Kitoblari millionlar olib kelgan xonim yoxud “Garri Potter” tarixi

Гарри Поттер
Til haqida yangi she'rlar, eng chiroyli she’rlar to'plami

“Garri Potter” va uning muallifining o’tmishi sizni befarq qoldirmaydi.

…Universitetni tugatganiga yetti yil bo’lgan Rouling o’zini “eng katta omadsiz” deb hisoblardi. Uning oilasiga darz ketdi, o’zi qo’lida bolasi bilan ishsiz qoldi. Joan buni shunday izohladi: “Omadsizlik muhim bo’lmagan yumushlardan uzoqlashishni anglatar edi. Men o’zimni asliyatimdan ko’ra boshqacha ko’yga solishni bas qildim…»
Eri qizini olib ketish uchun kelganida Joan yanada tushkunlikka tushib qoldi. U himoya uchun order oldi va 1994 yilning avgustida ajrashish haqida sudga ariza berdi. Muammo sud orqali hal bo’lgach, Arantes Portugaliyaga qaytib ketdi. Ana shundan so’ng Joanning hayoti asta-sekin maromiga kela boshladi.
Rouling hanuz ijtimoiy yordam puli hisobiga yashar edi. U ko’psonli kafeda o’tirib yoza boshladi. Bu esa keyinchalik turli gap-so’zlar tarqalishiga sabab bo’ldi. Rouling ijaraga olgan uyda isitish tarmog’i yo’qligi bois yemakxonada ijod qilgan emish! U esa shunday izoh berdi: “Men qishning chillasida Edinburgda isitish tarmog’i bo’lmagan uyni ijara olish darajasida ahmoq emas edim. Qizim sayrda yaxshi uxlagani sababli kafeda yozganman”.
1995 yili Rouling “Garri Potter va falsafa toshi” romanining qo’lyozmasini eski mashinkasida yozib tugatdi. Asarning uchta bobini o’qib baho berishi so’ralgan Brayon Ivensning shavq-zavqqa to’la taqrizidan so’ng adabiy agentlik noshir izlay boshladi. Kitob o’n ikkita nashriyotga yuborildi va ularning barchasi chop etishdan bosh tortdi. Oradan bir yil o’tib, nihoyat yashil chiroq yondi. Londondagi “Bloomsbury” nashriyoti muharriri Barri Kanningem kitobni bosishga rozi bo’lgan va 1500 funt miqdorida avans ham yuborgan edi. Aslida Rouling Kanningemning qizi Alisa Nyutondan minnatdor bo’lishi kerak. Kanningem kitobni sakkiz yoshli Alisaga bergan, qizaloq o’qib chiqqach esa davomini talab qilib turib olgan edi. Garchand Kanningem Garri Potter haqidagi kitobni nashr qilishga rozi bo’lsa-da, Roulingga bolalar adabiyotidan kam pul ishlashini aytib, boshqa ish bilan shug’ullanishni tavsiya qildi. SHundan so’ng, 1997 yili Rouling asarning davomini yozishi uchun “Scottish Art Council” tomonidan 8 ming funt miqdorida grant puli oldi.
1997 yilning iyunida “Bloomsbury” “Falsafa toshi”ni 1000 ta adadda chop etib, uning 500 tasi kutubxonalar o’rtasida tarqatildi (bugun kitobning ana shu nusxalari 16 dan 25 ming funtgacha turadi). Oradan besh oy o’tgach, “Falsafa toshi” birinchi mukofotni qo’lga kiritdi. Fevralda esa “Yilning eng yaxshi bolalar kitobi”, keyinroq esa yana bir nufuzli mukofotga sazovor bo’ldi.
1998 yil boshlarida AQSHda mazkur romanni chop etish huquqini qo’lga kiritish uchun kimoshdi savdosi o’tkazildi va 105 ming dollar evaziga “Scholastic Inc” nashriyoti yutib chiqdi. Roulingning so’zlariga ko’ra, u bu haqda eshitib sal bo’lmasa o’lib qolayozgan. Amerika nashriyoti “Falsafa toshi”ni “Garri Potter va sehrli tosh” nomi bilan chop etdi. Buning sababini bolalar nomlanishda “falsafa” so’zi bo’lgan kitoblarni o’qishni xohlamasliklari bilan izohlashdi.
Nashriyotdan pul olgan Rouling nufuzli hududdan uy xarid qildi va darhol ko’chib o’tdi. Ona-bola mushuk, quyon kabi uy jonivorlarini ham boqa boshladilar. Ilgari bunga qurblari yetmasdi.
Birinchi romanning davomi “Garri Potter va maxfiy xona” 1998 yilning iyulida nashr qilindi. Keyingi yili dekabrda esa “Garri Potter va Azkaban mahbusi” chiqdi. Har ikkala kitob ham nufuzli mukofotlarni qo’lga kiritdi. To’rtinchi kitob — “Garri Potter va olov kubogi” 2000 yilning 8 iyulida Buyuk Britaniya va AQSHda bir vaqtda chiqdi hamda har ikkala mamlakatda rekord o’rnatdi. Buyuk Britaniyada birinchi kuni 372.775 nusxada sotildi. Amerikada esa dastlabki 48 soatda 3.000.000 tasi sotilib ketdi. Rouling romanni yozayotganida og’ir hissiyotlar holatida bo’lganini tan oldi: “To’rtinchi kitobning yarmini yozganimda syujetda jiddiy xatoga yo’l qo’yganimni sezdim… Bu kitob bilan mening ayrim qora kunlarim bog’lanib ketgan… Bir bobni 13 marta qayta yozganman, ammo o’qiganlardan hech kim buni ilg’ay olmaydi”. Muallif yana bir nufuzli mukofot bilan taqdirlandi.
“Garri Potter va olov kubogi” bilan beshinchi roman — “Garri Potter va qaqnus nishoni” oralig’i uch yilga cho’zildi. Tanaffus chog’ida matbuotda Roulingda ijodiy tanazzul boshlangani haqida mish-mishlar tarqaldi. Keyinroq Rouling mazkur romanni yozish undan katta kuch talab qilganiga iqror bo’ldi.
“Garri Potter va chala zotli shahzoda” nomli oltinchi kitob 2005 yil 16 iyulda chiqdi. U ham rekord o’rnatdi — dastlabki 24 soatda 9.000.000 nusxada sotildi. Kitob chiqishidan avval Rouling muxlislardan birining xatiga javob berar ekan, shunday dedi: “Oltinchi kitob uzoq yillar rejalashtirilgan, biroq jiddiy ravishda yozishdan oldin qilayotgan ishimga mutlaqo ishonch hosil qilishim uchun ikki oy mobaynida rejani ko’rib chiqdim”. Mazkur nashr ham “Yil kitobi” sifatida mukofotlandi.
2006 yilning dekabr oyida mazkur turkumdagi yettinchi va so’nggi kitob nomi e’lon qilindi — “Garri Potter va o’lim tuhfalari”. Kitob holida esa 2007 yil 21 iyulda nashr etildi. Birinchi kuni Buyuk Britaniya va AQSHda 11.000.000 dona sotildi.
Turgan gapki, Joan Rouling qalam haqiga har yili bir necha nol qo’shilaverdi. U millioner xonimga aylandi.


Прошлое «Гарри Поттера» и его автора не оставит вас равнодушным.

… Роулинг через семь лет после окончания университета считала себя «самой большой неудачницей». Ее семья распалась, она осталась без работы с ребенком на руках. Джоан объясняла это так: «Неудача означала уход от второстепенных задач. Я перестал притворяться кем-то другим, чем я есть на самом деле…»
Джоан впала в еще большую депрессию, когда за дочерью приехал ее муж. Она получила охранный ордер и подала на развод в августе 1994 года. После решения вопроса в суде Арантес вернулся в Португалию. После этого жизнь Джоан постепенно стала возвращаться в нормальное русло.
Роулинг все еще жила на пособие. Он начал писать, сидя в переполненном кафе. Это вызвало распространение различных слухов позже. Говорят, что Роулинг творила в столовой, потому что в арендованном ею доме не было отопительной сети! Он прокомментировал: «Я не был настолько глуп, чтобы арендовать дом без отопления в Эдинбурге в самый разгар зимы. «Я написала в кафе, потому что моя дочь хорошо выспалась на прогулке».
В 1995 году Роулинг закончила писать рукопись романа «Гарри Поттер и философский камень» на старой пишущей машинке. После восторженного отзыва Брайана Ивенса, которого попросили прочитать три главы произведения, литературное агентство начало искать издателя. Книгу разослали двенадцати издательствам, и все они отказались ее издавать. Через год наконец-то был дан зеленый свет. Барри Каннингем, редактор издательства Bloomsbury в Лондоне, согласился напечатать книгу и выслал аванс в размере 1500 фунтов стерлингов. На самом деле Роулинг должна быть благодарна дочери Каннингема Элис Ньютон. Каннингем подарил книгу восьмилетней Алисе, и после того, как девочка прочитала ее, она настояла на продолжении. Хотя Каннингем согласился издать книгу о Гарри Поттере, он посоветовал Роулинг заняться чем-то другим, сказав, что на детской литературе она заработает меньше денег. Затем, в 1997 году, Роулинг получила грант в размере 8000 фунтов стерлингов от Шотландского художественного совета на написание продолжения.
В июне 1997 года Bloomsbury напечатал 1000 экземпляров «Философского камня», 500 из которых были распространены среди библиотек (эти экземпляры книги сегодня стоят от 16 000 до 25 000 фунтов стерлингов). Пять месяцев спустя «Философский камень» получил первую премию. В феврале она получила награду «Лучшая детская книга года», а позже и еще одну престижную награду.
В начале 1998 года был проведен аукцион на право публикации этого романа в США, и компания Scholastic Inc. выиграла его за 105 000 долларов. По словам Роулинг, она чуть не умерла, когда услышала об этом. Американское издательство опубликовало «Философский камень» под названием «Гарри Поттер и Философский камень».Причину этого объясняли тем, что дети не хотят читать книги со словом «философия» в названии.
Роулинг, получившая деньги от издательства, купила дом в престижном районе и сразу переехала. Мать и ребенок также начали выращивать домашних животных, таких как кошки и кролики. Раньше они не могли себе этого позволить.
Продолжение первого романа «Гарри Поттер и Тайная комната» было опубликовано в июле 1998 года. В декабре следующего года на экраны вышел «Гарри Поттер и узник Азкабана». Обе книги получили престижные награды. Четвертая книга «Гарри Поттер и Кубок огня» была выпущена одновременно в Великобритании и США 8 июля 2000 года, установив рекорды в обеих странах. В первый же день в Великобритании было продано 372 775 копий. В Америке за первые 48 часов было продано 3 000 000 штук. Роулинг призналась, что находилась в тяжелом эмоциональном состоянии при написании романа: «На середине четвертой книги я поняла, что допустила серьезную ошибку в сюжете… С этой книгой связаны одни из самых мрачных моих дней… Одну главу я переписывал 13 раз, но никто из читателей не смог за ней уследить». Автор был удостоен еще одной престижной награды.
Разрыв между «Гарри Поттером и Кубком огня» и пятым романом — «Гарри Поттер и Кубок огня» продлили на три года. Во время перерыва в прессе ходили слухи о начале творческого заката Роулинг. Позже Роулинг призналась, что для написания этого романа потребовалось немало усилий.
Шестая книга «Гарри Поттер и Принц-полукровка» вышла 16 июля 2005 года. Он также установил рекорд, продав 9 000 000 копий за первые 24 часа. В преддверии выхода книги Роулинг сказала в ответ на письмо фанатов: «Шестая книга была запланирована в течение многих лет, но я провела два месяца, просматривая план, чтобы убедиться, что я абсолютно уверена в том, что я делаю, прежде чем я начала ее писать. серьезно.» Это издание также было удостоено награды «Книга года».
В декабре 2006 года было объявлено название седьмой и последней книги этой серии — «Гарри Поттер и Дары смерти». Что касается книги, то она была опубликована 21 июля 2007 года. В первый день было продано 11 000 000 единиц в Великобритании и США.
Дело в том, что Джоан Роулинг каждый год прибавляла к своему гонорар за ручку несколько нулей. Она стала дамой-миллионершей.

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz
Комментарии: 2
  1. Umida Mamarasulova

    men bu kitobni oqimaganman ammo bu kitobni oqish uchun ingiliz tilini organmoqchiman

  2. Mahmadaliyev Diyorbek

    Men Garri Potter kitoblarining 7 ta qismini ham o’qib chiqdim bu Juda ajoyib kitob hammaga bu kitobni o’qishga tavsiya qilaman :smile:

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: