Mirzo Abdulqodir Bedil hikmatlari, eng sara hikmatlar to’plami

Mirzo Abdulqodir Bedil (1644-1721) — ota-onasi Movarounnahrdan bo‘lgan hindistonlik shoir, «Komde va Mudan» dostoni, ruboiylari Sharqda mashhur.


Ilm insoniyat gavharidir.
    
Nodonlik ovining o‘ljasi hasrat,
Nodonlik bahorin yomg‘iri kulfat.
    
Shohlikdan, boylikdan aylama so‘roq,
Dunyo mashmashasi qalbida buloq.
    
Himmat kamarini bog‘lagan hamon,
Chumoli yengadi sherni begumon.
    
Qaerda hirs yonar betutun,
Odamiylik unga bo‘ladi o‘tin.
    
Mansab, boylik g‘amiga to‘lib-toshsa dil,
Faqir, notavonlarga xizmatda bo‘lgil.
    
Kim topolsa muhtoj bo‘lmaslik yo‘lin,
Fuqaro-yu shohga cho‘zmagay qo‘lin.
    
Osmon bo‘lsang, yerga egilmoq yaxshi,
Tuproq bo‘lsang, ko‘kka intilmoq yaxshi.
    
Kibru hasad bermas kishiga orom,
Odamni mensimay quvildi shayton.
    
Hayo tuxumin qo‘ldan bersa gar odam,
G’ayrat binosining qaddi bo‘lur xam.
    
Yo‘lbars ila sherni yenggan mard kishi,
Bo‘yin egib tursa, bu hayo ishi.
    
Adovat etakka tutashmasin, boq,
Jahonga o‘t qo‘yar misoli chaqmoq.
    
Bu xarobazorda istasang rohat,
Do‘stga qo‘shilib top dilga halovat.
    
Fitna qo‘zg‘atadi kina-adovat,
Oqillardan chiqsa battar qabohat.

Manba: islom.ziyouz.com

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: