Jinlar bazmi (mistik hikoya)

Jinlar bazmi (mistik hikoya)

Otam bu hikoyasini boshlagan vaqtda mening vujudimni qo’rquv o’rab olar edi-da, ichimdan: «Meni ham shunday jinlarga yo’liqtirma» deb tangriga yolborib qo’yar edim.

Kecha xolam bizning uyga mehmon bo’lib kelgan edi. Kechasi oshdan keyin otam, oyim, xolam uchovlari choy ichishib o’ltirar va o’tgan-ketgandan so’zlashar edilar. So’z aylanib kelib yana o’sha jinlar, parilar, devlar to’g’risida to’xtadi. Otam bo’lsa, o’zi ko’rgan «jinlar bazmi»ni so’zlashdan yana tiyilolmadi. Otamning bu hikoyasi, yuqorida so’zlaganimcha, mening uchun ortiqcha vahimalik bo’lganidan, darrov o’rnimga kirib, ko’rpamga burkanib yotib oldim. Otam menga bir kulib qaradi-da, «jinlar bazmi»dan so’z ochdi:

–Yangi uylangan vaqtlarim edi. Tirikchilik bilan ovora bo’lib, bog’ning poyasiga o’z vaqtida qarolmadim. Bir kun payt topib bog’ga bordim, tok juda ham o’sib ketgan, bardidan hatto ikki qarichgacha o’sib chiqqan edi. Shuning uchun ishkomlarni shitabroq tikkaytirishga to’g’ri kelar edi. Bog’ga bora boshlaganimning to’rtinchi kuni kechasi bir oz yomg’ir yog’ib chiqdi. Go’yo yomg’irni kutib turgan toklar yana ham o’sib ketdilar, sho’ralar bardi ustiga engashib, ishkom ustiga olmaganim uchun go’yo mendan arazlagandek ko’rinar edilar. Men nima bo’lsa ham poya ishini bukun bitirmoqchi bo’ldim. Ertaga tokni ochmasam, ham o’zim uchun, ham tok uchun jabr qilgan bo’larman, deb o’yladim.

Istakni ozroq olgan ekanman. Oxir peshin vaqtida istak tamom bo’lib qoldi. Istak uchun bozorga boray desam, bir ishkomgina yamoq qoldi, undan keyin bozordan qaytib chiqquncha kech ham bo’ladi. Nima qilish kerak? Uzoq o’ylab turmay, tut, qayragoch va tol kabi daraxtlardan istak chalpidim. Chalpigan istaklarni yig’ishtirguncha ham bir choy qaynar vaqt o’tdi. Istaklarni belbog’imga qistirib, ishkomga kirdim.

Qosh qorayib, qorong’i tushgan paytda arang poya ishidan qutuldim. Yuz-qo’llarimni yuvib, salla-choponimni kiyganimda obdon qorong’i bosgan edi. Bog’ ishlagali kelgan qo’shnilardan hech birisi qolmagan, hamma shaharga jo’nab ketgan, ko’chada chigirtkalarning chirillashi, qurbaqalarning qurillashidan boshqa tovush yo’q edi.

Men bog’dan chiqqanda xufton bo’lmasa ham, shunga yaqinlashib qolgan edi. Qorong’ida turtinib-surtinib yo’lga tushdim. Otam xolamga xitoban dedi:

–Siz bilasiz, bizning bog’ning tevaragi quyuq daraxtlik maydonlar bilan o’ralgan. Katta ko’chaga tezroq chiqib olish uchun men shu maydonlardan yurdim. Maydon nihoyatda qorong’i va vahimali edi. Lekin men qorong’ida beparvo borar edim, yolg’iz qorong’ida turtinib qiynalar edim. Katta ko’chaga chiqib olmog’im uchun orada bittagina Hamdam xumdonchining chakalagi qoldi.

Otam hikoyasini shu yerga keltirib taqagach, men ko’rpamga yaxshiroq burkanib oldim. Otam so’zida davom etdi:

–Bir-ikki qadam Hamdam xumdonchining maydoniga tomon yurdim… Yiroqdan kelgan yorug’likni sezib, tevaragimga qaradim-da, hayron bo’lib qoldim… Qarshimdagi maydondan o’tkir nur sharpasi tushar edi. Bugina emas, kishilarning chag’ir-chug’ur so’zlashib, kulishlari, gijdang-gijdang bilan childirma, ora-chora dutor, tanbur, g’ijjak kabi sozlarning zaif, ammo yurakni qitiqlaydigan tovushlari eshitilar edi.

