Yer haqida maqollar

Yer haqida maqollar

Yer boyligi — el boyligi.

Yer deganing oltin qoziq,
G’ajib yesang, tugamas.

Yer — dehqon xazinasi.

Yer — don, dehqon — xazinabon.

Yer ichida oltin bor,
Qaziy bersang, topasan.
Bog’ ichida kumush bor,
Kavlaybersang, topasan.

Yer ola — yurt ola.

Yer olgan — er,
Yer sotgan — qora yer.

Yer ochganning baxti ochilar.

Yer siylaganni el siylar.

Yer-suv — bitmas kon.

Yer tekis — hosil tekis.

Yer to’ydirar,
O’t kuydirar.

Yer to’ymaguncha, el to’ymas.

Yer — xazina, suv — gavhar.

Yer — xamir, o’g’it — xamirturush.

Yer charchasa, hosil bermas.

Yer el bilan obod,
Yel yer bilan obod.

Yer qudrati — dehqon quvvati.

Yerga bersang — yer,
Bermasang, qora yer.

Yerga mehr — elga mehr.

Yerga oshatsang, osh bitar,
Oshatmasang — tosh.

Yerga rosh yarashar,
Qizga — qosh.

Yerga sochsang, yer beradi,
Yelga sochsang — el.

Yerga tushgan gul bo’lar,
O’tga tushgan — kul.

Yerga qarasang, bog’ bo’lar,
Ko’ngil ochilib, chog’ bo’lar.

Yeri boyning — eli boy,
Eli boyning — yeri.

Yeri semizning — eli semiz.

Yerini aldagan och qolar.

Yerni boqsang, boqadi.

Boqmay qo’ysang, qoqadi.

Yerni boqsang, elni boqar.

Yerni buzadigan ham suv,
Tuzadigan ham suv.

Yerni to’ydirsang, to’ydirar,
Chiroyini ochsang, kiydirar.

Zar bo’lmasa, zargar — xarob,
Yer bo’lmasa, dehqon — xarob.

Sen yerni yer qilsang,
Yer seni sher qilar.

Sho’rali yerda ekin bitmas.

El hayoti yer bilan,
Yer hayoti suv bilan.

Hosilning otasi — suv,
Onasi — yer.

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz