Amaldorlar va podsholar haqida maqollar

Amaldorlar va podsholar haqida maqollar

Baqa eti go’sht bo’lmas,
Sipohidan do’st bo’lmas.

«Begim» deguncha beling sinar.

Bek gapirsa, bekniki ma’qul,
Xon gapirsa — xonniki.

Bek qursin,
Bek kelib qo’ngan uyning sho’ri qurisin.

Bekka yetguncha, beling sinar.

Bekka yetib bezillaguncha,
Qulga tegib qutulgan yaxshi.

Bekniki — bejog’lik,
Boyniki — tejog’lik.

Bekning kosasidan suv ichma.

Betkay ketar, bel qolar,
Beklar ketar, el qolar.

Buqaning molga sonligi yo’q,
Xo’janing — elga.

Goh — xudo-yu rasul,
Goh — nag’mayi usul.

Yer og’asi — xudo,
Suv og’asi — sulton.

Mingboshiga ming bersang, ming’irlar,
Yuzboshiga yuz bersang, yuz urar.

Muttahamdan gap so’rasang, berasi ko’p,
To’radan gap so’rasang, ertasi ko’p.

Odamning buzug’i ham qozi,
Buzg’unchisi ham.

Odamning to’rasi xushmas,
Otdan tushsa ham, egardan tushmas.

«01ing-oling» deganda,
Haromi yo’q eshonning.

«Bering-bering» deganda,
Oromi yo’q eshonning.

Pirim,
Pirimda qoldi bir mirim.

Piringning ham piri bor.

Podsho zolim bo’lsa, yurt to’zar,
Podsho odil bo’lsa, yurt o’zar.

Podsho taxtidan toysa,
Vaziri gado bo’lar.

Podsho fuqaro bilan podsho.

Podshoning kuragi uzun.

Podshoning qo’ltig’i keng.

Podshoning holi tang bo’lsa,
Gadoni axtarar.
Gadoning holi tang bo’lsa,
Xudoni axtarar.

Tekin sharobni qozi ham ichar.

Tuyaning dumi yerga tegar,
Xo’janing qizi erga tegar.

To’raga ishing tushsa, chaynamay yutar.

To’g’ri gap eshon-u qoziga yoqmas.

Xon bor yerda qon bor.

Xon boqdi — xudo boqdi.

Xon ko’p bo’lsa, yov ko’p bo’lar,
Bek ko’p bo’lsa, dov ko’p bo’lar.

Xon odillik qilmasa,
Xonumondan ayrilar.

Boy xayrlik qilmasa,
Bor molidan ayrilar.

Xon xonga yig’lar,
Xon — xotiniga.

Xon xondan qo’rqar,
Xon — xotinidan.

Xon qoshida qorang bo’lsa,
Qora kemang qirda yurar.

Xonni odil dedilar,
Xonumondan ayrildik.
Boyni xayrh dedilar,
Bor-u yo’qdan ayrildik.

Xo’ja ochdan o’lar,
To’ra — tomoqdan.

Xo’jadan qiz ohsh —
Patirdan qil olish.

Xo’jam dedim, belim sindi,
Belimgina emas, qo’lim sindi.

Xo’jamning qorni to’q,
Quli bilan ishi yo’q.

Xo’janing aqli tushdan keyin kirar.

Erkin qo’ysang xo’jani,
Yotib ichar go’jani.

Yantoqning yog’i yo’q,
Qozi, eshonning — sog’i.

O’ynashmagin amir bilan,
Amir urar temir bilan.

O’ynashmagin arbob bilan,
Arbob urar har bob bilan.

Qor boshiga qor yetar,
Xon boshiga xon yetar.

Qor yog’di deb sevinma,
Ayozlari bor.
Xo’ja keldi deb sevinma,
Niyozlari bor.
Qor yog’di deb suyunma,
Qirovlari bor.
So’fi keldi deb suyunma,
So’rovlari bor.

Qulluq qilsang to’raga,
Yiqilasan o’raga.

Qulni qui desang, o’lgisi kelar,
Bekni bek desang, kulgisi kelar.

Qo’ziqorin go’sht bo’lmas,
Domla-imom — do’st.

Hayvon o’lsa, qarg’a shod,
Odam o’lsa, mulla shod.

Hokim bo’lsang, xalqni bil.

Holingni hokimga ayt,
Bor-yo’g’ingni tashlab ket.

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz