Dehqon va dehqonchilik haqida maqollar

Dehqon va dehqonchilik haqida maqollar

Arpa yotsa, ombor sol.

Arpaga — o’rim,
Bug’doyga — ko’rim.

Bedov boylovda semirar,
Qo’y-qo’zi — yaylovda.

Bir yil tariq eksang, bir yil shudgor qil.

Bir yil tut ekkan kishi
Qirq yil gavhar terar.

Bog’bon bog’ini tuzar,
Dehqon dalasin suzar.

Bog’bon bo’lsang, sarxar qil,
Dehqon bo’lsang, shudgor qil.

Bog’ni qishda ko’l qil,
Yozda cho’l qil.

Bug’doy olaman desang, qovun polga ek,
Paxta olaman desang — jo’xori polga.

Bug’doy eksang, kuzda ek,
Yaxshi haydab, bo’zga ek.

Bo’lsa agar oqliging,
Bilinmaydi yo’qliging.

Dehqon bo’lsang, roshida bo’l,
Cho’pon bo’lsang — qoshida.

Dehqon bo’lsang, shudgor qil,
Mulla bo’lsang, takror qil.

Dehqon bo’lsang, qoshida bo’l,
Sipoh bo’lsang — boshida.

Dehqon dehqondan qolsa, bir yilda yetar,
Cho’pon cho’pondan qolsa, qirq yilda yetar.

Dehqon — yer sultoni,
Cho’pon — yaylov sultoni.

Dehqon yoqqanda tinar,
Cho’pon — o’lganda.

Dehqon ishlab don sochar
Elga rizq yo’lin ochar.

Dehqon odam don sochar,
El-yurtiga non sochar.

Dehqon ekkanini yeydi,
Cho’pon — boqqanini.

Dehqon qorda tinar,
Cho’pon — go’rda.

Dehqonning rizqi yer bilan kuchiga bog’liq.

Dehqonning uyi kuysa-kuysin,
Ho’kizi o’lmasin.

Dehqonning o’zi kasal bo’lsa ham,
Ho’kizi kasal bo’lmasin.

Dehqonning xazinasi — yer,
Kaliti — ter.

Dehqonchilik — chilik-chilik,
Bo’lmasa — quruqchilik.

Yomon dehqon — yer qo’rir,
Yomon xotin — er.

Javdar joyiga tushsa, bug’doy bo’lar,
Bug’doy joyiga tushmasa, javdar bo’lar.

Jo’xori changda bitar,
Tariq — balchiqda.

Jo’xori eksang, tagiga ko’za botsin.

Kariz suvi — jon suvi.

Katta xirmon qizil bo’lsa, chori chiqmas.

Kosib tikkanini maqtar,
Dehqon ekkanini maqtar.

Kosibning qo’lidan dehqonning oyog’i halol.

Kurkurak ko’rmay, tok ochma.

Ovchining zo’ri sher otar,
Dehqonning zo’ri yer ochar.

Omoch seni to’ydirgay,
Omboringni to’ldirgay.

Omoch chiqdi — ko’moch keldi.

Paxtaga soya ham kerak emas,
Hamsoya ham.

Paxtadan echki o’tsin,
Jo’xoridan — tuya.

Pilla — tilla.

Pishgan qovun palakda yotmas.

Rosa ekkan soz olur,
Ola ekkan oz olur.

Sada soya berar,
Tol — xoda.

Sada eksang, soyasi bor,
Makka eksang — poyasi.

Sara urug’ — hosili bo’lug’.

Sen yerni yer qilsang,
Yer seni sher qilar.

Tani — tuproqdan, hosili — ketmondan.

Tarvuz — davo, qovun — sabo.

Terakning soyasi tagiga tushmas.

Tokni qirqmasang,
Qashqarga yetar.

Tol eksang, tagini ho’l qil,
Uzum eksang, tagini cho’l qil.

Tomiri ochiq daraxtga hamma shamol xavfli.

Toshsiz tog’ bo’lmas,
Ko’chatsiz bog’ bo’lmas.

To’qsonga borsang ham, tok ek,
Yuzga yetguncha, uzumini yeysan.

Uyqu kasal chaqirar.

Urug’ sepmay, ekin o’rmas.

Urug’ eksang, namga ek,
Namga ekmasang, tomga ek.

Uch oylik ko’kcha — boylik.

Xotin chiroyi — erdan,
Hosil chiroyi — yerdan.

Chumchuqdan qo’rqqan tariq ekmas.

Shaftolidan bog’ qilma,
Echkidan mol qilma.

Sho’rali yerda ekin bitmas.

Ega qo’li em bo’lar,
Siypalasa, yem bo’lar.

Ekin ekkan tekin yer.

Ekin ekmoq oson,
Suv keltirmoq qiyin.

Ekkan o’rar, qilgan topar.

Eksang terak, elga kerak.

El hayoti yer bilan,
Yer hayoti suv bilan.

Elda yurgan el tanir,
Choida yurgan yer tanir.

Erta ekkan butun olar,
Kechga qolgan — o’tin.

Erta ekkan xirmon qilur,
Kech ekkan armon qilur.

Yantoqdan yog’ chiqmas,
Jangaldan — bog’.

O’rmonga sher yarashar,
Dehqonga yer yarashar.

Qavsda ekkuncha, qovurmoch qil.

Qalpog’ingni qaytoqi qilguncha,
Qo’ylaringni bo’rdoqi qil.

Qarovsiz bog’ bo’lmas,
Qorsiz — tog’.

Qirq kun yoqqan yog’indan,
Yelib o’tgan suv yaxshi.

Qovun ekkan qovoq olmas.

Qor yerning — ko’rpasi,
Yomg’ir — yerning sho’rvasi.

Quruq yog’och yonar, so’nar,
Ho’l yog’ochdan hosil unar.

Qo’zining sarasi uzoqdan bilinar.

Hosiling kam bo’lsa,
havodan ko’rma.

Hosilning otasi — suv,
Onasi — yer.

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz