Boylar haqida maqollar

Boylar haqida maqollar

Boy bilan boy quda bo’lsa,
O’rtada yo’ig’a yurar.

Kambag’al kambag’al bilan quda bo’lsa,
O’rtada to’rva yurar.

Boy boyga boqar,
Suv soyga oqar.

Boy bolasi boydakkina,
Egarlab qo’ygan toydakkina.

Boy bor bo’lsa ham bermas,
Yo’q yo’q bo’lsa ham qarab turmas.

Boy buvaning oshi bor,
Ichi to’la toshi bor.

Boy bo’lib bezillaguncha,
Qul bo’lib qo’porib yur.

Boy ham boyga,
Xudo ham boyga.

Boyga yollangan molli bo’lmas,
Molli bo’lsa ham, holli bo’lmas.

Boyga ishonsang, boring ketar,
Xonga ishonsang — boshing.

Boyning bo’yni yo’g’on.

Boyning ishi — voy.

Boyning oshi — ko’zning yoshi.

Boyning og’zi qiyshiq bo’lsa ham, so’zi to’g’ri.

Boyning tuyachisi bo’lsang, quv bo’lasan,
Qo’ychisi bo’lsang, qui bo’lasan.

Boyning xo’rozi o’rdak olar.

Boyning xo’rozi ham tug’ar.

Yer — boyniki,
Suv — soyniki.

Yerning yirtig’i yo’q,
Boyning — tirtig’i.

Yog’i yo’q, qaymog’i yo’q, choyi qursin,
Xayri yo’q, ehsoni yo’q, boyi qursin.

Oy botsa ham, boy yotmas.

Oy chiqsa ham, boyga chiqsin,
Kun chiqsa ham, boyga chiqsin.

Og’zi qiyshiq bo’lsa ham,
Boyning o’g’li gapirsin.

Taassub qilma boyga,
Keting tegadi loyga.

Chorakor choraklab olar,
Boy akam — botmonlab.

Yangi boyda tinim yo’q,
Eski boyda — uyqu.

Qing’ir og’iz bo’lsa ham,
Boyning qizi er tanlar.

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz