Yusuf Xos Hojib (1020 yilda tug‘ilgan) — ilk turkiy dostonnavisi, atoqli davlat arbobi, “Qutadg‘u bilig” pandnomasi mashhur.
Mol-dunyoni qancha termagin, u tugaydi, ozayadi. Yozilsa-chi, so‘z abadiy qoladi, olamni kezadi.
Yaxshi qiliq oq sut bilan kirsa, o‘lim kelib tutmaguncha o‘zgarmaydi.
Yolg‘on kishining obro‘sini to‘kadi, hazil-mazax ham kishini shunga o‘xshash beizzat qiladi.
Ayo odam, keksayib takabbur bo‘lma, u kattalarga teng bo‘la olmay, o‘zingni xorlikka solma.
Kishilar orasida yetugi uyatli kishidir.
Uyatli kishi odamlarning sarasidir, uyatsiz kishi — odamlarning tubani.
:l