Tentak podsho — O‘zbek xalq ertagi

Bir tentakka otasidan podsholik meros qolibdi. U tentak gap-so‘zda yo‘q ekan. Biror yig‘ilishda gapirmoqchi bo‘lsa, maza-bemaza gaplarni gapirib qo‘yar ekan. Bundan vazirlari ko‘p o‘sal bo‘lishar ekan. Ular bir kuni maslahat qilishib, podshoga shunday deyishibdi:
— Taqsir, siz gap-so‘zga yo‘qsiz, doim yomon gaplarni gapirib qo‘yib, odamni o‘sal qilasiz. Endi shunday bo‘lsin, gapiradigan vaqtingizda bizning og‘zimizga qarab turing, gapingiz durust bo‘lsa, biz «him» deb qo‘yamiz, gapiraverasiz. Agar gaplaringiz yaxshi bo‘lmasa, kallamizni qimirlatib «yo‘q» deb qo‘yamiz, gapirmaysiz. Podsho:
— Yo‘q bo‘lmaydi, agar unday qilsalaring, men bilan gaplashgan odamlar, «Bu podsho hech gap bilmas ekan, vazirlarining gapi bilan ish tutar ekan», deyishadi. Boshqa yo‘lini topinglar! — debdi. Shunda vazirlar:
— Bo‘lmasa, siz taxtda o‘tirasiz, biz oyog‘ingizga ip bog‘lab, taxtning tagi bilan olib kelib ushlab o‘tiramiz. Durust gapirsangiz ishimiz bo‘lmaydi. Agar yomon gapirsangiz, sekin ipni tortib qo‘yamiz, — deyishibdi. Podsho bunga rozi bo‘libdi. Ertasiga vazirlaridan biri kelib:
— Taqsir, bir-ikkita elchi keldi, — debdi. Podsho:
— Ayt kirsin! — debdi. Ungacha podshoning oyog‘iga ip bog‘lab qo‘yishibdi. Elchilar ta’zim qilib kirib kelishibdi.
Podsho:
— Xo‘sh, nima xizmat bor? — deb so‘rabdi. Elchilar:
— Taqsir, bizning podshohimiz «tinchlik bo‘lsin» deydilar. Bizni, borib shahanshoh bilan «mamlakatning tinchlik, omonligidan gaplashib kelinglar», deb yubordilar, — deyishibdi.
Shunda podsho turib:
—Ha… Sizlarning mamlakatlaringizdagi mol, otlar yo‘g‘on-yo‘g‘on tezaklaydimi yoki mayda-maydami? — deb so‘rabdi. Vazirlar ipni bir tortib qo‘yishibdi. Kelgan elchilar «bu podsho nimaga bunday dedi», deb hayron bo‘lib turishibdi. Shunda bosh vazir ipni tortibdi-da, o‘rnidan turib:
— Ey, elchilar, agar mamlakatda tinchlik bo‘lsa, mol, otlar atrofga chiqib yaylovlarda durustroq o‘tlab, qorni ovqatga to‘ysa durustroq tezaklaydi. Agar mamlakat notinch bo‘lib tursa, shahardan tashqari chiqqan mollarni bosmachilar so‘yib yeb tursa, hech kim mol, otini tashqariga chiqarmay qo‘yadi. Unda mol, otlar ham tuzuk ovqat yemay, mayda-mayda tezaklaydi. Bizning podshomiz ko‘p dono odam bo‘ladilar. Sizlardan ot, mollarni qanday tezaklashini so‘rash orqali mamlakatingizning tinch-notinchligini bilmoqchilar,— deb arang to‘g‘rilabdi.
Elchilar javob qilganlaridan so‘ng podsho yana:
— Sizlarning yurtingizda xotinlar tez tug‘adimi? — deb so‘rabdi. Vazirlarning joni chiqib, ipni yana qattiqroq tortib qo‘yishibdi. Elchilar javob bermabdilar. Shunda-bosh vazir:
— Taqsirlar, agar mamlakatda tinchlik bo‘lsa, hamma tinch bo‘ladi, xotinlar ham vaqtida tug‘averadi. Agar mamlakat notinch bo‘lsa, hamma tashvishda qolib, bola ham odamlarning ko‘ngliga sig‘may qoladi. Xotinlar ham kam bola tug‘adi, bizning podshomiz mamlakatingizning tinch, notinchligini shundan ham bilmoqchi bo‘ladilar, — desa, elchilar bunga ko‘p qoyil qolib:
— Xotinlar ham to‘qqiz oyda bolalab turishibdi, taqsir! Shohlaring ko‘p seraql, dono odam ekanlar, — deyishsa, podsho turib:
— He, mana bu ip tortarlar bo‘lmaganida, menda bunaqa gapdan juda ko‘p edi, — degan ekan.


Щупальце унаследовало королевство от своего отца. Он не говорит глупостей. Когда он хочет выступить на собрании, он говорит забавные вещи. В результате многие из его министров вырастут. Однажды они посовещались и сказали королю:
— Таксир, ты мало говоришь, всегда говоришь гадости и злишь людей. Да будет так, смотрите нам в рот, когда говорите, если вы говорите правильно, мы скажем «его», а вы продолжите говорить. Если ваши слова нехороши, мы качаем головами и говорим «нет», а вы молчите. Король:
— Этого не будет, если вы так сделаете, люди, с которыми я разговаривал, скажут: «Этот король ничего не знает, он просто исходит из слов своих министров». Найдите другой способ! он сказал. Затем министры:
— Иначе сядете на трон, мы привяжем веревку к вашим ногам и проведем под трон. Если ты скажешь правду, нам нечего будет делать. Если ты будешь говорить плохо, мы будем медленно тянуть веревку», — сказали они. Король согласился. На следующий день пришел один из его министров:
«Таксир, прибыло несколько послов, — сказал он. Король:
«Впусти его!» он сказал. А до тех пор они привязали веревку к ноге короля. Послы поклонились и согласились.
Король:
— Итак, в чем дело? он спросил. Послы:
— Таксир, говорят, «мир нашему королю». Нас послали поговорить с императором о мире и безопасности страны.
Тогда король встал и сказал:
— Да… Крупный рогатый скот и лошади в ваших странах навозят крупно или мелко? он спросил. Министры дернули за ниточки вместе. Прибывшие послы недоумевали, почему царь так сказал. Тогда премьер дернул за ниточку и встал:
— Эй, послы, если в стране будет мир, то скот и лошади будут выходить и приличнее пастись на пастбищах, и приличнее испражняться, если они сыты пищей. Если в стране неспокойно, если скот за городом режут и едят налетчики, никто не выпустит свой скот и лошадей на улицу. В нем крупный рогатый скот и лошади не едят правильную пищу и мало-помалу испражняются. У нашего короля будет много мудрецов. «Они хотят знать мир и покой вашей страны, спрашивая вас, как привязывать лошадей и скот», — сказал он с трудом.
После того как послы ответили, царь снова сказал:
— Быстро ли рожают женщины в вашей стране? он спросил. Духи министров вышли наружу, и они затянули веревку еще туже. Послы не ответили. Затем премьер-министр:
— Таксиры, если в стране будет мир, всем будет спокойно, и жёны будут рожать вовремя. Если в стране неспокойно, все будут волноваться, и даже ребенок не будет нравиться людям. Жены также рожают мало детей, и наш король захочет знать, мирна ли ваша страна или неспокойна.
— Бабы тоже через девять месяцев рожают, это ты виноват!Когда они сказали, что ваши короли очень мудрые и мудрые люди, царь встал и сказал:
«Эй, если бы не эти нитедеры, у меня было бы много таких вещей», — сказал он.

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: