XIX asrning soʻnggi choragida tugʻilib, XX asrning oʻrtalariga qadar yashab ijod etgan Sadriddin Ayniy oʻzbek va tojik adabiyotlari taraqqiyotiga muayyan hissa qoʻshgan zullisonayn yozuvchidir. U mansub boʻlgan yozuvchilar avlodi xalq va jamiyat hayotidan uzoqlashib qolgan mumtoz Sharq adabiyotiga yangi toʻlqin berishga, uni yangi tarixiy davrning gʻoyalari bilan boyitishga intildi. Shu maʼnoda Sadriddin Ayniy va uning qalamkash birodarlari XX asrning 10-yillarida yangi tipdagi oʻzbek va tojik adabiyotiga poydevor qoʻydilar.
Sadriddin Ayniy 1878 yili Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumaniga qarashli Soktare qishlogʻida tugʻildi. Oʻn bir yoshida ota va onasidan yetim qoldi. Maʼrifatparvar otasi qoʻlidadastlabki taʼlimni olgan Sadriddin Ayniy 1890–1899 yillarda Buxorodagi madrasalarda tahsil koʻrib, oʻz davriga yarasha puxta bilim egalladi. Kalkutta, Bogʻchasaroy, Ufa, Orenburg, Qozon singari shaharlarda nashr etilgan gazeta va jurnallar bilan tanishish, ayniqsa, Fitratning “Munozara”, “Sayyoh hind qissasi” singari asarlarini mutolaa etish boʻlajak yozuvchining dunyoqarashida inqilobiy oʻzgarishlarni vujudga keltirdi. U amirlik tuzumining chiriganini, mamlakatni boshqarish usulini yangilash, demokratik islohotlar oʻtkazish va xalq ommasini maʼrifatlashtirish zarurligini sezdi. Sadriddin Ayniy ana shu tarzda yosh buxoroliklar harakatiga kelib qoʻshildi va oʻzbek jadid adabiyotining yorqin namoyandalaridan biriga aylandi.
Sadriddin Ayniy oʻsmirlik yillarida turmush tebratish uchun jismoniy mehnat bilan koʻproq shugʻullangan boʻlsa, ijtimoiy ongida roʻy bergan oʻzgarishlar tufayli keyinchalik aqliy mehnat yordami bilan kun kechira boshlaydi. Chunonchi, u tatar maktabida tarjimon boʻlib xizmat etadi. Shu asnoda muayyan malaka hosil qilgan Sadriddin Ayniy doʻsti Mirza Abdulvohid bilan birga uning hovlisida maktab ochadi. 1909 yilda esa “Tazhib us-sibiyon” (“Bolalar tarbiyasi”) degan oʻqish kitobini yaratadi. Yosh muallimning bu dastlabki pedagogik ishlari oʻsha davr uchun katta voqea boʻlgani sababli qattiq qarshilikka uchraydi.
“Imtihonlar boshlangan pallada, – deb yozadi u tarjimai holida, – katta mullalar igʻvo boshlab, bolalarni kofir qiladi, deb bizning maktabimizga qarshi chiqdilar, ular amirga murojaat qilib, maktabimizni yoptirdilar va amirga qarashli boʻlgan kishilar bu bilan ham qanoatlanmay, Mirza Abdulvohidni olomon qilib oʻldirmoqchi boʻldilar. Ular Buxorodan qochib ketdilar, men bir muncha vaqg yashirinib yurdim”. Bunday taʼqiblar uzoq davom etdi. 1917 yil Fevral inqilobidan soʻng esa Sadriddin Ayniy faol ijtimoiy harakatdan uzoqlashganiga qaramay amir tomonidan yetmish besh tayoqlik jazoga hukm qilinadi.
Sadriddinning badiiy ijodga qiziqishi talabalik yillarida boshlangan. U dastlab Sifliy (Past), Muhtojiy va Jununiy (Telba), oʻn sakkiz yoshida esa “Ayniy” taxallusi bilan ijod qila boshladi.
Sadriddin Ayniyning 1917 yilga qadar yaratgan asarlari u qadar koʻp emas. U garchand inqilobga qadar boʻlgan davrda “Oyna”, “Ulugʻ Turkiston”, “Al-isloh”, “Hurriyat”“Sadoi Turkiston”, “Taraqqiy” singari gazeta va jurnallarda oʻz sheʼrlari va maqolalari bilan yosh ijodkor sifatida qatnashadi, vaqt oʻtishi bilan jiddiy hayotiy mavzularga qoʻl urishga, davrning qon tomirini topishga intiladi. Chunonchi, 1896–1904 yillarda “Guli surx”, “Bazm” singari katta mazmundan xoli sheʼrlarni yozgan boʻlsa, keyinchalik yaratgan “Yoshlarga murojaat”, “Hasrat”, “Na oʻldi, yo rab!”, “Moziy va hol”, “Yerni yana sotmang” singari sheʼrlarida jadid adabiyotining nafasi ufurib turadi. “Ustoz Ismoilbek janoblari” degan marsiyada esa Sadriddin Ayniy jadidchilik harakatining otasi Ismoil Gʻaspirali vafoti munosabati bilan musulmon Sharqi oʻzining buyuk rahnamolaridan biridan mahrum boʻlganini aytadi.
Sadriddin Ayniy 1917 yilga qadar kechgan ijodida, boshqa jadidlar singari maqolanavislik (publitsistika) bilan ham samarali shugʻullandi. Uning “Oyna” jurnalida chop etilgan “Har bir millat oʻz tili ila faxr etar” degan maqolasi muallifning 1915 yildayoq Turkiston xalqlari oʻrtasida oʻzbek tilining mavqeini koʻtarish vazifasini oʻz oldiga qoʻyganini namoyish etdi. U shu davrda nazariy xarakterdagi ishlar bilan band boʻlib qolmay, fors-tojik tilida “Buxoroi sharif”, oʻzbek tilida “Turon” gazetalarini nashr etishning tashabbuskorlaridan biri boʻldi.
“Ushbu ikki gazeta, – deb yozgan edi Sadriddin Ayniy, – Italiya va Bolqon muhorabasi asnosida nashr boʻlgʻonlaridan har bir narsadan xabarsiz Buxoro aholisini tarihdan, siyosatdan, jugʻrofiyadan, Ovroʻponing umumiy ahvolidan, musulmonlarning halokat chuquriga tushayotganlaridan xabardor qildilar. Yoshlar boshiga adabiyot, qalam va oʻqimoq fikrlari tushdi. Otalar eslariga bola tarbiyasi va oʻqitmoq hollari keldi”.
Sadriddin Ayniyning dastlabki ijodiy faoliyati toʻgʻrisida soʻz borar ekan, 1909–1910 yillarda tuzilgan “Tarbiyai atfol” (“Bolalar tarbiyasi”) jamiyatini chetlab oʻtish mumkin emas. Sadriddin Ayniy ishtirokida tuzilgan bu jamiyat oʻz oldiga, birinchidan, keng xalq ommasi orasida maorif va turli adabiyotlarni tarqatish, ikkinchidan, isrofgarchilikka, maishatparastlikka va boshqa nojoʻya urf-odatlarga qarshi kurash, uchinchidan esa hukumatga qarshi keng tashviqot ishlarini olib borish vazifasini qoʻygan.
Xullas, Sadriddin Ayniy bu davrdagi ijodi va tashkilotchilik faoliyati bilan oʻzbek jadidchilik harakati va jadid adabiyotining shakllanishida muhim ahamiyatga molik ishlarni amalgaoshirdi. Uning bu boradagi xizmatlari Sadriddin Ayniy ijodiy faoliyatining munavvar sahifalaridan birini tashkil etadi.
“Maʼnaviyat yulduzlari” (Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, Toshkent, 1999) kitobidan olindi.
Ma’lumotlarni rus tilida o‘qing👇
Садриддин Айний, родившийся в последней четверти 19 века и доживший до середины 20 века, является плодовитым писателем, внесшим значительный вклад в развитие узбекской и таджикской литературы. Поколение писателей, к которому он принадлежал, стремилось дать новую волну классической восточной литературе, отдалившейся от жизни народа и общества, обогатить ее идеями нового исторического периода. В этом смысле Садриддин Айний и его братья по переписке заложили основу нового типа узбекской и таджикской литературы 10-го десятилетия 20 века.
Садриддин Айний родился в 1878 году в селе Соктаре Гиждуванского района Бухарской области. В возрасте одиннадцати лет он потерял отца и мать. Садриддин Айний, получивший раннее образование из рук своего просвещенного отца, учился в медресе в Бухаре в 1890-1899 годах и приобрел соответствующие своему времени основательные знания. Знакомство с газетами и журналами, издававшимися в таких городах, как Калькутта, Богчасарой, Уфа, Оренбург, Казань, особенно чтение произведений Фитрата, таких как «Мунозара» и «Индийская история Сайо», произвели революционные изменения в мировоззрении будущего писателя. Он чувствовал гнилость эмиратской системы, необходимость обновления системы управления страной, проведения демократических реформ и просвещения населения. Так Садриддин Айний приобщился к движению молодых бухарцев и стал одним из ярких представителей современной узбекской литературы.
В подростковом возрасте Садриддин Айний больше занимался физическим трудом для заработка, но в связи с изменениями в общественном сознании позже стал зарабатывать на жизнь с помощью умственного труда. Например, он работает переводчиком в татарской школе. Тем временем Садриддин Айний, выработавший определенную квалификацию, вместе со своим другом Мирзой Абдулвахид открывает во дворе школу. В 1909 году он создал книгу для чтения под названием «Тажиб ус-сибиян» («Детское воспитание»). Эти ранние педагогические работы молодого педагога вызвали резкое противодействие, поскольку для того времени они были большим событием.
«Когда начались экзамены, — писал он в своей биографии, — старшие муллы подняли агитацию и выступили против нашей школы, говоря, что дети неверные. удовлетворены этим и хотели убить мирзу Абдулвахида в толпе». Они бежали из Бухары, я некоторое время прятался». Такие преследования продолжались долгое время. После Февральской революции 1917 года Садриддин Айни был приговорен эмиром к семидесяти пяти палкам, несмотря на свою дистанцированность от активного общественного движения.
Интерес Садриддина к искусству начался еще в студенческие годы. Сначала он начал творить под псевдонимом Сифлий (Низкий), Мухтаджый и Джунуний (Телба), а в восемнадцатилетнем возрасте начал писать под псевдонимом «Айный».
Произведений Садриддина Айни, созданных до 1917 года, не так уж и много. Хотя в дореволюционный период «Ойна», «Великий Туркестан»,Будучи молодым художником, он участвует в газетах и журналах, таких как «Аль-Ислах», «Хуррият», «Садои Туркестан», «Таракки» со своими стихами и статьями. Например, в 1896-1904 годах им были написаны такие стихотворения, как «Гули сурх» и «Базм», лишенные большого содержания, а позднее им созданы «Ёшларг эрвехен», «Хасрат», «На олди, йо раб!» , «Мози ва хол», «Ерни», «Больше не продавай» дышит дыханием современной литературы. Садриддин Айни в марше «Устоз Исмаилбек Джентльмены» говорит, что из-за смерти Исмаила Гаспирали, отца джадидистского движения, мусульманский Восток потерял одного из своих великих лидеров.
До 1917 года Садриддин Айний эффективно занимался написанием статей (публицистикой), как и другие джадиды. Его статья «Каждый народ гордится своим языком», опубликованная в журнале «Ойна», показала, что автор ставил перед собой задачу поднять статус узбекского языка среди народов Туркестана еще в 1915 году. В этот период он не занимался теоретической работой, а стал одним из инициаторов издания газет «Бухарои Шариф» на персидско-таджикском языке и «Турон» на узбекском языке.
«Эти две газеты, — писал Садриддин Айний, — издававшиеся во время войны между Италией и Балканами, информировали бухарцев об истории, политике, географии, общем положении Европы и о том, что мусульмане падают в яму разрушение». В головы молодых людей приходили мысли о литературе, ручке и чтении. Отцы вспомнили, как воспитывать и учить детей».
Говоря о раннем творчестве Садриддина Айны, нельзя обойти вниманием общество «Тарбияи атфол» («Детское воспитание»), созданное в 1909-1910 гг. Это общество, образовавшееся при участии Садриддина Айни, поставило перед собой задачу, во-первых, распространения в массах просвещения и различной литературы, во-вторых, борьбы с расточительством, человеколюбием и другими нежелательными обычаями, в-третьих, ведения широкой пропаганды против правительство.
Таким образом, Садриддин Айний своим творчеством и организаторской деятельностью в этот период провел важные работы по формированию узбекского джадидского движения и джадидской литературы. Его заслуги в этом отношении являются одной из ярких страниц творческой деятельности Садриддина Айни.
Взято из книги «Духовные звезды» (Издательство «Общественное наследие» имени Абдуллы Кадири, Ташкент, 1999 г.).
[/spoiler]
This domain is for use in illustrative examples in documents. You may use this domain in literature without prior coordination or asking for permission.
More information...