Sohibqiron Amir Temur Markaziy Osiyo va unga qoʻshni boʻlgan yurtlarni birlashtirib, feodal tarqoqlikka barham bergach, Samarqandga tasarruf etilgan barcha mintaqa va viloyatlardan mashhur olim va hunarmanddarni toʻplay boshlagan. Uning maqsadi IX–X asrlarda boʻlgani kabi islom dunyosining ilmiy markazlari sifatida tanilgan Xorazm, Buxoro va Bagʻdoddagi “Bayt ul-hikma” ilmiy maktablari anʼanalarini Samarqandda tiklash boʻlgan. Poytaxtda samarqandga kelgan barcha olimlarga ijod qilishlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Saroyda – Amir Temur huzurida erkin ilmiy bahslar boʻlib, gʻolib chiqqan olim va shoirlar ragʻbatlantirilgan, sinovdan oʻtgan yirik olimlar yangi qurilgan madrasalarga mudarrislikka yuborilgan. Ilm-fanga, maʼrifatga eʼtibor balandligi bois oʻsha zamonning koʻpgina olimlari Samarqandga borishni oʻzlari uchun sharaf deb bilishgan. Shundaylardan biri Markaziy Osiyo falsafiy tafakkuri tarixida oʻchmas iz qoldirgan faylasuf Taftazoniydir. U 722 hijriy (1322) yilning safar oyida hozirgi Ashxabod shahri yaqinidagi Niso muzofotidagi Taftazon qishlogʻida tugilgan. Un olti yoshigacha ilohiyot fanlarini, arab tili, nutq sanʼati va mantiq ilmini oʻsha davrning mashhur olimlari al-Ijiy va mantiqshunos Qutbiddin ar-Roziy at-Taxtoniydan (1290–1365) oʻrganarkan, uning birinchi ilmiy asari esa Seraxs (Eron) olimlari orasida mashhur boʻlib, shu asari orqali madrasa mudarrisi huquqini koʻlga kiritgan. Shu davrdan boshlab u, qariyb 30 yil davomida Movarounnahr va Xuroson boʻylab koʻchib yurib, turli madrasalarda falsafa va mantiqdan dars bergan. Soʻngra Temur daʼvatiga binoan Samarqandga kelib, umrining oxirigacha shu shaharda ijod etib, Temur saroyidagi koʻpsonli ilmiy bahslarda faol qatnashgan. Manbalarda qayd etilishicha, Samarqandda yashagan mashhur faylasuf Mir Sayyid Sharif Jurjoniy va Taftazoniy oʻrtasidagi ilmiy bahslar juda keskin va qiziqarli oʻtgan.
Taftazoniyning islom falsafasi, kalom, mantiq, handasa, sheʼriyat va arab tili grammatikasi sohasidagi katta asarlari Movarounnahr va Xuroson shaharlarida keng tarqalgan boʻlib, eng mashhur asari “Tahzib al-mantiq va-l-kalom” bizgacha Jaloliddin Davoniy va Qurdistoniylarning sharhlari orqali, “Maqosid fi ilm al-kalom” yoki “Maqosid at-tolibin fi usul ad-din” (“Din asoslarini izlovchilarning maqsadlari”) asari esa muallifning oʻz sharhlari bilan birgaliqda yetib kelgan. Taftazoniy 1392 yilning 12 avgustida vafot etgan.
Taftazoniyning ilmiy merosi oʻrta asrlar fanining barcha sohalarini oʻz ichiga olgan boʻlib, Qurʼon tafsiridan boshqa asarlari arab tilida yozilgan. Bu asarlardan XIV – XVI asrning ikkinchi yarmigacha Movarounnahr va uning atrofidagi madrasalarda oʻquv qoʻllanmasi sifatida foydalanilgan.
Taftazoniy qirqdan ortiq asar yozgan boʻlib, bizgacha “Tahzib al-mantiq va-l-kalom” (“Mantiq va kalomga sayqal berish”), “As-Saʼdiya” (XIII asr oxiri va XIV asr birinchi yarmida yashagan Kotibiyning mantiqqa oid “Ash-Shamsiya” risolasiga yozilgan sharh), “Al-mutavvol” (“Keng talqin”), “Muhtasar al-maoniy” (“Kisqacha maʼnolar”), “Al-irshod al-hodiy (“Yoʻl boshlovchi rahbar”), “Al-maqosid at-tolibin” (“Tolibi ilmlarning maqsadlari”), “Risola fi zavoye al-musallas” (“Uchburchakning burchaklari haqida risola”) kabi asarlaridan tashqari oʻzidan oldin oʻtgan mutafakkirlar asarlariga yozgan sharh va hoshiyalari yetib kelgan.
Taftazoniy oʻz falsafiy qarashlarida tabiat hodisalari oʻrtasida sabab-oqibat munosabatlari mavjudligiga shubha qylmay, borliqning ana shunday munosabatlarini diqqat bilan tahlil etib, sabab va oqibatning muayyan turlarini ajratib koʻrsatadi. “Sabab – bu shunday narsaki, narsaning mavjud boʻlishi unga bogʻliqdir. Sabab ichki va tashqi koʻrinishlarga ega. Agar sababning muayyan belgilari oqibatga koʻchib oʻtsa, unda ichki sabab namoyon boʻlgan boʻladi, agarda buning aksi boʻlsa, unda tashqi sabab oʻzligini qoʻrsatgan boʻladi”.
Taftazoniy oʻzining “Tahzib al-mantiq va-l-kalom” asarida insonning xulq-atvoridagi iroda erkinligi masalasiga kengroq toʻxtaladi. Uning fikricha, har qanday olijanoblik va xayrli ishlar oʻz tabiatiga koʻra xudoning mohiyatidan kelib chiqadi va u hamma narsaning xoliqi sifatida xayr va sharofatning yaratilganligi sababdan insonlarni yomon xulq-atvordan tiyilib turishga chorlaydi. Yomon xulqlar, gunohlar insonga xos narsalar boʻlmasdan, ular faqat kishilarni sinash uchun yaratilgan. Shunday qilib, uning fikricha, xudo oʻz bandalariga ikki yoʻlni “taklif” etadi, yaʼni sharafli, xayrli faoliyat koʻrsatishni yoki nomatlub mashgʻulotlar bilan gunohga botishni, gunohga botish esa jazoga tortilishni keltirib chiqaradi. Mutafakkirning taʼkidlashicha, xudo tomonidan insonlarga koʻproq xayrli ishlar qilish buyurilgan, gʻayrisharʼiy ishlar insonning oʻz irodasiga bogʻliqdir. Shuning uchun xudo yomon xulq-atvorli insonlarni jazolaydi. Yomon xulq-atvorni qoralash xudoning irodasiga qarshi borish emas, chunki yomonlikni yer yuzida mavjudligi insonlarni poklikka chorlovchi sinovdir.
Bilish nazariyasida Taftazoniyning qarashlari ibn Sinonikidan farq qiladi. Ibn Sino narsa, hodisalar haqidagi maʼlumotlarni bilim deb qabul etgan boʻlsa, Taftazoniy ularni alohida his-tuygʻu va bilim oʻrtasidagi vositaviy bosqich deb tushunadi. Bilish jarayoni uch shartni taqozo etadi: 1) His-tuygʻu organlari va ashyolar oʻrtasida oʻzaro taʼsir; 2) Bu omillarning inson ruhi tomonidan qabul etilishi; 3) Aqliy bilish.
His-tuygʻuni esa tashqi hissiyot deb atab, ichki his-tuygʻu ham tashqi hissiyot asosida paydo boʻlishligini taʼkidlaydi. Narsalar toʻgʻrisida biror tushuncha hosil qilish his-tuygʻu uygʻotgan qiyofa orqali amalga oshishini koʻrsatib oʻtadi. Ashyolar va hodisalar mavjudligi tufayli ular uygʻotgan his-tuygʻu shakllaridan bilim shakllanadi. Chunki hissiyot moddadan, uning zaruriy sifatlari va aloqalari bilan birgalikda tashqi qiyofasinigina qabul qilib oladi. Shu sababdan mutafakkirning fikricha, hissiy tasavvurga ega boʻlish uchun moddaning boʻlishligi shartdir. Lekin aqliy, mantiqiy bilish esa moddiy asosdan ancha uzoqlashgan boʻlib, hissiy bilimlarga qaraganda yuqoriroq bosqichda hosil boʻladi.
Taftazoniy fikricha, mantiq-tafakkurdagi xatoliklardan xalos qiladigan vosita boʻlib, yangi bilimlar hosil qilish uchun zamindir. Mantiqiy bilish shakllari tasavvur va tasdiqdir. Biror ashyo yoki hodisani tasavvur etish va uning toʻgʻrisida hukm chiqarishda asosiy oʻrinni til bajaradi. Ong va uning belgisi nutq bilan bevosita bogʻlangandir. Biror ashyo yoki hodisa belgisi boʻlgan soʻzlar, biror-bir mazmun tufayligina qandaydir maʼno kasb etadi. Taftazoniy fikricha, mantiq fani mavhum mantiqiy ong bilan bogʻlangan boʻlib, tushuncha va hukmni ifodalovchi soʻzlar va gaplarni tahlil etadi.
Aql quroli orqali ashyolarni aks ettiradigan tushunchalarni taʼriflab, Taftazoniy oʻz oddiga shunday savol qoʻyadi: Tushunchalar qanday kelib chiqadi va shakllanadi? Taftazoniy aqlning tahliliy – xulosaviy qobiliyati (tahlilot) va shuuriy isteʼdodi (mafhumot) tushunchalar shakllanishi uchun asosiy yoʻl deb hisoblaydi. Uning taʼkidlashicha: “Faqat tahlilot va mafhumot vositasidagina ashyolar haqida muayyan tushunchalar hosil etish mumkin”.
Taftazoniyning ilmiy merosi Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlari ijtimoiy-siyosiy tafakkuri tarixida munosib oʻrin tutgan qadimgi yunon faylasuf va mantiqshunoslari maktabiga mansubdir. Ammo eramizdan oddingi ilmiy yutuqlar bilan chegaralanmasdan, sharq Uygʻonish davri yuksakliklaridan turib uni rivojlantirilganligi va yangi gʻoyalar bilan boyitilganligi diqqatga sazovordir. Taftazoniy Temur davridagi Samarqand ilmiy muhitida oʻsha zamon olimlari bilan birgaliqda samarali ijod etib, keyinchalik jahonshumul ahamiyat kasb etgan Ulugʻbek maktabini vujudga kelishiga zamin hozirlagan mutafakkirlardan biri boʻlib tarixda qoldi. U islom falsafasi boʻlgan kalomga mantiqiy xulosalarni tadbiq etib, uni kuchaytirdi va ilohiyotni ham jozibali fan sifatida rivojlanishiga katta hissa qoʻshdi. Uning asarlarining ilmiy qimmati hozirda ham oʻz kuchini yoʻqotgani yoʻq. Taftazoniyning ilmiy merosini oʻrganish tafakkurimiz tarixining zarhal sahifalarini boyitish imkonini beradi.
“Maʼnaviyat yulduzlari” (Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, Toshkent, 1999) kitobidan olindi.
Ma’lumotlarni rus tilida o‘qing👇
После того, как основатель Амир Темур объединил Среднюю Азию и соседние страны и покончил с феодальной раздробленностью, он стал собирать известных ученых и ремесленников со всех областей и провинций, приписанных к Самарканду. Его целью было восстановление в Самарканде традиций научных школ «Байт ул-хикма» в Хорезме, Бухаре и Багдаде, известных как научные центры исламского мира, как в IX-X веках. В столице все ученые, приехавшие в Самарканд, обеспечены всеми условиями для творчества. Во дворце — в присутствии Амира Темура проводились свободные научные диспуты, поощрялись победившие ученые и поэты, а великие ученые, выдержавшие испытания, направлялись преподавать во вновь построенные медресе. Благодаря высокому уровню внимания к науке и просвещению многие ученые того времени считали для себя за честь побывать в Самарканде. Одним из них является философ Тафтазани, оставивший неизгладимый след в истории среднеазиатской философской мысли. Он родился в месяц сафар 722 года по хиджре (1322 год) в селении Тафтазон провинции Ниса близ нынешнего города Ашхабада. До шестилетнего возраста он изучал теологию, арабский язык, риторику и логику у известных ученых того времени ал-Иджи и логика Кутбиддина ар-Рази ат-Тахтани (1290-1365), и его первая научная работа стала известной. среди ученых Серахса (Иран). Благодаря этой работе он приобрел право медресе мударриси. С этого периода он почти 30 лет путешествовал по Мовароуннахру и Хорасану, преподавая философию и логику в разных медресе. Затем по приглашению Темура он приехал в Самарканд, работал в этом городе до конца жизни, активно участвовал в многочисленных научных диспутах во дворце Темура. Согласно источникам, очень напряженными и интересными были научные споры между известным философом Мир Сайидом Шарифом Джурджани и Тафтазани, жившим в Самарканде.
Великие труды Тафтазани в области исламской философии, речи, логики, геометрии, поэзии и грамматики арабского языка были широко распространены в городах Моваруннахр и Хорасан. дин» («Цели тех, кто ищет основы религии») прибыл вместе с собственными комментариями автора. Тафтазани умер 12 августа 1392 года.
Научное наследие Тафтазани включало все области средневековой науки, а его труды были написаны на арабском языке, за исключением толкования Корана. Эти произведения использовались в качестве учебных пособий в медресе Мовароуннахра и его окрестностей с 14 по вторую половину 16 века.
Тафтазани написал более сорока произведений, в том числе «Тахзиб ал-мантик валь-л-калам» («Шлифовка логики и речи»), «Ас-Са’дия» (логика «Аш- Комментарий к трактату «Шамсия», « Аль-Мутавваль» («Широкое толкование»),«Мухтасар аль-ма’ани» («Краткие смыслы»), «Аль-иршад аль-хади («Ведущий вождь»), «Аль-макасид ат-талибин» («Цели ищущих наук»), « Risala fi zavoye al- Помимо таких своих работ, как «мусаллас» («Трактат об углах треугольника»), он также писал комментарии и заметки к произведениям мыслителей, прошедших до него.
В своих философских воззрениях Тафтазани не сомневается в существовании причинно-следственных связей между природными явлениями, тщательно анализирует такие связи бытия и выделяет определенные виды причин и следствий. «Причина есть то, от чего зависит существование вещи. Разум имеет внутреннюю и внешнюю стороны. Если известные признаки причины переносятся на следствие, то проявилась внутренняя причина, если наоборот, то проявилась внешняя причина».
Тафтазани в своей работе «Тахзиб ал-мантик ва-л-калам» больше останавливается на вопросе свободы воли в поведении человека. По его словам, все благородные и добрые дела по своей природе происходят от сущности Бога, и он, как творец всего сущего, призывает людей воздерживаться от дурного поведения из-за сотворения добра и добра. Плохое поведение и грехи не являются человеческими вещами, они созданы только для проверки людей. Таким образом, по его словам, Бог «предлагает» своим рабам два пути, то есть совершать благородные и добрые дела, либо впадать в грех через недостойные дела, и впадение в грех ведет к наказанию. Мыслитель говорил, что людям велено Богом совершать больше добрых дел, а дурные дела зависят от воли человека. Вот почему Бог наказывает людей за плохое поведение. Осуждение плохого поведения не противоречит воле Божией, потому что присутствие зла на земле – это испытание, призывающее людей к чистоте.
В теории познания взгляды Тафтазани отличаются от взглядов Ибн Сины. Если Ибн Сина принимал информацию о вещах и событиях как знание, то Тафтазани понимает их как промежуточную ступень между индивидуальными чувствами и знанием. Процесс познания требует трех условий: 1) взаимодействие органов чувств и предметов; 2) Принятие этих факторов человеческим духом; 3) Ментальное осознание.
Называя чувство внешним чувством, он подчеркивает, что и внутреннее чувство возникает на основе внешнего чувства. Он показывает, что формирование понимания вещей осуществляется через образ, вызывающий чувства. Благодаря существованию предметов и событий знание формируется из форм чувств, которые они вызывают. Потому что эмоция получает от материи только свой внешний вид вместе со своими необходимыми качествами и связями. По этой причине, по мысли мыслителя, наличие материи необходимо для чувственного восприятия. Но мысленно,а логическое знание далеко отстоит от материальной основы и формируется на более высоком уровне, чем эмоциональное знание.
По словам Тафтазани, это инструмент, избавляющий от ошибок в логике и мышлении, и являющийся основой для создания новых знаний. Логическими формами познания являются воображение и утверждение. Язык играет главную роль в представлении объекта или события и вынесении суждений о нем. Сознание и его знак непосредственно связаны с речью. Слова, являющиеся символами предмета или события, приобретают определенное значение только благодаря определенному содержанию. Согласно Тафтазани, наука логика связана с абстрактным логическим умом и анализирует слова и предложения, выражающие понятия и суждения.
Тафтазани, описывая понятия, отражающие объекты через орудие разума, ставит следующий вопрос: как возникают и формируются понятия? Тафтазани считает, что аналитическая и умозаключительная способность ума (анализ) и талант сознания (мафхумот) являются основным путем образования понятий. Он сказал: «Определенные понятия об объектах можно составить только путем анализа и понимания».
Научное наследие Тафтазани принадлежит школе древнегреческих философов и логиков, занявших достойное место в истории общественно-политической мысли народов Ближнего и Среднего Востока. Но примечательно, что она разрабатывалась и обогащалась новыми идеями с вершин восточного Возрождения, не ограничиваясь рядовыми научными достижениями. Тафтазани эффективно работал в научной среде Самарканда во времена Темура, вместе с учеными того времени, и остался в истории как один из мыслителей, подготовивших почву для создания школы Улугбека, получившей впоследствии всемирное значение. Он применил логические выводы к исламской философии калама, укрепил ее и внес большой вклад в развитие богословия как привлекательной дисциплины. Научная ценность его работ не утратила своей силы и сейчас. Изучение научного наследия Тафтазани позволяет обогатить золотые страницы истории нашей мысли.
Взято из книги «Духовные звезды» (Издательство «Общественное наследие» имени Абдуллы Кадири, Ташкент, 1999 г.).
[/spoiler]