Men tang qotib, bir necha vaqt turib qoldim. Darhaqiqat, boyqushlar uyasi bo’lgan bir vayronada bunday voqeaning yuz berishi kishini, albatta, hayron qilar edi. Holbuki, men ertalab ham bu maydondan o’tgan edim. Bu yerda biror ziyofat bo’ladirgan bo’lsa, erta bilan uning bir asari ko’rilar edi. Yosh-yalanglar kunduz kuni harakat qilganlar-da, deb fikrimdan o’tkazdim.

Men bazm bo’layotgan maydon orqali o’tmoqchi bo’lib, devor raxnasidan oshib tushdim… O’h-ho’-o’-o’, maydon ichi ko’nduzgidek yorug’, daraxt shoxlariga chirog’lar osilgan, yerlarga ipak gilamlar yozilgan. Bir chekkaga katta oq samovarlar qo’yilgan, bir tarafda katta qozonlar qurilgan, jaz-biz davom etar edi. Maydonning o’rta yerida yuz chog’li yosh-qari kishilar qurshalib o’ltirib, dutor, tanbur, childirma, nog’oralar chalib bazm qilar edilar.

Shu choqda bir kishi oldimga yugurdi va bazmdagilarga qichqirib:

–Mana, O’sar akam ham keldi! dedi. Bazmdagilarning hammalari ham menga qaradilar. Keling, keling, O’sar aka, poyadan qutuldingiz-mi? deyishdilar.

O’sha onda ularga nima deb javob berganimni hozir eslayolmayman, chunki juda ham garangsigan edim.

Ular meni o’z ixtiyorimga qo’ymay, sudrab, tortib to’rga chiqardilar. Odatda majlisga kirib o’ltirgandan keyin fotiha o’qilar edi. Biroq ularning har turli savol va muomalalari bilan ovora bo’lib, fotiha o’qish ham yodimdan chiqqan… Bir oz esimni yig’ib olgandan keyin majlisdagilarni ko’zdan kechirib chiqdim. Ko‘plarini qaysi joydadir ko’rgandek bo’laman… Aniqlab qarasam, umrimda ko’rmagan-tanishmagan yot kishilarga o’xshaydilar. Faqat ularning men bilan xuddi tanishlarcha muomala qilishlari, otimni atab chaqirishlari, qilgan ishlarimni so’rab, hatto boyagi istak chalpib yurganimni bilishlari, meni juda ham ajabga qoldirgan edi.

Oradan kimdir, bilmadim, g’olib majlisning boshlig’i bo’lsa kerak:

–O’sar akamga dasturxon yozilsin! –dedi.

To’rda o’tirganlardan yana birisi unga qarshi chiqdi:

–Ilgari biz bazm qilib olaylik, so’ngra dasturxonga hammamiz baravar qaraymiz! –dedi va menga yuzini o’girib: –Siz ham bazmni sog’inib qolgandirsiz. Ilgari bazm qilaylik, a? –deb so’radi.

Mening qornim och bo’lsa ham, mehmonligim vajhidan uning fikriga qo’shilishdan boshqa choram yo’q edi.

Sozandalar sozlarni to’g’rilay boshladilar. Sozlardan tanbur, dutor, g’ijjak, rubob, chang, nay va daf kabilar menga tanish bo’lsalar ham, yana men ko’rmagan va bilmagan bir qancha sozlar ham bor edi. Sozlar sozlandilar, bir xil bosiq, og’ir mashq chalina boshladi.

Mashq sehrli edi… Men yerga singib ketarli darajada ezilmoqqa, asirlanmoqqa ichimdan bir to’lqin kelib, o’zimni qayerga urarimni bilmay entika boshladim. Sozandalar hamon haligi bosiq mashqni sekin-sekin avjga chiqarib bordilar… Axir chidab turolmadim, shilq-shilq yig’lay boshladim. Nega va nima uchun yig’lar edim, buni o’zim ham bilmayman. Uzoq yig’ladim. Nihoyat mashq bitdi. Bitdi, lekin meni ham o’zi bilan birga bitirdi. Ikki tegirmon toshi orasida yanchilgan kishidek majruh edim. Qimir etgali majolim yo’q edi. Ko’zimni ochdim. Majlisdagilarning barchasi ham go’yo bir ko’zdan mening holimga kulib qarab turar edilar. Men o’z holimdan uyalib yerga boqdim.

Sozandalar yana ikkinchi mashqni chalish uchun tayyorlanar edilar. Lekin men haligidek mashqni eshitishdan bezor bo’lgan edim. Yuragim gup-gup urib qoldi. Boyagidek mashqdan yana birini tinglasam, ehtimol ajalimdan burun o’lar, yer bilan yakson bo’lar edim. Ikkinchi mashq boshlandi… Mashq boshlanishi bilan butun vujudimga hayot suvi yugurdi.

O’zimda allaqanday bir lazzat his qildim. Mashq g’oyatda zavqli edi. Bu mashqqa ne deb ism berishni bilmayman.

Shu vaqt o’rtaga o’n besh-o’n olti yoshlik yosh bir qiz kelib kirdi. Uning sochlari jingala, yuz va ko’zlari do’ndiq, ustida yashil baxmaldan burma qilib tikilgan chiroyli delvagay kiyimi bor edi. Bir necha qadam chalishib o’rtada yurgan edi, oyog’idagi qo’ng’iroqlari jing’irlab ketdi. Qiz mashq bilan baravar o’ynay boshladi.

Mashq davom etar, go’yo nafis soz tovushining yo’li o’yinchi qizni g’ayri ixtiyoriy bir harakatga keltirardi. Dunyoga bir shodlik, bir ruh yog’adi, go’yoki o’liklar tirilarlar, yerlar silkinarlar, tog’-toshlar qularlar, yulduzlar ucharlar, daraxt shoxlari titragandek bo’larlar.

Axir shodliklarim yuragimga sig’madi. O’z erkim bilan emas, allaqanday bir kuch o’ltirgan joyimdan meni turg’izib yubordi. Qizning yoniga kirib men ham o’ynab ketdim.

Oyim bilan xolam o’zlarini tutolmay kulib yubordilar. Mening bo’lsa, ko’z o’ngimga dadamning o’ynagandagi ahvoli kelib to’xtagandek bo’ldi.

Dadam davom etdi:

–Shunday, men o’ynay boshladim. Nima bo’lsa ham, qiz bilan birdek o’ynamoqqa tirishaman. Qiz men bilan bir oz o’ynab turgandan keyin o’rtadan chiqib bir chetga ketdi. Lekin men o’yinni to’xtatmadim, to’xtatish xotirimga ham kelmagan edi.

Kishilar qars urib turadilar va meni masxaralagandek qiyqirib, og’iz-burunlarini qiyshaytiradilar, lekin men ularga parvo qilmay o’yinni davom ettiraman…

Bir vaqt allanarsaga turtinib yerga yiqildim. O’zimni o’nglab olib yana o’yinga harakat qilgan edim, tag’in mukkalab yiqildim.

Bir qancha vaqtdan so’ng o’nglanib o’rnimdan turdim va ko’zimni ochib tevaragimga qaradim… Orada na kishilar, na sozlar va na boshqalar hech kim, hech gap yo’q!.. Qop-qorong’i maydon, bir ariq ichida turibman…

Men otamning bu ko’rgan hodisasini muallim afandiga so’zlagan edim, kuldi:

–Vahima, xayolot! dedi.

–Chindan ham vahimmi, vahim bo’lsa kishidan qanday voqe bo’ladi? –deb so’ragan edim, afandim:

–Kelasi juma bolalar o’rtasida bu to’g’rida ma’lumot beraman, sen ham shu majlisda hozir bo’lsang vahimning qanday voqe bo’lishini bilib olasan! –dedi.

Men albatta juma kun maktabga borib, afandimizdan vahimning kishida paydo bo’lishini eshitaman. Vaqtingiz bo’lsa, juma kuni siz ham boringiz.

 


Muallif: Abdulla Qodiriy


Когда мой отец начал свой рассказ, меня наполнил страх, а внутри я умолял Бога: «Не веди меня к таким демонам».

Вчера к нам в гости пришла тётя. Вечером, после ужина, отец, мать и тетя пили чай и разговаривали друг с другом. Снова начался разговор о тех демонах, феях и великанах. Что касается моего отца, то он не мог удержаться от разговора о «демонической вечеринке», которую видел. Эта история моего отца, как я уже говорила выше, была для меня слишком страшной, поэтому я сразу же пошла к себе, завернулась в одеяло и легла. Отец посмотрел на меня с улыбкой и заговорил о «вечеринке демонов»:

– Это было, когда я только что вышла замуж. Занятый своими средствами к существованию, я не мог вовремя ухаживать за садом. Однажды я нашел время, чтобы пойти в сад, виноградная лоза очень разрослась, она выросла до двух дюймов. Поэтому нужно было быстрее восстанавливать работы. На четвертый день после того, как я начал ходить в сад, ночью пошел небольшой дождь. Словно лозы, которые ждали дождя, разрослись еще больше, они склонились над соляными бардашками и как будто сердились на меня за то, что я их не поднял. Так или иначе, я хотел закончить работу над стеблем сегодня. Я думал, что если завтра не раскрою лозу, то буду страдать и за себя, и за лозу.

У меня есть небольшое желание. К вечеру желание исполнилось. Если я пойду на рынок за желанием, у меня останется только одна работа, и тогда будет поздно, когда я вернусь с рынка. Что делать? Недолго думая, я загадала желание таких деревьев, как шелковица, ольха и ива. На сбор всех желаний ушло много времени. Я повесил свои пожелания на пояс и пошел на работу.

Едва я избавился от стебельчатой ​​работы, как бровь потемнела и потемнело. Было темно, когда я вымыл лицо и руки и надел тюрбан. Никого из соседей, приехавших работать в огород, не осталось, все уехали в город, на улице не было ни звука, кроме стрекота кузнечиков и кваканья лягушек.

Когда я вышел из сада, еще не было ночи, но было уже близко. Я толкался и толкал свой путь вниз по дороге в темноте. Отец сказал моей тете:

– Вы знаете, что наш сад окружен участками темных деревьев. Я ходил по этим площадям, чтобы быстрее выйти на главную улицу. Поле было очень темным и страшным. Но я ходил беспечно в темноте, я боролся в темноте один. У меня осталась только одна группа Хамдам хумдончи, чтобы выйти на главную улицу.

Когда мой отец рассказал здесь свою историю, я лучше завернулась в одеяло. Отец продолжал:

– Я прошел пару шагов в сторону площади Хамдам Хумдонци… Я почувствовал свет, идущий издалека, огляделся и удивился… С площади передо мной падал призрак резкого света. Мало того, люди громко разговаривают,слышны были слабые, но душераздирающие звуки смеха, гиджданг-гиджданг, а иногда и звуки дутора, танбура и гиджака.

Я был ошеломлен и стоял там некоторое время. На самом деле, появление такого события в руинах с совиным гнездом было, конечно, удивительным. Тем не менее, я прошел эту площадь утром. Если бы здесь была вечеринка, утром можно было увидеть одну из его работ. Мне пришло в голову, что молодые люди были активны в течение дня.

Я пытался пройти через площадь, где проходила вечеринка, и упал в щель стены… О-хо-о-о-о, на площади светло как днем, на ветвях деревьев висят огоньки, на земле написаны шелковые ковры. В одном конце стояли большие белые самовары, в другом стояли большие горшки, звучал джаз. Посреди площади были окружены и убиты сотни молодых и старых людей, игравших на дуторе, танбуре, чидрильме и барабанах.

В этот момент ко мне подбежал мужчина и крикнул на вечеринку:

“Вот, мой брат О’сар пришел!” сказал. Все на вечеринке посмотрели на меня. Ну, ну, брат О’сар, ты избавился от стебля? Они сказали.

Не помню, что я им тогда ответил, потому что очень растерялся.

Меня не бросили на произвол судьбы, затащили в сеть. Обычно после входа на собрание и убийства читалось благословение. Однако я был занят их различными вопросами и поведением и забыл произнести благословение… После того, как я на некоторое время собрался с мыслями, я посмотрел на людей на собрании. Мне кажется, что многих из них я где-то видел… Когда я присматриваюсь, они выглядят как незнакомцы, которых я никогда в жизни не встречал. Меня очень удивило только то, что они относились ко мне как к знакомым, позвали мою лошадь, спросили, что я сделал, и даже знали, что я брожу вокруг.

Кто-то оттуда, не знаю, наверное, возглавлял победившее собрание:

– Накрой стол для моего брата О’сара! он сказал.

Против него высказался еще один из сидящих в сети:

– Сначала устроим вечеринку, а потом все посмотрим на стол! – сказал он и повернул ко мне лицо: – Ты, должно быть, тоже пропустил вечеринку. Давайте сначала повеселимся, а? он спросил.

Несмотря на то, что я был голоден, у меня не было другого выбора, кроме как согласиться с ним из-за моего гостеприимства.

Музыканты начали исправлять слова. Хотя мне были знакомы такие слова, как танбур, дутор, гиджак, рубоб, чанг, флейта и бубен, был ряд слов, которых я не видел и не знал. Настроились мелодии, заиграла та же напористая, тяжелая гимнастика.

Упражнение было волшебное… Я начал жаждать быть раздавленным и плененным до такой степени, что я погрузился в землю, не зная, куда себя ударить. Музыканты постепенно наращивали пока еще скромное упражнение… Я ведь не выдержала, расплакалась. Почему и почему я плакала,Я даже этого не знаю. Я долго плакала. Наконец упражнение закончено. Все кончено, но он прикончил меня вместе с ним. Я был искалечен, как человек, раздавленный между двумя жерновами. У меня не было времени пошевелиться. Я открыл глаза. Все на собрании смеялись надо мной. Я упал на землю, стыдясь себя.

Музыканты готовились сыграть второе упражнение. Но я устал слушать одно и то же упражнение. Мое сердце колотилось. Если бы я послушала еще одно такое же упражнение, я бы, наверное, умерла и упала на землю. Началось второе упражнение… Как только началось упражнение, вода жизни хлынула по всему моему телу.

Я почувствовал какое-то удовольствие в себе. Упражнение очень понравилось. Я не знаю, как назвать это упражнение.

В это время в комнату вошла молодая девушка лет пятнадцати или шестнадцати. Волосы у нее были вьющиеся, лицо и глаза полные, и на ней было красивое платье Дельвагай из зеленого бархата. Он прошел несколько шагов посередине, и колокольчики на его ногах зазвенели. Девушка начала играть с практикой.

Упражнение продолжалось, словно дорожка изящной музыки невольно заставляла девушку играть. Радость, дух вливается в мир, как будто мертвые оживают, земля трясется, горы и скалы падают, звезды летят, ветви деревьев дрожат.

Ведь моя радость не поместилась в моем сердце. Не по своей воле, а какая-то сила подняла меня с того места, где я убил. Я подошел к девушке и поиграл.

Мать и тётя невольно расхохотались. Что касается меня, то состояние отца во время игры как бы останавливалось на глазах.

Папа продолжил:

– Итак, я начал играть. Что бы ни случилось, я стараюсь играть с девушкой. Поиграв со мной некоторое время, девушка вышла из середины и отошла в сторону. Но я не остановил игру, я даже не забыл остановиться.

Люди пялятся, визжат и корчат рты, как будто насмехаясь надо мной, но я игнорирую их и продолжаю играть…

В какой-то момент я упал на землю после того, как меня толкнули. Я оправился и снова попытался играть, но снова упал.

Через некоторое время я встал, открыл глаза и огляделся… Ни людей, ни слов, ни других людей, ничего! Я стою в канаве…

Я рассказал отцу об этом случае своему учителю, он засмеялся:

– Паника, фантазия! сказал.

– Это действительно паника, что будет с человеком, если будет паника? Я спросил, сэр:

– В следующую пятницу я сообщу об этом детям, и если вы будете присутствовать на этой встрече, то узнаете, как будет паника! он сказал.

Я обязательно пойду в школу в пятницу и услышу от отца, что он в панике. Если у вас есть время, приходите в пятницу.

Автор: Абдулла Кадири

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz
Comments: 2
  1. Anonymous

    :idea: :razz: :lol: :cool: ;-) :grin: :razz: :oops: :smile:

  2. Anonymous

    :smile: :smile: :smile: :smile: :smile: :smile: :smile: :smile: ;-)

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: