Kulish holatiga qarab insonning xarakter va fazilatlarini aniqlash mumkinligini bilarmidingiz?
Kim qanday kuladi
Inson fe’l-atvorini nafaqat uning muomalasidan, balki kiyinishi, gapirishi, xatti-harakatidan ham bilish mumkin. Kulish paytidagi xatti-harakatlar insonning tabiatini aytib berarkan. Kulayotganda har birimizning biz hech qachon tahlil qilib o’tirmaydigan o’zimizga xos harakatlarimiz sodir bo’ladi. Xirillab, sokin, tortinib, qiqirlab, istehzoli, baland ovozda, eshitilar-eshitilmas, ovozsiz
– dunyoda nechta odam bo’lsa, shuncha
xil kulgu bor. O’zingiz va yaqinlaringizning qanday kulishini kuzatib ko’ring, ehtimol, qandaydir yangiliklarni kashf etarsiz.
Og’zini qo’li bilan berkitib kuladiganlar
Bunday kuladiganlar tortinchoq va o’ziga unchalik ishonmaydigan odamlar sanalarkan. Bunday kishilar o’ta kamtar bo’lib, ko’zlardan panada yurishni ma’qul ko’radi. Ularga o’z tabiatini ko’pam tahlil etavermaslik, o’z-o’zini tanqid qilavermasdan erkinroq yashashni maslahat beramiz.
Boshini orqaga tashlab kuladiganlar
Ular sodda va ishonuvchan, keng tabiatli odamlar bo’lib, ba’zan biro vlarga yoki o’z histuyg’ulariga aldanib turishadi.
Ular uchun ko’proq aql-idrokka tayanib ish qilish tavsiya etiladi.
Kulayotganda jimjilog’ini labiga olib boradigan odamlar
Ular zebo va nazokatli bo’lishga har doim, hamma yerda rioya qiladilar. Diqqat-e’tiborda bo’lishni xush ko’radilar.
Og’zini ochib kuladiganlar
Bunday kuladiganlar ehtirosli odam lar safiga kiradi.
Ularga bir oz vazminroq va atrof-muhitga e’tiborliroq
bo’lish tavsiya etiladi. Faqat o’zi gapirmay, birovlarni tinglashni ham o’rganish kerak.
Kulayotganda qo’lini boshiga yoki yuziga olib boradiganlar
Ular xayolparast va orzularga beriluvchan bo’ladi. Umuman olganda yomon emas, faqat reallikni o’z xayolot olami bilan mujassamlashtirib ish tutsa, ayni muddaodir. Muammolarni hal qilishda ko’proq aql bilan ish ko’rganlari ma’qul.
Burnini burishtirib kuladiganlar
Ular his-tuyg’uga beriluvchan va injiq odamlar hisoblanadi. Uning qarashlari, tuyg’ulari oson va tez o’zgaradi. Atrofidagi yoqimli yoki ayanchli hodisalar unga faqat lahzalik ta’sir qiladi.
Kulayotganda aniqlasa bo’ladigan biror-bir xatti-harakati bo’lmagan insonlar
Ular shaxsiyatparastlar sirasiga kirarkan. Hamisha o’z mulohazalari va qarashlari bilan hammaning ustidan hukm
yuritishni yoqtirishadi, boshqalar fikri bilan hisoblashmaydilar. Bu esa atrofdagilarga yoqmaydi.
Qovoqlarini qisib kuladigan odamlar
Ular vazmin, o’ziga ishongan, o’ta aqlli bo’ladi. G’ayratli va tirishqoq, faqat ba’zan ayrim narsalarni me’yoridan oshirib yuboradilar.
Ovoz chiqarmasdan boshini engashtirib kuluvchilar
Ular vijdonli, mehribon, insonlarga va shart-sharoitga moslashuvchan kishilardir. Ular birovning dilini og’ritmaslikka harakat qiladilar.
Ajoyib