Sher bilan buqa — Ezop masali

Sher bahaybat bir Buqani yeyishga chog‘lanib, uni shirin so‘zlar bilan o‘ziga og‘dirmoqchi bo‘ldi. U qurbonlikka qo‘y so‘yganligini aytib, Buqani ziyofatga taklif qildi.
Niyati — mehmonni dasturxon yoniga cho‘k tushgan paytida yeyish edi. Mana, Buqa keldi; qarasa, doshqozonlarda suv qaynayotganmish, bir qancha uzun-uzun sixlar ham kabob qilishga shaymish-u, ammo qo‘ydan darak yo‘qmish. Buqa bu holni ko‘rdi-yu, churq etmay, orqasiga qaytib keta boshladi. Sher undan o‘pkalanib: «Nima, biron gap bilan dilingni og‘ritdimmi, nega indamasdan orqangga qaytib ketyapsan?» — dedi. Buqa javob berdi: «Bunday qilishimga sabab bor: qarasam, bu yerda qurbonlikka qo‘y emas, buqa atalgan ko‘rinadi».
Masaldan hissa shuki, yovuz kishilar qancha urinishmasin, o‘z nayranglarini dono odamlar nazaridan yashira olmaydilar.

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: