvish tushganligini tushunib, o‘zini xuddi kattalardek jiddiy tutadigan bo‘lib qoldi. Buning boshqa sabablari ham bor ekanki, unisi bizga keyin ma’lum bo‘ldi.

Esimda, uyimizning o‘rtadagi katta xonasining shiftiga qaldirg‘ochlar uya qo‘yishgandi. Bu ajoyib qushchalar har yili bahor faslining ma’lum kunlarida biznikiga uchib kelishar, o‘zlari qurgan inlarining u yoq-buyog‘ini «tuzatib», keyin o‘sha uyada yoz bo‘yi bemalol «istiqomat» qilishardi. Biz butun oilamiz bilan qaldirg‘ochlarga judayam o‘rganib qolgandik, ayniqsa, yakka-yu yagona qizimiz Nodira ularni juda sevar, bahor boshlandi deguncha qaldirg‘ochlar kelishini orziqib kutardi. Ba’zan qish cho‘zilib ketsa, kechikib qolayotgan vafodor do‘stlarini qo‘msab, havoning tezroq yurishib ketishini o‘zicha iltijo qilardi. Yer qimirlab, hamma narsa hovlida ochiq-sochiq yotgan, oilada besaranjomlik hukm surgan bir sharoitda Nodira o‘z qaldirg‘ochlarining taqdiri haqida o‘ylayotgan bo‘lsa ham ajab emas.

Mana, hamma narsani qish uyqusidan uyg‘otib, elga olam-olam gul, chechak, go‘zallik hadya etib ko‘klam boshlandi. Bahor uchun turli tabiiy ofatlar, yer qimirlash degan narsalar baribir, aloqasizdek…

Bir kuni tong bilan to‘satdan bahor jarchilari — qaldirg‘ochlar ham paydo bo‘lib qolishdi, go‘yo xonadonimiz to‘lib ketgandek, boshimizdagi tashvish biroz bo‘lsa ham kamaygandek tuyuldi bizga. Nodiraning esa quvonchi cheksiz edi.

Qaldirg‘ochlar kela solib shoshilgancha o‘z xonalariga kirib ketishdi, keyin tezda qaytib chiqib nimalardir deb chug‘urlasha boshladi. Goho eshikdan, goh ochiq derazadan kirib, butun xonada girdikapalak bo‘lib aylanishar, nima uchundir bezovta bo‘lib vijirlashardi. Xullas, o‘zaro «muhokama» bir necha daqiqa davom etdi-da, keyin qaldirg‘ochlar birpasda qayergadir g‘oyib bo‘lishdi, xonadonga jimlik cho‘kib, hamma yoq suv quygandek huvillab qoldi.

Biz, qaldirg‘ochlar tezda qaytib kelar, deb o‘yladik, ammo bir necha daqiqa o‘tgan bo‘lsa-da, ulardan darak bo‘lmadi. Nodiraning ruhi tushib ketdi, quvonchi tugab, ko‘ngli buzildi. Axir, shuncha yillardan beri bir xonadonda turib, bir-birovlariga o‘rganishib qolgan vafodor «do‘stlari» ketib qolgandi-da. Qiz qalbi ezilib, ginaxonlik qilgandek ham bo‘ldi: «Nahotki, boshimizga tashvish tushib, uylarimiz buzilib yotgan sharoitda qaldirg‘ochlar bizni tashlab ketishsa», o‘yladi Nodira. Oshxonada ovqat tayyorlayotgan onasining yoniga borib, arz-dodini ayta ketdi:

— Oyijon, menga qarang, axir endi nima qilamiz-a, qaldirg‘ochlar ketib qolishdi-ku…

— Voy qizim-ey, qayerga ham ketishardi, hozir qaytib kelishadi, — dedi onasi beparvo.

— Yo‘q, kelishmaydi, so‘zlashganlarini o‘zim eshitdim… — qizining gapiga onasi birdan xandon tashlab kulib yubordi:

— Voy qizim tushmagur-ey, gapiga qarang-a, qaldirg‘ochlar so‘zlashgan emish. Xo‘sh, ularning gaplarini qanday tushunding?

— Tushundim-da, o‘zim bilaman, ilgarigi yillardagidan ancha boshqacharoq chug‘urlashdi. Bilasizmi, oyijon, ular juda bezovta bo‘lishdi, ha, ishonavering…

— Uylarimiz ahvolini ko‘rib achinishgandir, qushlar juda ham sezgir bo‘lishadi.

—    Balki shundaydir…

Shu vaqt qaldirg‘ochlar qaytib kelib qolishdi. Endi ular uyga kirmay, ayvonda aylana boshlashdi. Keyin bilsak, ular o‘z rejalarini o‘zgartirib, uy masalasini boshqacharoq hal etishgan ekan. Katta tashlab, birdaniga ayvonning shiftiga in qurishga kirishib ketishgandi. Qarabsizki, «qurilish» ishlari tez sur’atlar bilan boshlanib ketdi, mohir «quruvchilar» charchash nimaligini bilmay, tong sahardan to kech qorong‘isigacha tinimsiz ishlashardi, arxitektor ham, quruvchi ham, shuvoqchi ham o‘zlari… Qaldirg‘ochlarning shunchalik jafokash, mehnatkash-ligiga tahsinlar o‘qiysan, kishi. Xullas, jafokash qushlarning igna bilan quduq qazigandek, o‘z uylari poydevorini asta-sekin qurayotganliklarini doimiy kuzatib borayotgan Nodira tabiiy ofatdan chetda qolmagan qushlarga rahmi kelar, «imorat»ning tezroq bita qolishini orziqib kutardi.

Shu orada shahar markazida moskvaliklar barpo etgan ko‘p qavatli yangi uy binosi bitdi-yu, bizga undan uch xonali kvartira berishdi. Nima ham qilardik, bir necha yillardan beri yashagan, yoshlik yillarimiz o‘tgan qadrdon xonadonimizni tashlab ketishga to‘g‘ri keldi. Yangi uyga ko‘chib ketayotgan bo‘lsak ham, har holda, yuragimiz uyushdi, ayniqsa, Nodira judayam bo‘shashib qoldi. Hamma-hamma bilan-ku, qiz tushmagur: «Qaldirg‘ochlar nima bo‘ladi», — deb turib oldi.

— Jon adajon, qaldirg‘ochlarni yangi uyga olib ketaylik, — deb ko‘ziga yosh oldi.

— o‘zing ko‘rib turibsan. Ular uy qurishyapti, shu yerda yashashlari kerak, — dedim uni yupatib.

— Axir biz ketsak, quruvchilar uyni buzishadi-yu, unda sho‘rliklar nima qilishadi?

Nodiraning savollariga javob bera olmaymiz, keyin yana uni yupatishga harakat qilamiz:

— Uy hali-beri buzilmaydi, ungacha qaldirg‘ochlar bemalol bola ochib, ularni katta qilib olishadi.

— Hammasidan xabarim bor, qo‘shnimizning qizi aytdi, bu yerlarga katta imoratlar tusharmish, qishga qadar bitar emish!..

—    Unday emas, har holda, kuzga qadar buzilmaydi.

—    Mayli, kuzgacha buzilmasin deylik, xo‘sh, yanagi yil bahorda qaldirg‘ochlar qayerga kelishadi?

— Ko‘rib turibsanki, qaldirg‘ochlar judayam aqlli qushlar, mana ular o‘zaro maslahatlashib, nurab turgan uyga kirmay bizni hovlida yashayotganimizni ko‘rib o‘z inlarini ayvonga qurishdi, bas, shunday bo‘lgach, yanagi yil bahorda yana qaytib kelishsa, albatta, o‘zlariga yarasha joy topib olishadi.

— Qayerdan topisharkin-a? — taajjublandi Nodira.

— Balki bizning ko‘p qavatli uylarimizga borishar.

— Rostdanmi-a, adajon, qani endi shunday bo‘lsaydi… — sevinib dedi Nodira.

Shunday qilib, oradan bir hafta o‘tgach, ko‘chlarimizni ortib yangi uyga ko‘chib ketdik. Eson-omon yangi uyga joylashib oldik. Keng, shinam qilib qurilgan, barcha sharoitlari, qulayliklari bo‘lgan qutlug‘ xonadonimiz hammamizga judayam yoqib tushdi. Hayotimiz o‘z iziga tushib ketdi.

Kunlardan bir kuni Nodira bilan birgalikda ba’zi bir zarur mayda-chuydalarni olib kelish uchun Qashqar mahallasidagi eski uyimizga yo‘l oldik. Hovliga kirishimiz bilan men ham, Nodira ham ayvondagi qaldirg‘ochlar qurayotgan uyaga qaradik. Qaldirg‘ochlar yo‘q edi, biz avvaliga hovli o‘rtasida turgancha, qaldirg‘ochlar «qurilish materiallari» tashiyotgan bo‘lsa kerak, hozir kelib qolishar, deb biroz kutdik. Lekin qushlardan darak bo‘lmadi, aftidan, ular «yangi uy» qurilishini chala qoldirib, allaqachon uchib ketishgandi…

Nodiraga qaradim, ko‘zlarini yerga tikkancha sukut saqlab turardi. Nodira ham qarab turganimni bildi-yu, ko‘zlaridagi namni bildirmaslik uchun yuzini chetga burdi. Ota-bola indamasdan huvullab yotgan bo‘sh hovlidan tezda orqamizga qaytib chiqib ketdik. Nima uchundir yuragim uzilib ketgandek tuyuldi, ko‘chib ketayotganda ham bunchalik xafa bo‘lmagan edim…

 


Muallif: Maqsud Qoriyev
Ma’lumotlarni rus tilida o‘qing👇
(история)

Это событие произошло в тот страшный и незабываемый год, когда в Ташкенте сотряслась земля. Мы жили в эпицентре землетрясения, в знаменитом районе Кашгар. Из-за стихийного бедствия все этажи нашего дома были повреждены и потрескались, а комнаты хоть и остались целыми, но совершенно непригодными для проживания. К счастью, в это время начались теплые деньки, и мы разбили палатку и вышли во двор.

Конечно, такие необычные условия жизни очень удобны для романтических детей. Наша дочь Нодира особенно заинтересовалась тем, что мы собрали нашу рассаду и вышли во двор. Но самое интересное, что эта любознательная девочка, только что закончившая шестой класс, интересуется всевозможными приключенческими историями, и не успокаивается, пока не докопается до чего-нибудь, он стал таким же серьезным, как взрослый. На это есть и другие причины, о которых мы узнали позже.

Помню, ласточки свили гнездо на потолке большой комнаты посреди нашего дома. Каждый год эти замечательные птицы прилетали к нам в дом в определенные дни весеннего сезона, «чинили» построенные ими гнезда, а затем комфортно «жили» в этом гнезде все лето. Мы и вся наша семья очень привыкли к ласточкам, особенно их очень любит наша единственная дочка Надира. Иногда, когда зима была длинной, он обнимал запоздавших верных друзей и молился про себя, чтобы погода поскорее установилась. Неудивительно, что Надира думает о судьбе своих ласточек в ситуации, когда земля трясется, во дворе все валяется, а в семье царит хаос.

Здесь все начало просыпаться от спячки, даря миру цветы, оспу и красоту. Для весны неактуальны различные стихийные бедствия и землетрясения…

Однажды неожиданно утром появились предвестники весны — ласточки, как будто наш дом был полон, и нам показалось, что тревога в головах хоть немного уменьшилась. И радости Надиры не было предела.

Ласточки торопливо вошли в свои комнаты, потом быстро вышли обратно и начали о чем-то болтать. Иногда они входили в дверь, иногда в открытое окно, и порхали по комнате, как бабочки, и почему-то беспокойно жужжали. Так, взаимная «беседа» длилась несколько минут, а потом ласточки куда-то исчезли, в доме стало тихо, и все опустело, как будто водой облили.

Мы думали, что ласточки скоро вернутся, но через несколько минут их не было видно. Дух Надиры пал, радость кончилась, сердце разбилось. после всегоразошлись верные «друзья», столько лет жившие в одном доме и привыкшие друг к другу. Сердце девушки было разбито, и она, казалось, чувствовала себя виноватой. Он подошел к матери, готовившей на кухне еду, и сказал:

— Эй, посмотри на меня, что мы теперь будем делать, ласточки пропали…

«О, доченька, куда бы они ни пошли, теперь они вернутся», — небрежно сказала мать.

— Нет, не согласны, я слышала, о чем они говорили… — вдруг расхохоталась мать на слова дочери:

«О, доченька, не падай, посмотри, что он сказал, говорят, что ласточки заговорили». Итак, как вы поняли, что они сказали?

— Я понимаю, знаю по себе, они сильно отличались от предыдущих лет. Знаешь, чувак, они были очень встревожены, да, поверь мне…

— Может быть, они пожалели состояние наших домиков, птицы очень чувствительны.

— Может быть, так…

В это время вернулись ласточки. Теперь они не вошли в дом, а стали ходить по крыльцу. Позже мы узнали, что они изменили свои планы и по-другому решили жилищный вопрос. Они вдруг стали вить гнездо на потолке крыльца. Видите ли, «строительные» работы начались быстрыми темпами, умелые «строители» не знали, что такое усталость, и трудились не покладая рук от зари до зари, сами архитектор, строитель, штукатур… Столько ласточек Вы хвалят за трудолюбие и трудолюбие, мужик. Так, Надира, постоянно наблюдавшая за тем, как птицы роют иголкой колодец, потихоньку возводя фундамент своего домика, жалела птиц, которых не обошла стороной стихия, и с нетерпением ждала «стройки». завершается в кратчайшие сроки.

Тем временем новый многоэтажный жилой дом, построенный москвичами в центре города, был достроен, и нам дали трехкомнатную квартиру. Что бы мы ни делали, нам пришлось покинуть родной дом, где мы прожили несколько лет и провели свою юность. Хоть мы и переезжаем в новый дом, в любом случае, наши сердца бьются, особенно Надира очень расслаблена. — Что будет с ласточками? — настаивала девочка.

«Джон, дорогой, давай возьмем ласточек в новый дом», — сказал он со слезами на глазах.

— сами видите. Они строят дом, они должны жить здесь, — утешал я его.

«Ведь если мы уйдем, то строители дом снесут, так что соленым людям делать?»

Мы не можем ответить на вопросы Надиры, и тогда снова пытаемся ее утешить:

— Дом еще не будет разрушен, до тех пор ласточки легко вылупятся и поднимут их.

— Я все знаю, — сказала дочь нашего соседа, — здесь будут строиться большие дома, и до зимы не протянет!—    Не так, во всяком случае до осени не сломается.

—    Ну, скажем, до осени не ломается, так куда ласточки прилетят следующей весной?

— Видишь ли, ласточки очень умные птицы, они посоветовались между собой, увидели, как мы живем во дворе, не заходя в освещенный дом, и свили себе гнездо на крыльце, конечно, подходящее место для себя найдут.

— Где вы можете найти его? Надира была удивлена.

— Может быть, они пойдут в наши многоквартирные дома.

«Право, Ададжон, я бы хотела, чтобы это было так…» радостно сказала Надира.

Итак, через неделю мы собрались и переехали в новый дом. Мы благополучно заселились в новый дом. Нам всем понравилась наша просторная, уютная квартира со всеми условиями и удобствами. Наша жизнь зашла в тупик.

Однажды мы с Надирой отправились в наш старый дом в районе Кашкара, чтобы привезти необходимые мелочи. Как только мы вошли во двор, мы с Надирой посмотрели на гнездо, которое ласточки строят на крыльце. Ласточек не было, сначала мы стояли посреди двора и ждали некоторое время, думая, что ласточки могут нести «стройматериалы» и сейчас придут. Но от птиц не было и следа, видимо, они уже сошли со строительства «нового дома» и уже улетели…

Я посмотрел на Надиру, она молчала, опустив глаза в землю. Надира тоже знала, что я смотрю на нее, поэтому отвернулась, чтобы не показывать влагу в глазах. Мы быстро повернули назад и вышли из пустого двора, где молча лежали отец и сын. Почему-то мне казалось, что мое сердце разбито, мне никогда еще не было так грустно, когда я двигалась…

Автор: Максуд Гариев
[/spoiler]

This domain is for use in illustrative examples in documents. You may use this domain in literature without prior coordination or asking for permission.

More information...

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: