Abdulla Avloniy hikmatlari, eng sara hikmatlar to’plami

Til haqida yangi she'rlar, eng chiroyli she’rlar to'plami

Abdulla Avloniy (1878-1934) — taniqli o‘zbek ma’rifatparvar adibi, olim, jamoat arbobi, axloqiy-falsafiy kitob va darsliklar muallifi.


Sabr shunday kuchli bir narsadirki, g‘azabni shijoatga, shiddatni halimlikka, kattalikni tavoze’ga, yomonlikni yaxshilikka aylantirmaklikka quvvati yetar.

Kishini kecha-kunduz tindirmasdan qul kabi mehnat va mashaqqatlarga ko‘krak berib ishlatadigan narsa Vatan va bola-chaqalarning mehru muhabbati emasmu?

Bolalarini pisand qilmagan millatlar inqirozi ularni yot qo‘llarga va yot madaniyatlar ixtiyoriga berib qo‘yganlari sababliki, ulardan ayrilishga mahkumdirlar.

Bugungi kunda jamiyatimizning yuzini qora qiluvchi pastkashlar, yomonlar, beboshlar, o‘g‘rilar, giyohvandlar va nashavandlar… kecha tarbiyalariga e’tibor berilmagan bolalardir.

Hayo, nomus imona dalildur,
Hayosiz doimo xoru zalildur.

Hayo pardasi ila o‘ralmish insonlarning iffat pardasi yirtilmas.

Ig‘vo va chiqimchilik eng yaramas sifat bo‘lgani uchun bu yomon sifatni o‘zlariga maslak qilib olgan kishilar xalq nazarida munofiq sanaladi.

G’azabning avvali jinnilik, oxiri nadomatdir.

Manba: islom.ziyouz.com


Абдулла Авлони (1878-1934) — известный узбекский писатель-просветитель, ученый, общественный деятель, автор нравственно-философских книг и учебников.

Терпение настолько мощно, что оно способно превратить гнев в мужество, настойчивость в кротость, величие в смирение, а зло в добро.

Не любовь ли к Родине и детям заставляет человека работать как раб день и ночь без отдыха?

Из-за кризиса наций, не уважающих своих детей, они оставляют их в чужих руках и в распоряжении чужих культур, поэтому обречены на разлуку с ними.

Сегодня подонки, плохие, бездомные, воры, наркоманы и наркоманы, которые очерняют лицо нашего общества… это дети, которым не уделялось внимания в их воспитании.

Правда, честь есть доказательство веры,
Бессовестный человек всегда трус.

Завеса целомудрия людей, окруженных завесой скромности, не может быть разорвана.

Так как подстрекательство и преувеличение являются худшим качеством, люди, перенимающие это дурное качество, считаются лицемерами в глазах народа.

Начало гнева — безумие, а конец — раскаяние.

Источник: islam.ziyouz.com

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: