O’z-o’ziga ishonchni shakllantirishning samarali usullari

Ўз-ўзига ишончни шакллантиришнинг самарали усуллари

Maqolada o’ziga bo’lgan ishonchsizlikni paydo bo’lish sabablari, o’ziga bo’lgan ishonchni shakllantirish usullari haqida so’z boradi.

O’z-o’ziga ishonchsizlik tabiati haqida

O’ziga bo’lgan ishonchsizlik qayerdan paydo bo’ladi? Biror bir sifatni shakllantirishdan oldin uning hosil bo’lish sabablarini o’rganish kerak. SHunda maqsadga erishish oson bo’ladi. Keling insonlarning o’ziga bo’lgan ishonchi yoki ishonchsizligi qanday paydo bo’lishini, uning sabablarini va tarkibini o’rganamiz.

Xo’sh o’ziga ishonch nima? O’ziga ishonch bu ota – ona, jamiyat, ustozlar, din, atrof – muhit tomonidan shuuriy ongimizga yozilgan dasturdir. Faqat bir dastur xolos.

O’ziga ishongan inson bo’lish uchun yoshligimizda shuuriy ongimizga yozilgan keraksiz dasturni (o’ziga ishonchsizlik dasturini) o’chirib tashlab uning o’rniga yangisini yozish kerak. Agar O’zbekistonda tug’ilgan yosh bolani 2-3 yoshida YAponiyaga olib ketib tarbiya qilinsa, avtomatik ravishda bu bola yapon tilida gaplashadigan bo’lardi. YA’ni unga yapon tilida gapirish dasturi ota-ona, jamiyat tomonidan kiritilgan bo’lardi. Xuddi shuningdek agar Fransiyaga olib ketilgan bo’lsa fransuz tilida, Xitoyga olib ketilgan bo’lsa xitoy tilida gapiradigan bo’lib voyaga yetgan bo’lardi.

Bularning hammasi dastur ekanligini yaqqol namoyon etish uchun quyidagi misolga nazar soling. Siz “Maugli” multfilmini yaxshi eslasangiz kerak. Hindiston tarixida yosh chaqaloqni bo’rilar galasi katta qilgan holat 60 martadan ko’proq qayd qilingan. Jungli o’rmonlarida adashib qolgan go’daklar bo’rilar orasiga kelib qolgan, va unga yoshligidan bo’rilarga xos dasturlar yozilgan. Natijada bu go’daklar katta bo’lganda ham inson tilida gapira olmagan. Ularning tanasi insonniki bo’lsada ularda bo’rilarga xos dastur o’rnatilgan bo’lgan. Natijada ular to’rt oyoqda yugurishgan, oyga qarab uvillashgan va umuman o’zlarini xuddi bo’rilardek tutishgan.

Siz o’ziga ishongan insonmisiz yoki ishonchi past insonmisiz bu Sizning shuuriy ongingizga yozilgan dasturga bog’liq. Qachonlardir ota-onangiz, jamiyat Sizni o’zini tutishning ma’lum bir modeliga mos qilib dasturlashgan, o’rgatishgan.

Endi yana bir misolni tinglang. Ma’lumki bizda biror inson vafot etganda uning yaqinlari chuqur qayg’uga botishadi, yig’lashadi. Hamma yaqinlar ma’yus holda uni so’nggi manzilga kuzatishadi. Lekin Malayziyadagi ayrim davlatlarda biror kishi vafot esa uning tobutini juda chiroyli qilib bezatishadi. Tobut ham goh samolyot ko’rinishida, goh avtobus shaklida goh yana allambalo narsalar shaklida bo’ladi. Hamma yaqinlar kulgan, xursand holda zig-zag shaklida harakatlanib uni so’nggi manzilga kuzatishadi. Bu xalqlar bunday paytda yig’lash mumkin emasligiga, aks holda yovuz ruhlar va yomon energiya marhum bilan u dunyoga o’tib ketishiga chin dildan ishonishadi. endi tasavvur qiling, bizni ham 3-5 yoshligimizda Baliga olib ketishganda va biz u yerning muhitida katta bo’lsak. Biz ham yaqinlarimiz vafotini kulgu bilan, xursandchilik bilan nishonlab ularni so’nggi manzilga kuzatgan bo’lardik. Xo’sh bu nima? Bu o’zni tutish modeli, bu jamiyat tomonidan kiritilgan dastur.

YUqoridagi misollar bilan shuni aytmoqchimizki, aziz o’quvchi, Siz ham jasur, qo’rqmas, o’ziga ishongan insonsiz. Faqat qachonlardir Sizga o’z kuchiga bo’lgan ishonchsizlik, qullik dasturlarini kiritishgan xolos.

Har bir insonda kuchli ruhiyat, jasorat va o’z kuchiga ishonch yashaydi. Faqat shu kungacha Siz o’z kuchingizga bo’lgan ishonchni mashq qildirmagansiz, buning uchun qanday mashqlarni bajarishni bilmagansiz. Qanday qilib o’z kuchiga ishongan, qo’rqmas, jasur inson bo’lish mumkin, agar Siz bu ishlar bilan mashg’ul bolmagan, bu sifatlarni mashq qildirmagan bo’lsangiz. Axir suzmay turib suzishni o’rganib bo’lmaydiku. O’qishni o’rganmay turib kitob o’qiy olmaysizku.

O’ziga bo’lgan ishonchni shakllantirish uchun tavsiyalar

Hammaga ma’lumki o’ziga ishongan inson o’ziga ishonmagan isonga nisbatan juda katta imkoniyatlarga ega. Bu o’ziga bo’lgan ishonchni mash qildirgan, tayyorgarlik ko’rgan inson mashq qilmagan insonga qaraganda juda katta ustunlikka ega deganidir.

Nega insonlarning o’ziga bo’lgan ishonchi past? CHunki ular mashq qilmagan. Ularga hech kim o’ziga bo’lgan ishonchni qanday mashq qildirishni o’rgatmagan. Ularning shuuriy ongida o’ziga bo’lgan ishonchsizlik, ojizlik, qullik kabi keraksiz dasturlar o’rnashib olgan. O’ziga ishongan inson bo’lish uchun o’zni qayta dasturlash kerak bo’ladi. Buning uchun eng avvalo o’zingizning ishonchsizligingizga, ojizligingizga e’tibor qaratishdan to’xtang. O’z qalbingizning, xarakteringizning salbiy jihatlariga qancha ko’p e’tibor bersangiz, ular shunchalik sezilarli bo’lib boradi va Siz ularga shunchalik ko’p kuch sarflashingizga to’g’ri keladi. Bu borada eng to’g’ri yo’l – o’zingizdagi ishonchsizlikka, qo’rqoqlikka, ojizlikka va qo’rquvga e’tibor bermaslik kerak. Butun e’tiboringizni o’zingizga bo’lgan ishonchni, ustunligingizni mashq qildirishga, o’zingizning kuchli qobiliyatlaringizni yanada rivojlantirishga, mashq qildirishga qarating.

O’ziga bo’lgan ishonchni rivojlantirish uchun mashqlar

Inson miyasining juda ajoyib xususiyati bor. Bizning miyamiz bir vaqtning o’zida faqat birgina o’yni xayolimizda ushlab tura oladi. YA’ni bir vaqtning o’zida ham yxshi ham yomon narsalar haqida o’ylay olmaymiz. Miyaning bu xususiyatini yaxshi tushinib olib undan unumli foydalanish kerak. Aks holda u bizning zararimizga ishlaydi. Bu holatni ushbu misol bilan tushintirishga harakat qilaman. Deylik Siz o’zingizdagi ojizlikni yo’qotmoqchisiz. Ko’pchilik bunday vaziyatda: O’z ojizligimni qanday yo’qasam bo’ladi? Ojizlikni yengishning qanday choralari mavjud? Ojizlikka qarshi qanday samarali usullar mavjud? Degan savollarni o’z oldiga qo’yadi va o’z ojizligi bilan kurasha boshlaydi. Natijada unga bu kurashda mag’lubiyat kafolatlangan bo’ladi. Nega? Bu juda oddiy. Tasavvur qiling ojizligingiz haqida oylaganda o’zingizni ojiz sezasizmi yoki kuchli? Albatta ojiz. CHunki ojizligingiz haqida o’ylaganda miyangiz unga mos his tuyg’ularni xotiradan olib chiqadi va Siz kuchingiz sezilarli ravishda pasayib ketganligini his etasiz, sezasiz. Bu haqda qancha ko’p o’ylasangiz shuncha ko’p kuch, enrgiya yo’qotasiz. Axir Siz limonni chaynayotganimni o’ylaganda so’lak ajralmasligiga erishishim kerak deb maqsad qo’ymaysizku. CHunki bu haqda o’ylashning o’ziyoq so’lak ajralishiga sabab bo’laveradi. Uning o’rniga: Qanday qilib yanada kuchli bo’lish mumkin? Mening kuchli jihatlarim nimada va ularni qanday qilib yanada rivojlantirishim mumkin? Bunig qanday samarali yo’llar mavjud? Degan savollarni bersangiz to’g’ri yo’nalishga tushib olasiz. Uning yordamida Siz har doim o’z kuch va quvvatingizni faqat kerakli jihatlarni rivojlantirishga qarata oladigan bo’lasiz.

Foydalanilgan adabiyot

Maqolani tayyorlashda SHuhrat eshmurodovning “O’ziga ishongan inson bo’lish sirlari” kitobidan foydalanildi.

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: