Chorvachilik haqida maqollar

Chorvachilik haqida maqollar

Yomon cho’pon tikonga berar,
Yaxshi cho’pon — do’konga.

Omochning o’n borgani —
Molaning bir borgani.

Sakkiz sigir asraguncha,
Bir govmish asra.

Semiz qo’y o’zini kanorada ko’rar.

Semiz qo’yning umri kalta.

Sigir olsang, sog’ib ol,
Sutin-moyin tatib ol,

Sigiri bor och qolmas.

Sigirli uyda sil bo’lmas.

Sigirning yeliniga qarama, yemiga qara.

Sinamagan sigirni sog’ish qiyin.

Sut bermagan sigir etga so’yilar.

Tuya tilini karvon bilar.

Tuyali boy — dunyoli boy.

Tuyali yerda tut bo’lmas.

Uypang joyda o’t bitar,
Unga yetguncha, mol ketar.

Uyutqisiz qatiq uyumas,
Achitqisiz — qimiz.

Cho’ponga — suhbat harom.

Cho’ponning tayog’i — otlining oyog’i.

Shishak so’ydim — pishak so’ydim.

Echki boqqan chorvador bo’lmas,
Shaftoli ekkan — bog’bon.

Echkisi ko’pning so’zi ko’p.

Eshak munchoq toj bo’lmas,
It uzumi tok bo’lmas.

Yung olaman desang, jaydari,
Boy bo’laman desang, hisori.

Yaxshi go’sht — yaxshi sho’rva,
Yaxshi sut — yaxshi qaymoq.

Qo’zichoqdan qo’y bo’lar,
Qulunchadan — toy.

Qo’y kerak bo’lsa, sunbulada qirq,
Jun kerak bo’lsa — mezonda.

Qo’y semizi — qo’ychidan.

Qo’y semirsa, qovurg’asi kichrayar.

Qo’y tug’ar, qo’zi bo’lar,
Yil o’tmay o’zi bo’lar.

Qo’y qassob qo’lida halol.

Qo’yni boqsang, qo’zilar,
Molni boqsang, buzoqlar.

Qo’yni o’t ichidan o’tkazma,
O’tni qo’y ichidan o’tkaz.

Qo’yni qo’y, Echkini so’y.

Qo’sh haydagan xo’p bilar,
O’z ishini ko’p bilar.

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz