Ibrohim Havvos (vafoti 292/903) — tajrid-tavakkulga ahamiyat bergan tasavvuf shayxi.
Qalb kasallarini davolash besh ish bilan bo‘ladi: Qur’onni tadabbur bilan (ma’nosini anglab) tilovat qilish, kechasi tahajjud namozi o‘qish, saharlarda Allohga yolvorish, do‘stlar bilan suhbat va kam yeyish.
Sevgi — xudbin istaklarni yo‘q qilmoq, manmanlikni yoqmoq va ishoratlar dengizida nafsni bo‘g‘moqdir.