Vahb ibn Munabbah hikmatlari, eng sara hikmatlar to’plami

Vahb ibn Munabbah (34/694-104/728) — asli yamanlik yahudiy, ko‘p rivoyatlar qoldirgan. 


Kishining tafakkuri uzaysa — biladi, bilsa — amal qiladi.

Allohning ne’matlari borasida o‘ylamoq — ibodatning eng fazilatlilaridandir.

Quruq nondan nariga o‘tgan — nafsoniy orzularni hozirlagandir.

Dunyoda nafsoniy orzularni sevgan kishi xorlikka hozirlansin.

Agar sen balolar yo‘liga tushib qolsang, ko‘zing quvonsin. Chunki bu yo‘ldan payg‘ambarlar va solih kishilar yurgandir. Agar rohatli yo‘l boshlansa, sen nafsingga yig‘lagin. Ularning yo‘lidan adashtirilibsan.

O’z qo‘ling bilan ado eta olmagan yaxshilikni boshqaning qo‘li bilan hech qachon qilolmaysan.

Alloh Adn jannatini yaratdi va unga qarab: «Sen jamiki takabburlarga haromsan!» dedi.

Odamlar ustidan kulish katta gunohlardan biridir.

Manba: islom.ziyouz.com

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: