Shuuriy ongni qayta dasturlashusullari va natijalari

Шуурий онгни қайта дастурлашусуллари ва натижалари

Bizning har bir harakatimizni shuuriy ongimizdagi dasturlar belgilab beradi. Agar shuuriy ongimizda o’ziga bo’lgan ishonchsizlik dasturi yozilgan bo’lsa, biz uni yangisiga almashtirishimiz kerak. Qayta dasturlash esa so’zlar va timsollar yordamida amalga oshiriladi.

SHuuriy ong nima?

Biz shuuriy ong deb tarjima qilganimiz rus tilida “podsoznanie” deyiladi. Bu so’zni o’zbek tiliga tarjima qilishda “ong osti”, “g’ayriixtiyoriy ong”, “botiniy ong”, “shuuriy ong” kabi turli ko’rinishlaridan foydalaniladi. Bu qo’llanmada “shuuriy ong” jumlasi olindi.

Hamma ham shuuriy ong haqida ma’lumotga ega emas. SHuning uchun bir oz tushuncha berib o’tmoqchiman. Insonda shuuriy ong va ong mavjud. SHuuriy ong va ong nima ekanligini yaxshi tushunib olishda bizga uyqu yordam beradi. Siz uyqudalik vaqtingizda Sizning ongingiz bo’lgan qismingiz o’chgan bo’ladi. Siz endi ota ham, ona ham, bola ham, talaba ham, boshliq ham, buva ham emassiz. Uyquda siz xuddiki kichik o’limni boshdan kechirayotgan bo’lasiz. Qattiq uyquda sizning “Men”ingiz mavjud bo’lmaydi. SHuuriy ongingiz esa mavjud bo’lishda davom etayotgan bo’ladi. SHuuriy ongingiz sizdagi 600 trilliondan iborat to’qimalaringizni, immun, endokrinolog, yurak qon-tomir tizimlaringizni va butun organizmingizni boshqarayotgan bo’ladi. Bu kitobdan asosiy maqsad Sizga o’z shuuriy ongingizni boshqarishni o’rgatishdir. Ishoning, bu unchalik qiyin ish emas.

SHuuriy ong va ongning farqli jihatlari

Sizga shuuriy ongingiz oldida ongingiz arzimas darajada kichik ekanligini aniq tushuntirib beraman. Bizning ona erimizni va kichik no’xat donini tasavvur qiling. Solishtirganda bu no’xat doni misoli Sizning ongingiz, Sizning “Men”ingiz, unga nisbatan nihoyatda yirik bo’lgan ona yerimiz esa shuuriy ongimizdir.

Buni yaxshi tushunmagan ko’pchilik butun etiborini kichik no’xatdek keladigan ongiga qaratadi, go’yoki bu bilan no’xat donasi orqali butun yerni boshqaraman deb o’ylaydi va qattiq adashadi. Natijada shuuriy ongining juda katta imkoniyatlariga e’tibor berishmaydi. Bunga esa yo’l qo’yib bo’lmaydi. Tasavvur qiling haydovchisiz katta tezlikda ketayotgan yuk mashinasini. U bilan albatta falokat yuz beradi. Katta kuchni nazorasiz qoldirib bo’lmaydi. O’z katta kuchini qanday boshqarishni bilmagan ko’pchilikning anglanmagan hayoti albatta falokat bilan yakun topadi.

SHuuriy ongni boshqarish mumkinmi?

SHuuriy ongni boshqarishning eng samarali usuli uni kerakli ehtiyoj uchun dasturlashdir.

SHuuriy ongni qayta dasturlash deganda undagi o’ziga bo’lgan ishonchsizlik, qo’rqoqlik, ojizlik va insondagi boshqa salbiy jihatlarni namoyon qiluvchi zararli dasturlarni o’chirib tashlab ularning o’rniga jasorat, mardlik, o’ziga bo’lgan mustahkam ishonch va boshqa ko’plab yangi ijobiy dasturlarni yozish tushuniladi.

SHuuriy ongni qayta dasturlash usullari

Ko’pchilikda “SHuuriy ongni dasturlash” degan jumla xavotir uyg’otishi mumkin. Hech qanday xavotirga o’rin yo’q. SHu paytgacha Sizni o’zingizdan so’ramasdan ota-onangiz, jamiyat, atrofingizdagi muhit zararli sifatlarga dasturlab kelishgan. Agar dasturlashni o’z zimmangizga olib yangi, foydali sifatlar bilan shuuriy ongingizni dasturlamas ekansiz unda bu ishni Sizning o’rningizga boshqalar (yaqinlaringiz, jamiyat, ommaviy axborot vositalari, atrofingizdagi muhit) qilishadi. Bunda ularga Sizning nima istashingizning umuman ahamiyati yo’q.

SHuuriy ongingizni o’zingizga bo’lgan mustahkam ishonchga dasturlashni quyidagi o’ta samarali usullar bilan amalga oshirish mumkin:

— ommaviy jasoratga oid tarixiy voqealar haqida o’qish, filmlar ko’rish;

— obrazlarni almashtirish (transformasiya qilish) usuli;

— audiotrening;

— SHichko usuli;

Kelasi maqolalarda ushbu usullar haqida batafsil to’xtalamiz. Bu usullar shuuriy ongni dasturlashda juda samarali ekanligi minglab odamlarda o’z tasdig’ini topgan. Bu usullar yordami ming-minglab odamlar o’zlaridagi zararli odatlarni yo’qotib, butunlay yangi hayotga erishishgan, sog’lom, baxtli, omadli, muvoffaqiyatli va boy insonlarga aylanishgan.

Endi navbat Sizga! Siz ham bu usullar yordamida o’zingizdagi yangi qirralaringizni kashf qiling, o’zingizda shu vaqtgacha havas qilib kelgan sifatlarni shakllantiring, tarbiyalang. O’zingiz uchun sog’lom, boy, omadli hayot tarzini yarating.

Foydalanilgan adabiyot

Maqolani tayyorlashda SHuhrat eshmurodovning “O’ziga ishongan inson bo’lish sirlari” kitobidan foydalanildi.

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: