Yahyo ibn Maoz hikmatlari, eng sara hikmatlar to’plami

Yahyo ibn Maoz — mashhur avliyolardan biri.


Ota-onalar farzandlarini dunyo otashidan himoya qiladi, olimlar esa ularni oxirat olovi — do‘zaxdan muhofaza etadi.
   
Iloho, men gunohdan tiyilishga qodir bo‘lmasam, gunohlarimni afu etishga Sen qodirsan-ku!
   
Men osiy bo‘la turib, Senga qanday duo qilay, Sen saxiy bo‘la turib, nechuk duo qilmay?
   
Birovni biror ayb bilan ayblamaslik — oqillik belgisi. Agar men birovni qachondir ayblab qo‘ygan bo‘lsam, yigirma yildan keyin bo‘lsa ham jafosini tortajakman.
   
Toat Allohning xazinasida saqlab qo‘yilgandir. Uning kaliti — duo, kalitning tishlari — halol luqma.
   
Allohga osiy bo‘lmaslik — ulug‘likdir. Dunyoni oxiratdan afzal ko‘rmaslik — hakimlikdir.
   
Eh, bizlar bu dunyoda faqir va bechorahol bo‘lishdan qo‘rqamiz. Ammo oxiratda faqir, nochor va rasvoyi jahon bo‘lishdan qo‘rqmaymiz. Holbuki, biz — bandalarning yaxshi amallarga faqiru kambag‘al bo‘lishimiz bu dunyodagi kambag‘alligimiz va nochorligimizdan qo‘rqinchliroq va uyatliroqdir.
   
Dunyo shaytonning do‘konidir, undan biron narsa o‘g‘irlamaki, shayton uni olishga kelib, sening dodingni bermasin.
   
Oltin-kumush chayondir. Uning afsunini o‘rganmaguncha qo‘l uzatmagilki, seni halok qilur. Uning afsuni (duosi va yo‘li) haloldan topib, haq-rostga xarj qilmoqdir.
   
Insonning dushmani uchtadir: dunyosi, shaytoni va nafsi.
   
Riyozat qilichlarini sug‘urib, nafsing bilan mujodala qil. Riyozat to‘rt yo‘l bilan bo‘ladi: oz yemoq, oz uxlamoq, oz gaplashmoq, barcha jonlidan kelgan iztiroblarga chidamoq.
   
Dunyo — Allohning ekinzori, odamlar — shu ekinzorning ekini, o‘lim — o‘roq, jonni oluvchi farishta alayhissalom — shu ekinni o‘ruvchi, qabriston — uni yanchuvi, jannat va do‘zax — havoyi xohishlarning uyidir. Bir guruhi jannatda, bir guruhi do‘zaxda bo‘ladi.
   
Saxiyning saxovati va baxilning shikoyati
Har qanday odamning qalbida saxiyga muhabbat, baxilga nafrat bor,
   
Birovni biron ayb bilan ayblamaslik — oqillik belgisi. Agar men birovni qachondir ayblab qo‘ygan bo‘lsam, yigirma yildan keyin bo‘lsa ham, jafosini tortganman.
   
Qalblar ham qozon kabi ichidagi bor narsasi bilan qaynab turadi. Tillar esa uning cho‘michidir. Kishi gapirayotganida tili qalbidagi narsani olib chiqadi, ya’ni dilning ta’mini bayon qiladi.
   
Pul — chayondir, agar halolidan topmasang va o‘rnida ishlatmasang, yaqinlasha ko‘rma. Chunki chaqsa, zahari seni o‘ldiradi.

Manba: islom.ziyouz.com

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: